Eksanova Santalatxon Sharobidinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sabzavotchilikda mineral o‘g‘itlarni tuproq ostiga solish uchun soshnik konstruksiyasini ishlab chiqish va parametrlarini asoslash (piyoz misolida)”, 05.07.01–Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T5446
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Turdaliev Voxidjon Maxsudovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti, PhD.03/2025.27.12. T.15.06.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Rustamov Raxmatali Murodovich, texnika fanlari doktori, professor; Xaydarova Shaxnoza Zokirjonovna, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 
Yetakchi tashkilot nomi: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish ilmiy- tadqiqot instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sabzavotchilikda mineral o‘g‘itlarni tuproq ostiga soladigan soshnik konstruksiyasini ishlab chiqish va uning parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Dissertatsiya tadqiqotining ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘g‘itlardan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida bir o‘tishda mineral o‘g‘itlarni tuproq ostiga lokal soladigan va qator oralariga ishlov beradigan ishchi organlarning ochiq kesish sharoitida ishlashiga imkon yaratib beradigan soshnik konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
soshnik qanotiga o‘rnatilgan qirquvchi pichoq tig‘ining ko‘tarilish burchagini aniqlash imkonini beradigan ifoda u bajargan ish minimal bo‘lish shartidan kelib chiqib, grafik usulda echish orqali aniqlangan;
mineral o‘g‘itlarni tuproq ostiga soladigan soshnikning uzunligini uch qism (birinchi qism tuproq palaxsasini qirquvchi, ikkinchi qism qirqilgan tuproq palaxsasini suruvchi va uchinchi qism dum) ga bo‘lib tadqiq etish orqali uning umumiy uzunligini aniqlash imkonini beradigan analitik ifoda keltirib chiqarilgan;
soshnik qanotining ochilish burchagi, tumshug‘ining egrilik radiusi va mashina harakat tezligining maqbul qiymatlari o‘g‘it solish chuqurligini bir me’yorda hamda soshnikni tortishga qarshiligi minimal bo‘lish shartidan kelib chiqqan holda tajribalarni matematik rejalashtirish usulida aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarning joriy qilinishi. Sabzavotchilikda mineral o‘g‘itlarni tuproq ostiga solish uchun soshnik konstruksiyasini ishlab chiqish va parametrlarini asoslash (piyoz misolida) mavzusida olib borilgan tadqiqotlar bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bir o‘tishda mineral o‘g‘itlarni tuproq ostiga lokal soladigan va qator oralariga ishlov beradigan ishchi organlarning ochiq kesish sharoitida ishlashiga imkon yaratib beradigan soshnik konstruksiyasining texnik echimiga O‘zbekiston Respublikasi foydali modeli uchun patent olingan (“O‘g‘itni tuproq ostiga lokal solish uchun qurilma”, UZ FAP 2649. 29.01.2025 y.). Natijada, mineral o‘g‘itlarni tuproq ostiga soladigan soshnik bilan jihozlangan o‘g‘itlash mashinasining konstruksiyasini ishlab chiqish imkoniyati yaratilgan;
ishlab chiqilgan mineral o‘g‘itlarni tuproq ostiga soladigan soshnik bilan jihozlangan o‘g‘itlash mashinasining tajriba nusxasi Namangan viloyati Chust tumani “Xabibullo Abdullaev” fermer xo‘jaligi va Uychi tumani “Gulzora-Rustamjon” dehqon xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 14 iyuldagi 05/04-04-387-son ma’lumotnomasi). Natijada sabzavotlarga mineral o‘g‘itlarni tuproq ostiga solishda yonilg‘i sarfini 1,07 martaga kamayishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish