Xujaev Salimjon Sodiqovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xo‘jalik subektining hisob siyosatini shakllantirish va uning axborot ta’minotini takomillashtirish”, 08.00.08 - Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt3052.
Ilmiy rahbar: Xasanov Baxodir Akramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.01.
Rasmiy opponentlar: Maxsudov Begmatjon Yuldashalievich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Kadirov Saxobiddin Sharofovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport unversiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi temir yo‘l transporti korxonalarida hisob siyosatini shakllantirish va uning axborot ta’minotini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-uslubiy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
temir yo‘l transporti yo‘lovchi tashish faoliyatidan ko‘rilgan zararlarni davlat byudjeti hisobidan qoplash yuzasidan 8850 - “Davlat tomonidan tartibga solinadigan tariflar bo‘yicha yo‘lovchilarni tashishdan ko‘rilgan zararni qoplash bo‘yicha tushum” hisobvaragʻini hamda unga doir buxgalteriya o‘tkazmalari, “xizmatlar kalkulyasiyasi” va “byudjet xabarnomasi” hisob registrlarini hisob siyosatiga kiritish taklifi asoslangan;
temir yo‘l transportining faoliyat segmentlari kesimida mavjud moliyaviy hisobot shakllarini funksional vazifalariga ko‘ra turkumlash orqali hisob siyosatining tarkibiy elementi sifatida lokomativlar, vagonlar va infratuzilmalarga doir uzoq muddatli aktivlar bo‘yicha hisobot shakli, unga izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlarni kiritish taklifi asoslangan;
temir yo‘l transportida hisob siyosati va uning axborot ta’minotini shakllantirishga xizmat qiluvchi buxgalteriya hisobining ta’minot, operatsion va sotish jarayonlari bo‘yicha modeli hisob siyosatining axborot ta’minoti samaradorligini baholashning “yuqori” (0,75 – 1,0), “o‘rta” (0,55 – 0,74) va “past” (0 – 0,54) darajalardagi chegaraviy mezonlari ishlab chiqilgan;
“O‘zvagonta’mir” AJda hisob siyosatini shakllantirish va yuritish samaradorligini aniqlovchi sof tushum, xarajatlar, aktivlar, kapital va soliqlar kabi omillar ta’sirining 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xo‘jalik subektining hisob siyosatini shakllantirish va uning axborot ta’minotini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
temir yo‘l transporti yo‘lovchi tashish faoliyatidan ko‘rilgan zararlarni davlat byudjeti hisobidan qoplash yuzasidan 8850 - “Davlat tomonidan tartibga solinadigan tariflar bo‘yicha yo‘lovchilarni tashishdan ko‘rilgan zararni qoplash bo‘yicha tushum” hisobvaragʻini hamda unga doir buxgalteriya o‘tkazmalari, “xizmatlar kalkulyasiyasi” va “byudjet xabarnomasi” hisob registrlarini hisob siyosatiga kiritish taklifi “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tizimidagi korxonalar faoliyatida foydalanilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining 2026-yil 6-fevraldagi 5/202-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati korxonalarining yo‘lovchi tashish faoliyatidan kelib chiqadigan moliyaviy yo‘qotishlarni aniq hisobga olish, ularni davlat byudjeti orqali qoplash mexanizmini huquqiy va buxgalteriyaviy jihatdan mustahkamlash, shuningdek, xizmatlar tannarxini aniqlashda shaffoflik va aniqlikni ta’minlash imkoniyati yaratilgan;
temir yo‘l transportining faoliyat segmentlari kesimida mavjud moliyaviy hisobot shakllarini funksional vazifalariga ko‘ra turkumlash orqali hisob siyosatining tarkibiy elementi sifatida lokomativlar, vagonlar va infratuzilmalarga doir uzoq muddatli aktivlar bo‘yicha hisobot shakli, unga izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlarni kiritish taklifi “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tizimidagi korxonalar faoliyatida foydalanilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining 2026-yil 6-fevraldagi 5/202-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida temir yo‘l transporti segmentlari bo‘yicha moliyaviy hisobotlarning funksional asosda turkumlanishi va uzoq muddatli aktivlar, xususan, lokomotivlar, vagonlar hamda infratuzilma obektlariga oid alohida hisobot shaklining joriy etilishi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJda aktivlar harakati, amortizatsiya hisoboti va investisiya samaradorligini tahlil qilishda aniqlik va shaffoflikni ta’minlagan;
temir yo‘l transportida hisob siyosati va uning axborot ta’minotini shakllantirishga xizmat qiluvchi buxgalteriya hisobining ta’minot, operatsion va sotish jarayonlari bo‘yicha modeli hisob siyosatining axborot ta’minoti samaradorligini baholashning “yuqori” (0,75 – 1,0), “o‘rta” (0,55 – 0,74) va “past” (0 – 0,54) darajalardagi chegaraviy mezonlaridan “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tizimidagi korxonalar faoliyatida foydalanilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining 2026-yil 6-fevraldagi 5/202-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tizimidagi korxonalarda buxgalteriya hisobining ta’minot, operatsion va sotish jarayonlari bo‘yicha axborot oqimlari soddalashtirilib, hisob-kitoblar aniq va tizimli shaklga keltirilgan hamda funksional segmentlar bo‘yicha moliyaviy tahlil imkoniyatlari kengaygan;
“O‘zvagonta’mir” AJda hisob siyosatini shakllantirish va yuritish samaradorligini aniqlovchi sof tushum, xarajatlar, aktivlar, kapital va soliqlar kabi omillar ta’sirining 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati faoliyati prognozini shakllantirishda foydalanilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining 2026-yil 6-fevraldagi 5/202-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida korxonaning moliyaviy natijalari ichki va tashqi omillar ta’sirida 2030-yilning yakunida sof tushumning barqaror o‘sishi, xarajatlar tarkibining optimallashuvi, aktivlar aylanish tezligining oshishi hamda kapital tuzilmasining maqbullashtirilishi orqali moliyaviy barqarorlik darajasi yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan. Soliq yukining prognozli nazorat ostida ushlab turilishi esa investisiyaviy jozibadorlikni oshirib, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning strategik rivojlanish rejalari va infratuzilma loyihalarini moliyalashtirishda muhim omil sifatida xizmat qilgan.