Abdullaev Eldor Sa’dulla o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Masofadan xizmat ko’rsatish tizimidagi so’rovlar tirbandligida xizmat ko’rsatishni boshqarish usuli va algoritmini takomillashtirish”, 05.01.02 – Tizimli tahlil, boshqaruv va axborotni qayta ishlash
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/T5061.
Ilmiy rahbar: Zakirov Vaxid Maripovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi PhD.10/2025.27.12.FM/T.01.08 raqamli ilmiy kengash. 
Rasmiy opponentlar: Normatov Ibrohimali Xolmamatovich, fizika-matematika fanlari doktori (DSc), dotsent, Tuxtanazarov Dilmurod Solijonovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi.  Texnika yo‘nalishi. Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tizimning so‘rovlar tirbandligi sharoitidagi samaradorligini xizmat ko‘rsatishni boshqarish usuli va algoritmini takomillashtirish orqali oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
so‘rovlar tirbandligida kutish joylaridagi so‘rovlarga xizmat ko‘rsatishni ustuvorlik orqali amalga oshirish uchun xizmat kanallari to‘liq bandligini inobatga olgan holda boshqaruvni tashkil etuvchi boshqarish modeli ishlab chiqilgan;
so‘rovlar tirbandligida xizmat ko‘rsatishni ustuvorlik orqali amalga oshirish uchun foydalanuvchilarning ustuvorlik guruhini ularning dastlabki so‘rovlariga muvaffaqiyatli xizmat ko‘rsatilganligiga asoslangan holda hosil qilish algoritmi ishlab chiqilgan;
so‘rovlar tirbandligida so‘rovlarga xizmat ko‘rsatishni amalga oshirish usuli va algoritmi xizmat kanallarining to‘liq bandligini aniqlash, ustuvorlik orqali xizmat ko‘rsatish usuli hamda sun’iy rad etish mexanizmini umumlashtirish orqali takomillashtirilgan;
so‘rovlar tirbandligida xizmat ko‘rsatishni ustuvorlik orqali boshqarishning matematik modeli Markovning tug‘ilish va halok bo‘lish tasodifiy jarayonlari va Kolmogorovning holat tenglamalari asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Masofadan xizmat ko‘rsatish tizimidagi so‘rovlar tirbandligida xizmat ko‘rsatishni boshqarish usuli va algoritmini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
so‘rovlar tirbandligida xizmat ko‘rsatishni boshqarish modeli asosida takomillashtirilgan dasturiy majmua “Temiryo‘linfratuzilma” AJ tasarrufidagi “DAS UTY” MChJ ga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligining 2025-yil 21-noyabrdagi 4/E1706-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, so‘rovlar tirbandligi sharoitidagi xizmat ko‘rsatish samaradorligini 6–10% gacha oshirishga erishilgan;
ilmiy-tadqiqot ishini bajarish jarayonida erishilgan natijalar asosida takomillashtirilgan dasturiy majmua va foydalanuvchilarni guruhlashtirish algoritmi Toshkent davlat transport universitetining ta’lim grantini qayta taqsimlash uchun arizalarni qabul qilish jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligining 2025-yil 21-noyabrdagi 4/E1706-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tizimga ulanishdagi kechikishlarni o‘rtacha 12% gacha qisqartirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish