Umarxo‘jaev Anvarxon Muzaffarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sovershenstvovanie mexanizmov finansirovaniya investisionnix proektov 
v Respublike Uzbekistan», 08.00.07 - “Moliya, pul momalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Iqt5085.
Ilmiy rahbar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.01.
Rasmiy opponentlar: Tursunov Bobur Ortiqmirzaevich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor; Raxmonov Dilshod Alidjanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
Yetakchi tashkilot: Toshkent Kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekisiston Respublikasida investisiya loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Uslubiy yondashuvga ko‘ra, “investisiya loyihalarini moliyalashtirish mexanizmi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni investisiya tashabbuslarini amalga oshirish maqsadida moliyaviy resurslarni optimal jalb qilish, taqsimlash va ulardan foydalanishni ta’minlashga qaratilgan institutsional, tashkiliy, huquqiy, iqtisodiy, moliyaviy va boshqaruv elementlarining yaxlit tizimi sifatida takomillashtirilgan;
To‘qimachilik sanoatida investisiya loyihalarini moliyalashtirishni asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) yordamida baholash metodologiyasi investisiya loyihasining amalga oshirish darajasini hisoblangan mezonlar yordamida aniqlash imkonini beruvchi investisiya loyihalarini moliyalashtirish samaradorligini miqdoriy baholashning indekslar tizimini taklif qilish orqali takomillashtirilgan;
Davlat-xususiy sheriklik doirasida investisiya loyihalarini moliyaviy 
qo‘llab-quvvatlash mexanizmi samaradorligini kompleks baholashda hisoblash usuli mezonlari “yuqori samarali” [I > 0,8], “etarlicha samarali emas” [0,5 < I < 0,8], “samarasiz” 
[I < 0,5] chegaraviy qiymatlari doirasida aniqlangan;
O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatidagi investisiya loyihalari qiymatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning 2027 yilga qadar prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tadqiqotda O‘zbekiston Respublikasida investisiya loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirishga oid ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
Uslubiy yondashuvga ko‘ra, “investisiya loyihalarini moliyalashtirish mexanizmi” tushunchasining iqtisodiy mazmunini investisiya tashabbuslarini amalga oshirish maqsadida moliyaviy resurslarni optimal jalb qilish, taqsimlash va ulardan foydalanishni ta’minlashga qaratilgan institutsional, tashkiliy, huquqiy, iqtisodiy, moliyaviy va boshqaruv elementlarining yaxlit tizimi sifatida takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan nazariy materiallar oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Korporativ boshqaruv” darsligini tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2023 yil 14 iyuldagi 228-sonli buyrug‘i 
va 228-27-sonli ro‘yxatga olish raqami). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda institutsional, tashkiliy, huquqiy, iqtisodiy, 
moliyaviy va boshqaruv elementlarining yaxlit tizimi sifatida takomillashtirilgan “Investisiya loyihalarini moliyalashtirish mexanizmi” tushunchasiga oid nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
To‘qimachilik sanoatida investisiya loyihalarini moliyalashtirishni asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) yordamida baholash metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2025 yil 21 apreldagi 20/20-850-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi to‘qimachilik sanoatida hisoblangan mezonlar yordamida investisiya loyihasining amalga oshirish darajasini aniqlash imkonini bergan;
Davlat-xususiy sheriklik doirasida investisiya loyihalarini moliyaviy 
qo‘llab-quvvatlash mexanizmi samaradorligini kompleks baholashda hisoblash usuli mezonlarini aniqlash bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2025 yil 21 apreldagi 20/20-850-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklif amaliyotga joriy etilishi natijasida davlat-xususiy sheriklik doirasida moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini baholash aniqligi oshirilgan;
O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatidagi investisiya loyihalari qiymatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning 2027 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz qiymatlari O‘zbekiston Respublikasi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2025 yil 21 apreldagi 20/20-850-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklif amaliyotga joriy etilishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 dekabrdagi PQ-459-sonli 
“2023–2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasi Investisiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga ilova ishlab chiqishda asosiy ko‘rsatkichlar va parametrlarni muvofiqlashtirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish