Begimqulova Dilnoza Meylievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yumshoq bug‘doy doni tarkibida temir miqdorini oshiruvchi agrotexnik tadbirlarni ishlab chiqish”, 06.01.08 - O‘simlikshunoslik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Qx1114
Ilmiy rahbar: Nurbekov Aziz Isroilovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.08/2025.27.12.Qx.04.01.
Rasmiy opponentlar: Tadjiev Karim Mardanakulovich, qishloq xo’jaligi fanlari doktori, kata ilmiy xodim; Bozorov Xolmurod Maxmudovich, qishloq xo’jaligi fanlari doktori, kata ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qashqadaryo viloyatining och tusli bo‘z tuproqlar  sharoitida kuzgi yumshoq bug‘doy yetishtirishda ekish usullari va mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish tizimlarini optimallashtirish asosida resurstejovchi, temir moddasiga boy don yetishtirish agrotexnik tadbirlarni ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor Qashqadaryo viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida kuzgi bug‘doyni an’anaviy va to‘g‘ridan-to‘g‘ri ekish texnologiyalarining samaradorligi aniqlangan;
urug‘lar to‘g‘ridan-to‘g‘ri ekilib, o‘suv davrida ma’danli o‘g‘itlarning N210P105K75 kg/ga me’yorlari bilan oziqlantirish urug‘larni an’anaviy usulda ekib, ma’danli o‘g‘itlarning N210P105K75 kg/ga me’yorlari bilan oziqlantirilgangan nisbatan iqtisodiy samaradorligi 23,2 foizgacha yuqori bo‘lishi isbotlangan;
Urug‘larni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ekish usulida ekib, o‘suv davrida ma’danli o‘g‘itlarning N180P90K60 kg/ga me’yorlariga qo‘shimcha ravishda tuplanish va naychalash fazalarida “Combi Fe” mikroo‘g‘itidan 0,8 l/ga me’yorlarda bargi orqali qo‘llab etishtirish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
Urug‘larni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ekish usulida ekib, o‘suv davrida ma’danli o‘g‘itlarning N180P90K60 kg/ga me’yorlariga qo‘shimcha ravishda naychalash va boshoqlash fazalarida “Temir UDK” mikroo‘g‘itidan 0,6 l/ga me’yorda bargi orqali qo‘llab etishtirish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qashqadaryo viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida kuzgi yumshoq bug‘doy etishtirishda turli komponentli makro va mikroo‘g‘itlar bilan ildizdan tashqari oziqlantirish va ekish usullari bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
G‘allachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari uchun “Kuzgi yumshoq bug‘doyga an’anaviy va to‘g‘ridan-to‘g‘ri ekish usullarida temir tarkibli o‘g‘itlarni barg orqali qo‘llash samaradorligi” nomli tavsiyanoma ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 18.02.2026 yildagi №05/05-03-93-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma fermer xo‘jaliklarida kuzgi yumshoq bug‘doydan tarkibida temir moddasiga boy bo‘lgan don hosili etishtirishda muhim ko‘rsatma sifatida xizmat qilmoqda;
Kuzgi yumshoq bug‘doy urug‘larini resurstejamkor – tuproqqa ishlov bermasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ekilib, ma’danli o‘g‘itlarning N180P90K60 kg/ga me’yorlariga qo‘shimcha sifatida bargidan “Combi Fe” va “Temir UDK” mikroo‘g‘itlarini suspenziya sifatida qo‘llash texnologiyasi Qarshi tumani “Mardon Asror Asilbek” fermer xo‘jaligida 17,0 gektar, “Sayfiev Ismoil Abdievich” fermer xo‘jaligida 27,0 gektar, “Ortiqov Nosir” fermer xo‘jaligida 25 gektar, “Jo‘raev Sherali” fermer xo‘jaligida 33,0 gektar, “Avaz Turob Suyarovich” fermer xo‘jaligida 35 gektar, “Jumanazarov Xondamir” fermer xo‘jaligida 34,0 gektar jami 171,0 gektar maydonga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 18.02.2026 yildagi №05/05-03-93-son ma’lumotnomasi). Natijada urug‘larini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ekilib, ma’danli o‘g‘itlarning N180P90K60 kg/ga me’yorlariga qo‘shimcha ravishda bargidan “Combi Fe” va “Temir UDK” mikroo‘g‘itlarini suspenziya sifatida qo‘llanilganida yuqori samaradorlikka erishilgan;
Kuzgi yumshoq bug‘doy urug‘larini resurstejamkor – tuproqqa ishlov bermasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ekilib, ma’danli o‘g‘itlarning N180P90K60 kg/ga me’yorlariga qo‘shimcha sifatida bargidan “Combi Fe” va “Temir UDK” mikroo‘g‘itlarini suspenziya sifatida qo‘llash texnologiyasi Qarshi tumanlarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 18.02.2026 yildagi №05/05-03-93-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu texnologiyani qo‘llash orqali don hosildorligi 69,8-75,1 s/ga, rentabellik darajasi 50,9-61,2 foizga ortishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish