Tagaev Jasur Abdisamatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Melanoma va melanotsitar teri o‘smalarining diagnostikasi va differensial diagnostikasiga konseptual yondashuv», 14.00.14 – Onkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2024.4.PhD/Tib5165.
Ilmiy rahbar: Polatova Djamila Shagayratovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va klinik immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.06/2025.27.12.Tib.06.01.
Rasmiy opponentlar: Xasanov Akbar Ibragimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Filonenko Elena Vyacheslavovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: teri melanomasi va melanotsitar hosilalarni kompleks tashxislash usullarini innovatsion texnologiyalarni joriy qilish orqali takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonda SAMRS so‘rovnomasi asosida shakllantirilgan xavf indeksi shkalasi yordamida onkodermatologlarga murojaat qilgan bemorlarda prognozni individual baholash asosida melanoma rivojlanish xavfi o‘rta-yuqori darajada ekanligi aniqlangan;
melanoma diagnostikasi sifatiga ta’sir etuvchi asosiy tashkiliy-professional omillar, xususan, mutaxassislarning 7 yildan ortiq ish tajribasi, bemorlarni qabul qilish uchun vaqt etishmasligi, onkodermatologiya sohasidagi bilim darajasining noaniqligi hamda ABCDE va “Ugly Duckling” (“Irkit o‘rdak”) diagnostika usullarini va dermatoskopik tekshiruvni amaliy qo‘llashdagi cheklovlar ilmiy jihatdan asoslangan;
III teri fototipli bemorlarda melanomani erta tashxislash samaradorligi va an’anaviy dermatoskopiyaga nisbatan psevdopodiya va radial tuzilmalar kabi xarakterli xususiyatlarni obektiv aniqlash imkonini beruvchi sun’iy intellekt algoritmlariga asoslangan avtomatlashtirilgan fotodermatoskopiyadan foydalanish o‘rtasida ishonchli ijobiy korrelyasiya aniqlangan;
ilk bor melanotsitar hosilalarga ega bemorlarda melanomani erta va aniq differensial tashxis qilish uchun takomillashtirilgan algoritm ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Teri melanomasi va melanotsitar hosilalarni kompleks tashxislash usullarini innovatsion texnologiyalarni joriy qilish orqali takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: O‘zbekistonda SAMRS so‘rovnomasi asosida shakllantirilgan xavf indeksi shkalasi yordamida onkodermatologlarga murojaat qilgan bemorlarda prognozni individual baholash asosida melanoma rivojlanish xavfi o‘rta-yuqori darajada ekanligi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat stomatologiya instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 28 martda 04-r/116-son bilan tasdiqlangan “Diagnosticheski-orientirovanniy podxod v lechenii melanomi sredi patsientov s melanotsitarnimi novoobrazovaniyami” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro viloyati filiali bo‘yicha 14.05.2025 yildagi 67-son va Samarqand filiali bo‘yicha 30.05.2024 yildagi 23i-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 2025 yil 7 iyuldagi 21/05-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: mazkur usulning joriy etilishi bemorlarning individual xavf darajasini erta aniqlash va monitoring qilish imkonini kengaytirgan. Iqtisodiy samaradorligi: taklif etilgan diagnosti algoritmni klinik amaliyotda qo‘llanilishi orqali melanoma va melanotsitar teri o‘smalari bo‘yicha diagnostika samaradorligini oshirish, bemorlarning hayot sifati va terapevtik natijalarini yaxshilash hamda sog‘liqni saqlash tizimida resurslarni samarali foydalanish natijasida mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan 900000 so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: melanoma diagnostikasi sifatiga ta’sir etuvchi asosiy tashkiliy-professional omillar, xususan, mutaxassislarning 7 yildan ortiq ish tajribasi, bemorlarni qabul qilish uchun vaqt etishmasligi, onkodermatologiya sohasidagi bilim darajasining noaniqligi hamda ABCDE va “Ugly Duckling” (“Irkit o‘rdak”) diagnostika usullarini va dermatoskopik tekshiruvni amaliy qo‘llashdagi cheklovlar ilmiy jihatdan asoslanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat stomatologiya instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 28 martda 04-r/116-son bilan tasdiqlangan “Diagnosticheski-orientirovanniy podxod v lechenii melanomi sredi patsientov s melanotsitarnimi novoobrazovaniyami” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro viloyati filiali bo‘yicha 14.05.2025 yildagi 67-son va Samarqand filiali bo‘yicha 30.05.2024 yildagi 23i-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 2025 yil 7 iyuldagi 21/05-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: diagnostik jarayonning samaradorligini oshirish, melanoma erta aniqlanishini ta’minlash va kasallikning salbiy prognozini kamaytirish imkoni yaratildi. Iqtisodiy samaradorligi: taklif etilgan diagnosti algoritmni klinik amaliyotda qo‘llanilishi orqali melanoma va melanotsitar teri o‘smalari bo‘yicha diagnostika samaradorligini oshirish, bemorlarning hayot sifati va terapevtik natijalarini yaxshilash hamda sog‘liqni saqlash tizimida resurslarni samarali foydalanish natijasida mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan 900000 so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: III teri fototipli bemorlarda melanomani erta tashxislash samaradorligi va an’anaviy dermatoskopiyaga nisbatan psevdopodiya va radial tuzilmalar kabi xarakterli xususiyatlarni obektiv aniqlash imkonini beruvchi sun’iy intellekt algoritmlariga asoslangan avtomatlashtirilgan fotodermatoskopiyadan foydalanish o‘rtasida ishonchli ijobiy korrelyasiya aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat stomatologiya instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 28 martda 04-r/116-son bilan tasdiqlangan “Diagnosticheski-orientirovanniy podxod v lechenii melanomi sredi patsientov s melanotsitarnimi novoobrazovaniyami” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro viloyati filiali bo‘yicha 14.05.2025 yildagi 67-son va Samarqand filiali bo‘yicha 30.05.2024 yildagi 23i-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 2025 yil 7 iyuldagi 21/05-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: erta differensial diagnostika samaradorligining oshishi bemorlarning hayot sifati va klinik natijalarini yaxshilash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: taklif etilgan diagnosti algoritmni klinik amaliyotda qo‘llanilishi orqali melanoma va melanotsitar teri o‘smalari bo‘yicha diagnostika samaradorligini oshirish, bemorlarning hayot sifati va terapevtik natijalarini yaxshilash hamda sog‘liqni saqlash tizimida resurslarni samarali foydalanish natijasida mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan 900000 so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor melanotsitar hosilalarga ega bemorlarda melanomani erta va aniq differensial tashxis qilish uchun takomillashtirilgan algoritm ishlab chiqilganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat stomatologiya instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 28 martda 04-r/116-son bilan tasdiqlangan “Diagnosticheski-orientirovanniy podxod v lechenii melanomi sredi patsientov s melanotsitarnimi novoobrazovaniyami” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro viloyati filiali bo‘yicha 14.05.2025 yildagi 67-son va Samarqand filiali bo‘yicha 30.05.2024 yildagi 23i-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 2025 yil 7 iyuldagi 21/05-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: diagnostik algoritmning joriy etilishi bemorlarga shaxsiylashtirilgan diagnostik yondashuvni ta’minlab, erta aniqlash va samarali monitoring imkonini kengaytirgan. Iqtisodiy samaradorligi: taklif etilgan diagnosti algoritmni klinik amaliyotda qo‘llanilishi orqali melanoma va melanotsitar teri o‘smalari bo‘yicha diagnostika samaradorligini oshirish, bemorlarning hayot sifati va terapevtik natijalarini yaxshilash hamda sog‘liqni saqlash tizimida resurslarni samarali foydalanish natijasida mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan 900000 so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilinadi.