G‘ulomov Shukurjon Ilhomjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kartoshka ekishda bir yo‘la o‘g‘it soladigan ish organini takomillashtirish va parametrlarini asoslash”, 05.07.01–Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/T4934.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Komilov Ne’matilla Muxammadjonovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti, PhD.03/2025.27.12.T.15.06.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Norchaev Davron Rustamovich, texnika fanlari doktori, professor, Rahmonov Xusanboy Tojievich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Kartoshka tuganaklarini ekishda o‘g‘itni bir yo‘la ularning ostiga keng tasmasimon usulda soladigan ish organinni takomillashtirish va parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Dissertatsiya tadqiqotining ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
kartoshka tuganaklarini ekish bilan bir yo‘la mineral o‘g‘itlarni tuganak ostiga belgilangan chuqurlikda soladigan mashinaning o‘g‘itni keng tasmasimon etib taqsimlaydigan plankali g‘altagining diametri va undagi palankalari soni ish jarayonida kamida bitta qatordagi plankalar tuproq bilan to‘liq o‘zaro ta’sirda bo‘lish shartlaridan kelib chiqib aniqlangan;
o‘g‘it ko‘mgichning harakat yo‘nalishiga nisbatan o‘rnatilish burchagi, qamrash kengligi, uzunligi va ular orasidagi tirqish solingan mineral o‘g‘itlarni belgilangan qalinlikda tuproq bilan ko‘mish va uning oldida tuproq uyulib qolmaslik shartidan aniqlangan;
taqsimlaydigan plankali g‘altakning plankalariga mineral o‘g‘it donalarini urilgandan keyingi harakat traektoriyasini ifodalovchi tenglama o‘g‘it donalarini dastlabki tezligi va plankaning o‘rnatish burchagini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan;
mineral o‘g‘itlarni kartoshka tuganaklari ostiga keng tasmasimon qilib taqsimlaydigan plankali g‘altakning diametri, plankalarni o‘rnatish burchagi, soni va mashina ish tezligining makbul qiymatlari unga qo‘yilgan agrotexnik talablarni sifatli bajarilishini ta’minlash shartidan kelib chiqqan holda, tajribalarni matematik rejalashtirish usulida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarning joriy qilinishi. Kartoshka ekishda bir yo‘la o‘g‘it soladigan ish organining parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
kartoshka ekishda bir yo‘la tuganak ostiga mineral o‘g‘itlarni soladigan mashinaning sanoat nusxasini ishlab chiqish va tayyorlash uchun uning loyiha-konstruktorlik hujjatlari (dastlabki talablar, texnik topshiriq va konstruktorlik hujjatlari, texnik shartlar, chizmalar) Marg‘ilon mexanika zavodi‖ MchJda loyihalash jarayoniga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar milliy markazining 2025-yil 29- maydagi 05/04-04-273-son ma’lumotnomasi). Natijada, ilmiy asoslangan parametrlarga ega energiya-resurstejamkor bir o‘tishda kartoshka ekadigan va mineral o‘g‘it soladigan mashinaning sanoat nusxasini ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
bir o‘tishda kartoshka ekadigan va mineral o‘g‘it soladigan mashina Namangan viloyati Pop hamda Kosonsoy tumanlarining fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar milliy markazining 2025-yil 29-maydagi 05/04-04-273-son ma’lumotnomasi). Natijada, kartoshka ekish bilan bir yo‘la o‘g‘it solish mashinasi qo‘llanilganda ish unumi 1,3 marta oshdi, mehnat sarfi 35,7 foizga va 1 gektar erga sarflanadigan ekspluatasion xarajatlar 1,4 martaga kamaytirish imkoni yaratilgan.