Chen Leining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qishloq xo‘jalik mahsulotlari eksporti raqobatbardoshligini oshirishning marketing jihatlari”, 08.00.11-“Marketing”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2021.4.PhD/Iqt1920.
Ilmiy rahbari: Bekmurodov Adham Sharipovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2020.I.16.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Hoshimov Akrom Abdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Raxmatov Ziyodullo Nosirovich, iqtisodiyot fanlari bo‘ycha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish raqobatbardoshligini oshirish tendensiyalarini tahlil qilish asosida ushbu jarayonni optimal rivojlantirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilar:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “qishloq xo‘jalik mahsulotlari eksporti raqobatbardoshligi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni mahsulotlarning marketing ta’minoti jihatidan ustun pozisiyani uzoq muddat saqlab qolishiga imkon beruvchi eksport infratuzilmasi, institutsional muhit hamda tashqi bozor kon’yunkturasi omillari jihatidan takomillashtirilgan;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xorijiy bozorlarga eksport qilishda tovar yoki xizmatni qisqa muddat ichida juda kuchli va hujumkor tarzda ilgari surishga qaratilgan, yuqori intensivli “qaynoq marketing” strategiyasidan foydalanish istiqbollari asoslangan;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini jahon bozorlariga sotishda har bir importyor mamlakatning ichki talab xususiyatlaridan kelib chiqqan holda eksportbop qilib qadoqlash, transportirovka standartlariga moslash va iste’molchi didiga muvofiq dizaynlash orqali raqobatbardoshlikni oshirishning “kuchli” (0,85 – 1,0), “mo‘tadil” (0,65 – 0,84) va “kuchsiz” (0,5 – 0,64) darajalari asoslangan; 
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining umumiy hajmi va unga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillarining marketing vositalari bilan o‘zaro bog‘liqligini ifodalovchi ekonometrik model asosida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportining 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini jahon bozoriga eksport qilish raqobatbardoshligini oshirish tendensiyalarini statistik tahlil qilish va ekonometrik modellashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “qishloq xo‘jalik mahsulotlari eksporti raqobatbardoshligi” tushunchasining iqtisodiy mazmunini mahsulotlarning marketing ta’minoti jihatidan ustun pozisiyani uzoq muddat saqlab qolishiga imkon beruvchi eksport infratuzilmasi, institutsional muhit hamda tashqi bozor kon’yunkturasi omillari jihatidan takomillashtirish bilan bog‘liq nazariy-uslubiy ishlanmalardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Brendni boshqarish” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2025-07-03 sanadagi 265-son buyrug‘iga asosan). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda eksport infratuzilmasi, institutsional muhit hamda tashqi bozor kon’yunkturasi omillari jihatidan takomillashtirilgan “qishloq xo‘jalik mahsulotlari eksporti raqobatbardoshligi” tushunchasi bo‘yicha nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xorijiy bozorlarga eksport qilishda tovar yoki xizmatni qisqa muddat ichida juda kuchli va hujumkor tarzda ilgari surishga qaratilgan, yuqori intensivli “qaynoq marketing” strategiyasidan foydalanish istiqbollarini asoslash bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini etishtiruvchi, ishlab chiqaruvchi va ularni eksport qiluvchi tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan muloqotda bergilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-146-son qarori loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2024-yil 20-dekabrdagi 02-36-18044-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish va uni rasmiylashtirish jarayonlarining o‘sishiga xizmat qilgan;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini jahon bozorlariga sotishda har bir importyor mamlakatning ichki talab xususiyatlaridan kelib chiqqan holda eksportbop qilib qadoqlash, transportirovka standartlariga moslash va iste’molchi didiga muvofiq dizaynlash orqali raqobatbardoshlikni oshirishning “kuchli” (0,85 – 1,0), “mo‘tadil” (0,65 – 0,84) va “kuchsiz” (0,5 – 0,64) darajalarini asoslash yuzasidan taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini etishtiruvchi, ishlab chiqaruvchi va ularni eksport qiluvchi tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan muloqotda bergilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-146-son qarori loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2024-yil 20-dekabrdagi 02-36-18044-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtiruvchi va eksport sohasida tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi korxonalarga qulayliklar yaratilgan va eksport hajmining oshishiga erishilgan;
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining umumiy hajmi va unga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillarining marketing vositalari bilan o‘zaro bog‘liqligini ifodalovchi ekonometrik model asosida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportining 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari yuzasidan taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini etishtiruvchi, ishlab chiqaruvchi va ularni eksport qiluvchi tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan muloqotda bergilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-146-son qarori loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2024-yil 20-dekabrdagi 02-36-18044-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mamlakatda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, jahon bozorlariga etkazish sur’ati o‘sishining optimal variantini belgilash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish