Akimova Azima Perdebaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Qoraqalpoq Ustyurtining janubiy qismini muhandislik - geologik sharoitlarining o‘ziga xos xususiyatlari”, 04.00.04 – Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/GM285.
Ilmiy rahbar: Djaksimuratov Karamatdin Mustapaevich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Nukus davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: «Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti» Davlat muassasasi, DSc.31/2025.27.12.GM.05.01.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Botirjon Dadajonovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor; Tulyaganov Baxtiyorjon Ismailovich, geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi, katta Ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Qoraqalpoq Ustyurtining janubiy qismini muhandislik - geologik sharoitlarining oʻziga xos xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qoraqalpoq Ustyurtining janubiy qismida geodinamik faol zonalarning asosiy rivojlanish manbalari va hududning muhandislik-geologik sharoitlarining shakllanishiga ta’sir etuvchi asosiy omillar aniqlangan;
Qoraqalpoq Ustyurtining janubiy qismidagi o‘simlik qoplami tarkibining, butalar va zaysan saksovullarining sezilarli darajada kamayishi, iqlimning global isishi va Orol dengizining fojiali qurishi bilan bog‘liq ekanligi aniqlangan;
urbanizatsiyaning dastlabki bosqichida bo‘lgan Qoraqalpoq Ustyurti janubiy qismining ekologik-geodinamik sharoiti ilk bor baholangan;
ilk bor Qoraqalpoq Ustyurti janubiy qismining sxematik muhandislik-geologik rayonlashtirish xaritasi tuzildi, bunda to‘rtta rayon va texnogen ta’sirlarga chidamlilik darajasiga ko‘ra 10 ta uchastka ajratildi hamda ajratilgan uchastkalarning muhandislik-geologik sharoitlariga bog‘liq ravishda seysmik jadallikning o‘sishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpoq Ustyurti janubiy qismining muhandislik-geoekologik sharoitlarining kompleks o‘zlashtirish bilan bog‘liq xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Qoraqalpoq Ustyurtining erta urbanizatsiya bosqichida bo‘lgan janubiy qismi ko‘tarilma va botiqliklarning tektonik zonalari geologik muhitining muhandislik-geoekologik holatini baholash Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumani yaylov va chorvachilik xo‘jaliklari amaliyotiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Agrar, suv xo‘jaligi, tabiatni muhofaza qilish va ekologiya masalalari qo‘mitasining 2025 yil 14 oktyabrdagi 06-06/629-son ma’lumotnomasi). Natijada, tabiatdan oqilona foydalanish sohasida boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan;
Qoraqalpoq Ustyurti janubiy qismi ekologik-geologik sharoitining o‘ziga xosligini belgilovchi aniqlangan asosiy tabiiy va texnogen omillar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumani yaylov va chorvachilik xo‘jaliklari amaliyotiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i KenGESi Agrar, suv xo‘jaligi, tabiatni muhofaza qilish va ekologiya masalalari qo‘mitasining 2025 yil 14 oktyabrdagi 06-06/629-son ma’lumotnomasi). Natijada, taqir suvlari atmosfera oqimi to‘planishining tabiiy rezervuari bo‘lib xizmat qiluvchi nurash va yoriqlar hosil bo‘lish zonalarini aniqlash imkonini bergan;
Janubiy Ustyurtning kuchsiz urbanizatsiyalashgan hududlarida geologik muhitning zamonaviy muhandislik-geologik holati Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumani yaylov va chorvachilik xo‘jaligida amaliyotga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i KenGESining Agrar, suv xo‘jaligi, tabiatni muhofaza qilish va ekologiya masalalari qo‘mitasining 2025 yil 14 oktyabrdagi 06-06/629-son ma’lumotnomasi). Natijada, geologik muhitning zamonaviy muhandislik-geoekologik holatini integral baholashni aks ettiruvchi kartografik tasvirni tuzish imkoniyati yaratilgan;
Qoraqalpoq Ustyurti janubiy qismining ilk bor tuzilgan sxematik muhandislik-geologik rayonlashtirish xaritasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumani yaylov va chorvachilik xo‘jaliklari amaliyotiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i KenGESi Agrar, suv xo‘jaligi, tabiatni muhofaza qilish va ekologiya masalalari qo‘mitasining 2025 yil 14 oktyabrdagi 06-06/629-son ma’lumotnomasi). Natijada, geologik va texnogen jarayonlarning asosiy yo‘nalishlarini ham maydon, ham chuqurlik bo‘yicha aniqlash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish