Xudoynazarova O‘g‘lonoy Allamurodovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz va o‘zbek tillarida diniy barqaror birikmalarning chog‘ishtirma tadqiqi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2023.3.DSc/Fil665
Ilmiy rahbar: Maxmaraimova Shohista Tuxtashevna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02
Rasmiy opponentlar: G‘anieva Dildora Azizovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Abdi Eshonqulovich Mamatov, filologiya fanlari doktori, professor; Uluqov Nosirjon Muhammadalievich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillari materiallari asosida diniy barqaror birikmalarning har ikki tildagi chog‘ishtirma tadqiqini amalga oshirish hamda diniy qadriyatlari turli tizimli tillarda DBBlarning lingvistik-diskursiv xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
jahon tilshunosligida barqaror birikmalar lingvistik tasnifiga oid metodologik tafovutlardan kelib chiqib, Muqaddas Qur’oni Karim, Injil iboralari, hadis matnlarida kelgan DBB (diniy barqaror birikma)lar tipologiyasidagi formal-semantik nomuvofiqliklar ko‘rsatib berilgan;
og‘zaki nutqda DBBlar formal-semantik o‘zgarishlarga uchrashi natijasida dialektal xususiyatlarni aks ettirishi, ulardagi denotativ ma’noning konnotatsiyalashuvi va leksik ma’noning grammatiklashuvi orqali (xususan God, Christ, prophet, hell kabi komponentlarga ega birliklar) desakralizatsiya va desemantizatsiya jarayonlarining fitonimik, gastronomik, xrematonomik va toponimik guruhlarda namoyon bo‘lishi asoslangan;
har ikki tildagi DBBlar morfo-sintaktik, semantik xususiyatlarining diniy mazmunli ekzotizmlar (gallisizm, anglisizm, amerikanizm), frazeologizmlar, evfemizmlar, idiomalar, religionimlarda namoyon bo‘lishi ochiqlangan;
Allohning irodasi, qazoyi qadarga rozilik semantikasini ifodalovchi o‘zbek tilidagi Qur’oniy DBBlar, hadis birliklari va aksincha, Xudoni uchlikda e’tirof etuvchi ingliz tilidagi Injil iboralarining: rozilik, hayajonni ko‘rsatish, quvonch, arz qilish, maqtov, ko‘ndirish, majburlash, undash, murojaat, taajjub, tilak bildirish, la’nat yog‘dirish pragmatik ma’nolaridagi aksiologik noekvivalentlik diskursiv (diniy, so‘zlashuv, tibbiy, siyosiy va badiiy) kesimda ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillaridagi DBBlarning qiyosiy-chog‘ishtirma tahlilini amalga oshirish va ushbu turdagi turg‘un birikmalarning turli diniy e’tiqodlarga aloqadorligini lingvomadaniy tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Til va din o‘rtasidagi munosabatlarni o‘zida mujassamlashtirgan DBBlarning ingliz va o‘zbek tillaridagi tarixiy-etimologik, struktur tahlili orqali Muqaddas Qur’oni karim, Injil iboralari, hadis birliklarining chog‘ishtirma tahlili natijalaridan 2022–2024-yillarda Yaponiya akademik almashinuv xizmati huzuridagi IRCI tomonidan moliyalashtirilgan APC2C/10-sonli «Sustainable Collection of Research Data for the Protection of Intangible Cultural Heritage: Focus on Central Asia and Small Island Developing States (2022–2024 Fiscal Year)» nomli davlat loyihasida foydalanilgan. («Umrboqiy meros» O‘zbekiston madaniyati va san’ati targ‘ibot Markazining 2025 yil, 23-dekabrdagi 01/01–113-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu tahlillar mazkur fundamental loyiha doirasida nomoddiy madaniy merosga oid til birliklarini aniqlash, tasniflash va hujjatlashtirish jarayonida muhim metodik asos vazifasini bajargan.
Ingliz va o‘zbek tillarida DBBlar shakllanishi, ularning dialektal xususiyatlari, Muqaddas Qur’oni karim, Injil iboralari, hadislarda qayd etilgan diniy mazmunli frazeologizmlarning o‘xshash va farqli jihatlarini namoyon etuvchi xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Surxondaryo viloyati teleradiokanali DMning «Til–millat ko‘zgusi», «Munavvar kun» va «Ma’naviyat asoslari» ko‘rsatuvlarining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan. (Surxondaryo viloyati teleradiokanali DMning 2025-yil 20-martdagi 01–02/15-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ilmiy-tadqiqot xulosalari ushbu teleko‘rsatuvlarning mazmunan mukammallashuvi, ilmiy dalillarga boy bo‘lishiga xizmat qilib, ommabopligini ta’minlagan.
Chog‘ishtirilayotgan tillarda DBBlar bilan bog‘liq desakralizatsiya va desemantizatsiya hodisasi, ulardagi denotativ ma’noning konnotatsiyalashuvi hamda leksik ma’noning grammatiklashuvi natijasida hosil bo‘lishi God (Xudo), Christ (Iso Masih), prophet (payg‘ambar), hell (Jahannam) komponentli so‘z birikmalarida va botanik, gastronomik, xrematonomik, toponimik kabi terminologik guruhlarda namoyon bo‘lishiga oid xulosalardan Samarqand davlat chet tillari institutida 2022–2024-yillarda amalga oshirilgan va Toshkent shahridagi AQSh elchixonasi hamda Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika kengashi bilan hamkorlikda AQSh davlat departamenti tomonidan moliyalashtiriladigan «English Access Microscholarship Program» loyihasini bajarishda foydalanilgan. (Samarqand davlat chet tillari institutining 2025-yil 14-martdagi 720/02-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz xalqi madaniyati bilan bog‘liq diniy bilimlarning mukammallashuviga erishilgan.
Har ikki tildagi DBBlarning yondosh lingvistik hodisalarda voqelanish imkoniyatlarini tahlil qilish asosida Alloh, Xudo, farishta, iblis komponentli birliklarning lingvistik xususiyatlari hamda ularning diniy mazmunli ekzotizmlar (gallisizm, anglisizm, amerikanizm), frazeologizmlar, evfemizmlar, idiomalar, religionimlarda namoyon bo‘lish imkoniyatlarining mavjudligini ochib berishni ko‘zda tutuvchi xulosalardan Germaniya akademik almashinuv xizmati DAAD tomonidan moliyalashtirilgan ID–57663348-sonli «European Perspectives in Dialogue: Central Asia and Western Research–Muloqotda Evropa istiqbollari: Markaziy Osiyo va G‘arb tadqiqotlari» nomli loyiha doirasida foydalanilgan. (Buxoro davlat universitetining 2025 yil 15-martdagi 06/1727-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ushbu loyiha yangiliklarining mukammallashuviga erishilgan.
Noqardosh tillardagi barqaror birikmalarning o‘xshash va farqli jihatlarini chog‘ishtirma tahlil qilish, ingliz va o‘zbek tillarida mazkur guruhga mansub barqaror birikmalarning diniy, so‘zlashuv, siyosiy, tibbiy hamda badiiy diskurslarda tutgan o‘rnini aniqlash, shuningdek, ularning Muqaddas Qur’oni karim, Injil kabi diniy manbalar va hadisi shariflarda qo‘llanilishiga oid manbalardan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, Atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi Surxondaryo viloyati Turizm boshqarmasi tomonidan gid–tarjimonlarni tayyorlashda keng foydalanib kelingan. (Surxondaryo viloyati Turizm boshqarmasining 2025 yil 18-martdagi 01–27/466-sonli ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiyada shakllantirilgan ilmiy va amaliy tavsiyalar hamda nazariy manbalardan turizm sohasidagi kasb-hunar maktabi va texnikumlarining o‘quvchilari hamda gid–tarjimonlar, ekskursiya yetakchilari uchun qo‘llanma va darsliklar ishlab chiqishda foydalanilgan.
Umuminsoniy qadriyatlar, madaniy va axloqiy an’analarni ifodalashda ham muhim vosita bo‘lib xizmat qiluvchi ushbu birliklarning turli aloqa vaziyatlarida rozilik bildirish, hayajonni ifodalash, quvonchni izhor etish, arz qilish, maqtov, ko‘ndirish, majburlash, undash, murojaat, taajjub, tilak bildirish, la’nat yog‘dirish kabi turli xil pragmatik vazifalarni bajarishdagi o‘rni, ingliz va o‘zbek tillaridagi DBBlarning semantik, strukturaviy va pragmatik jihatdan chog‘ishtirma tahlil natijalari Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan nashr etilgan «Internet madaniyatining o‘n qoidasi» hamda «Sog‘lom e’tiqod–barqarorlik garovi» kitoblari mazmunida aks etgan. Shuningdek, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan o‘tkazilgan «Imom Termiziy ilmiy merosining islom sivilizatsiyasida tutgan o‘rni» mavzusidagi xalqaro konferensiya materiallarini shakllantirishda foydalanilgan. (Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2025-yil 24-noyabrdagi 01–12/269-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ushbu kitoblar hamda konferensiya materiallarining til va e’tiqod o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni yorituvchi ilmiy dalillar bilan boyitilishiga erishilgan.