Karabaev Nodir Abduhamidovich
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tijorat banklari faoliyatini reyting tizimi asosida baholashning konseptual asoslari”, 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.DSc/Iqt1024
Ilmiy maslahatchi: Mirzaev Farxod Isamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.01
Rasmiy opponentlar: Ismailov Alisher Agzamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Bekmurodov Adxam Sharipovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Sattorov Odiljon Berdimuratovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat texnika universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tijorat banklari faoliyatini reyting tizimi asosida baholash yo‘llari bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “tijorat banklari reytingi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni banklarning moliyaviy barqarorligi, aktivlar sifati, kapital etarliligi, likvidlik, daromadlilik, riskni boshqarish va xizmat ko‘rsatish samaradorligi ko‘rsatkichlarini yagona normallashtirilgan vaznli indeksida integral baholab, ularni risk-tuzatilgan ishonch darajasi hamda bozordagi raqobat pozisiyasi bo‘yicha qiyosiy tartiblash nuqtai-nazaridan takomillashtirilgan;
bankometr modeli asosida bank reytingini baholash mezonlari sifatida “qulay moliyaviy ahvolga ega” (S > 70), “to‘lovga layoqatsiz” (yuqori xavf ostida bo‘lgan) (S < 50),  “moliyaviy tanglik” (50 ≤ S ≤ 70), o‘rtacha holatda va xatolar tasnifiga moyilligi sababli “kulrang zona” (50 < S < 70 oralig‘idagi maydon) sifatida tasniflanishi taklif etilgan;
tijorat banklarini ichki reyting tizimi ko‘rsatkichining pasayib ketishiga olib keluvchi eng muhim hisoblangan CIR ko‘rsatkichi hisobot davridagi bank operatsion xarajatlarining bank operatsion daromadlariga nisbatining inobatga olinishi hamda mazkur ko‘rsatkichning tavsiyaviy me’yori 50 foizgacha bo‘lishining maqsadga muvofiqligi asoslangan;
uch o‘lchovli radiatsion fazo transformatsiyasi mezonlarida bank ko‘rsatkichlarining makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga ta’sirini baholashning bank kreditlarini YaIMga ta’sir darajasining “sezilarli salbiy” [0 < TD ≤ 30%], “o‘rtacha salbiy” [30% < TD ≤ 45%], “sezilarli salbiy-ijobiy” [45% < TD ≤ 60%], “sezilarli ijobiy” [60% < TD ≤ 75%], “ijobiy” [75% < TD ≤ 100%] holatlarining oraliq chegaralari ishlab chiqilgan;
tijorat banklari faoliyatini reyting tizimi asosida baholashning konseptual asoslarini tashkil etuvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalovchi ekonometrik modellar asosida O‘zbekiston tijorat banklarining 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tijorat banklari faoliyatini reyting tizimi asosida baholashning konseptual asoslari bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “tijorat banklari reytingi” tushunchasining iqtisodiy mazmunini banklarning moliyaviy barqarorligi, aktivlar sifati, kapital etarliligi, likvidlik, daromadlilik, riskni boshqarish va xizmat ko‘rsatish samaradorligi ko‘rsatkichlarini yagona normallashtirilgan vaznli indeksida integral baholab, ularni risk-tuzatilgan ishonch darajasi hamda bozordagi raqobat pozisiyasi bo‘yicha qiyosiy tartiblash nuqtai-nazaridan takomillashtirish bo‘yicha nazariy va uslubiy tavsifdagi ishlanmalardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Investisiya” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, 2025-yil 24-noyabrdagi № 8987-8269-raqamli buyruq). Mazkur  tushunchaning  oliy  ta’lim   muassasalari  talabalari  uchun  yangi  mazmunda kiritilishi  bo‘lg‘usi  mutaxassislarning  innovatsion yangi bank mahsulotlari  va  uni  moliyalashtirish borasidagi bilim va ko‘nikmalarini kengaytirish imkonini  yaratgan;
bankometr modeli asosida bank reytingini baholash mezonlari sifatida “qulay moliyaviy ahvolga ega” (S > 70), “to‘lovga layoqatsiz” (yuqori xavf ostida bo‘lgan) (S < 50),  “moliyaviy tanglik” (50 ≤ S ≤ 70), o‘rtacha holatda va xatolar tasnifiga moyilligi sababli “kulrang zona” (50 < S < 70 oralig‘idagi maydon) sifatida tasniflanishi bo‘yicha taklif «Turonbank» aksiyadorlik-tijorat banki tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“Turonbank” aksiyadorlik-tijorat bankining 2025-yil 22-maydagi №019/02-213-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2024 yilda tijorat banki to‘lov qobiliyatini yaxshilash imkoniyatiga ega bo‘lib, bankning reytingi “Fitch Reytings” agentligi tomonidan “Barqaror” deb baholangan; 
tijorat banklarini ichki reyting tizimi ko‘rsatkichining pasayib ketishiga olib keluvchi eng muhim hisoblangan CIR ko‘rsatkichi hisobot davridagi bank operatsion xarajatlarining bank operatsion daromadlariga nisbatining inobatga olinishi hamda mazkur ko‘rsatkichning tavsiyaviy me’yori 50 foizgacha bo‘lishining maqsadga muvofiqligi bo‘yicha taklifi “Turonbank” aksiyadorlik-tijorat banki tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“Turonbank” aksiyadorlik-tijorat bankining 2025-yil 22-maydagi №019/02-213-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida bankning CIR ko‘rsatkichi 35 foizni tashkil etib, reytingi “barqaror” ko‘rsatkichiga erishilgan;
uch o‘lchovli radiatsion fazo transformatsiyasi mezonlarida bank ko‘rsatkichlarining makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga ta’sirini baholashning bank kreditlarini YaIMga ta’sir darajasining “sezilarli salbiy” [0 < TD ≤ 30%], “o‘rtacha salbiy” [30% < TD ≤ 45%], “sezilarli salbiy-ijobiy” [45% < TD ≤ 60%], “sezilarli ijobiy” [60% < TD ≤ 75%], “ijobiy” [75% < TD ≤ 100%] holatlarining oraliq chegaralari bo‘yicha taklifi «Turonbank» aksiyadorlik-tijorat banki tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“Turonbank” aksiyadorlik-tijorat bankining 2025-yil 22-maydagi №019/02-213-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida tijorat banki kredit portfelining xususiy kapitaliga nisbati o‘tgan yilga nisbatan 6,1 % baland bo‘lib, bank reytingi oshishiga erishilgan;
tijorat banklari faoliyatini reyting tizimi asosida baholashning konseptual asoslarini tashkil etuvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalovchi ekonometrik modellar asosida O‘zbekiston tijorat banklarining 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan foydalanish taklifi “Turonbank” aksiyadorlik-tijorat banki tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“Turonbank” aksiyadorlik-tijorat bankining 2025-yil 22-maydagi №019/02-213-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida tijorat banklari faoliyatini reyting tizimi asosida baholashning konseptual asoslarini tashkil etuvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalovchi ekonometrik modellar asosida bank faoliyatining istiqboldagi ko‘rsatkichlarining aniqligi va ular o‘rtasidagi o‘zaro muvofiqlikni baholash imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish