Usmonov Axrorjon Rustamjon o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Farg‘ona vodiysi aholisining nomoddiy madaniyati (tarixiy-etnologik tadqiqot), 07.00.07 – Etnografiya, etnologiya va antropologiya (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Tar1859
Ilmiy rahbar: Yo‘ldoshev Salimjon Valievich – tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Tar.10.01.
Rasmiy opponentlar: Raxmonov Faxriddin Shoymardonovich – tarix fanlari doktori, professor, Valixonova Gulnoraxon Komiljonovna – tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Farg‘ona vodiysi (Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari kesimida) xalqlari nomoddiy madaniy merosini tarixiy-etnografik va og‘zaki tarix materiallari asosida yoritishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
Farg‘ona vodiysi nomoddiy madaniy merosining lokal identifikatsiyasini shakllanishi o‘ziga xos jihatlari va ixtisoslashuvi birinchi navbatda, tabiiy geografik iqlim sharoiti, koinot, tabiat va inson o‘rtasidagi uyg‘unlikning ramziy ifodasi bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi omil xalq tomonidan xo‘jalik an’analariga oid bo‘lgan bilim, ko‘nikma hamda malakalari shakllanib, rivojlanib borishi bugungi avlod uchun nomoddiy madaniy meros bo‘lib vorisiylikni ta’minlanishi ochib berilgan;
dehqonchilik va chorvachilik bilan bog‘liq bilim, ko‘nikmalarning o‘ziga xos xususiyatlari xususan, Oltiariq uzumchiligi, sabzavotchiligi, Chimyon, Mindon, So‘x, Rishton, Chust bog‘dorchiligi, Cho‘ng‘ara, Yaypan, Yozyovon, Xonobod sholikorlik markazlaridagi mavjud an’analarni nomoddiy madaniy meros sifatida o‘rganish, tiklash va mahalliy hamda xalqaro reprezentativ ro‘yxatiga kiritish mumkin bo‘lgan erga ishlov berish, urug‘ qadash, uni parvarishlash, yig‘ib olish, hosilni saqlash bilan bog‘liq marosimlar hamda urf-odatlarning lokal-hududiy ko‘rinishlari saqlanib qolganligi aniqlangan;
nomoddiy madaniy merosning ajralmas qismi bo‘lgan hunarmandchilikda, xususan, Rishton kulolchiligi, Marg‘ilon adras va atlaschiligi, Chust do‘ppido‘zlik va vodiy tandirchilik kabi sohalarida an’anaviy, noan’anaviy, zamonaviy turlariga turkumlanishi hamda ular bilan bog‘liq bilim, kasbiy ko‘nikmalar, tabiat bilan uyg‘un yashash tajribasi shuningdek, homiy pirlar tizimi saqlanganligi dalillangan;
ijtimoiy munosabatlar, vodiy aholisining xo‘jalik hayoti, urf-odat hamda marosimlari, milliy-madaniy an’analarni, millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglikni ta’minlashda hamda tartibga solishda mahallachilik an’analari, xalq turmush tarziga oid bilim va amaliy tajribalar roli va o‘rni asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Farg‘ona vodiysi aholisi nomoddiy madaniy merosini tarixiy-etnografik aspektda o‘rganishga doir olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
Farg‘ona vodiysi nomoddiy madaniy merosining o‘ziga xos jihatlari va ixtisoslashuvi birinchi navbatda, tabiiy geografik iqlim sharoiti bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi omil xalq tomonidan xo‘jalik an’analariga oid bo‘lgan bilim, ko‘nikma hamda malakalari shakllanib, rivojlanib borishi bugungi avlod uchun nomoddiy madaniy meros bo‘lib uzviylikni ta’minlanishiga oid materiallar muzey ekspozisiyalarining albom-kataloglarini yaratishda ilmiy asos bo‘lib xizmat qildi. (O‘zbekiston Respublikasi madaniy meros agentligining 2025-yil 28-avgustdagi 04-05/3437-son ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan materiallar muzeyga tashrif buyuruvchilar va yosh avlodning O‘zbekiston tarixi bilan bog‘liq bilim, tasavvurlarini yanada boyitilishiga hamda ko‘plab ma’lumotlarga ega bo‘lishiga xizmat qilgan;
dehqonchilik va chorvachilik bilan bog‘liq bilim, ko‘nikmalarning o‘ziga xos xususiyatlari xususan, Oltiariq uzumchiligi, sabzavotchiligi, Chimyon, Mindon, So‘x, Rishton, Chust bog‘dorchiligi, Cho‘ng‘ara, Yaypan, Yozyovon, Xonobod sholikorlik markazlaridagi mavjud an’analarni nomoddiy madaniy meros sifatida o‘rganish, tiklash va mahalliy hamda xalqaro reprezentativ ro‘yxatiga kiritish mumkin bo‘lgan urug‘ qadash, uni parvarishlash, yig‘ib olish bilan bog‘liq marosimlar hamda urf-odatlarning lokal-hududiy ko‘rinishlari saqlanib qolganligiga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Tarix maydoni” dasturlari senariysida foydalanildi. (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasining 2025-yil 20-avgustdagi 01-33/626-son ma’lumotnomasi). Natijada, teletomoshabinlar, ayniqsa yosh avlodning O‘zbekiston tarixi, jumladan Farg‘ona vodiysi nomoddiy madaniy merosining o‘ziga xos jihatlari bilan bog‘liq bilim, tasavvurlarini yanada boyitilishiga xizmat qilgan;
hunarmandchilikda xususan, Rishton kulolchiligi, Marg‘ilon adras, atlaschiligi, Chust do‘ppido‘zligi, Chust pichoqchilik an’analarida homiy pirlar tizimiga ega ekanligi, aholining bu boradagi odatlarining rivojlanish bosqichlarida va bugungi mavjud hunarmandchilikni an’anaviy, noan’anaviy, zamonaviy turlariga turkumlanishiga oid materiallar muzey ekspozisiyalarining albom-kataloglarini yaratishda ilmiy asos bo‘lib xizmat qildi. (O‘zbekiston Respublikasi madaniy meros agentligining 2025-yil 28-avgustdagi 04-05/3437-son ma’lumotnomasi). Natijada, muzeyga tashrif buyuruvchilar va yosh avlodning Farg‘ona vodiysi nomoddiy madaniy merosining o‘ziga xos jihatlari bilan bog‘liq bilim, tasavvurlarini yanada kengayishiga xizmat qilgan;
ijtimoiy hayotdagi mahallachilik an’analari asosida vodiy aholisining turmush tarzi, xo‘jalik hayoti, urf-odat hamda marosimlarning tarkibiy qismi, sog‘lom turmush tarzini shakllantiruvchilik, milliy-madaniy an’analarning roli va o‘rniga oid xulosalardan O‘zbekiston “Uloq-ko‘pkari” Federatsiyasi tomonidan tavsiyalar ishlab chiqishda foydalanildi. (O‘zbekiston “Uloq-ko‘pkari” Federatsiyasining 2025-yil 20-avgustdagi № 301-son ma’lumotnomasi). Natijada, Farg‘ona vodiysi nomoddiy madaniy merosining o‘ziga xos jihatlari tahlil qilinib, masalaga doir targ‘ibot ma’lumotlarni boyitilishiga, tizimga oid amaliyotda tajriba bo‘lishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish