Tursunov Avazbek Abdulvoxidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “G‘o‘za bilan qo‘sh ekinlarni plyonka ostida etishtirishning o‘simliklar o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ta’siri”, 06.01.08 - O‘simlikshunoslik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Qx1027
Ilmiy rahbar: Namozov Fazliddin Baxromovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.08/2025.27.12.Qx.04.01.
Rasmiy opponentlar: Negmatova Surayyo Teshaevna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Ro‘ziev Ikromjon Ergashevich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha alsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘simliklar genetik resurslari ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Namangan viloyatining sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlar sharoitida g‘o‘za qator orasida mosh, no‘xat va loviyani qo‘sh ekin sifatida ekib o‘simliklarni o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor Namangan viloyatining sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlar sharoitida plyonka ostida tomchilatib sug‘orish texnologiyasi qo‘llangan maydonlarda g‘o‘za bilan mosh no‘xat va loviyani qo‘sh ekin sifatida 60(20x20x20)x10x1 sxemada 166 ming tup/ga va 60(30x30)x10x1 sxemada 83 ming tup/ga ko‘chat qalinligida parvarishlaganda o‘simliklarning o‘suv kuni moshda 3-6 kunga, no‘xatda 3-5 kunga, loviyada 3-4 kunga qisqarishi hamda g‘o‘zaning o‘suv davriga ta’sir etmasligi aniqlangan;
g‘o‘za qator oralarida qo‘sh eiknlarning 60(30x30)x10x1 sxemada 83 ming tup/ga ko‘chat qalinligida parvarish qilinganda, moshning bo‘yi 42,2 sm, dukkaklar soni 11,2 donani, dukkakdagi don soni 6,1 donani, bir tup o‘simlikdagi don vazni 12,3 gr ni, no‘xatni bo‘yi 46,9 sm, dukkaklar soni o‘rtacha 14,7 dona, dukkakdagi don soni 1,1 dona, bir tup o‘simlikdagi don vazni 7,6 gr ni, loviyaning bo‘yi 39,6 sm ni, dukkaklar soni 6,8 donani, bir dukkakdagi don soni 4,0 donani, bir tup o‘simlikdagi don vazni 8,2 gr ni tashkil etishi aniqlangan;
g‘o‘za qator orasida mosh, no‘xat va loviyani qo‘sh ekin sifatida parvarish qilinganda don tarkibidagi oqsil miqdori 60(30x30)x10x1 sxemada 83 ming tup ko‘chatni tashkil etkanda 1,1 %; 1,6 %; 0,5 % ga ortiq, moy miqdori mosh va no‘xatda 0,1 % ga kam, loviyada 0,3 % ga yuqori bo‘lishi aniqlangan;
g‘o‘za qator orasida no‘xat va loviyani 60(30x30)x10x1 sxemada 83 ming tup ko‘chat qalinligida etishtirilganda, g‘o‘zaning bo‘yi 87,2-94,1 sm, ko‘saklar soni 8,3-9,1 dona, 40,4-41,1 s/ga paxta hosili, bitta ko‘sakdagi paxta vazni 6,3-6,7 gr, ming dona don vazni 123,0-125,5 gr, tola chiqimi 37,5-38,1 gr ni, rentabellik darajasi 25,3-25,6 % ga yuqori bo‘lishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Namangan viloyatining och tusli bo‘z tuproqlar sharoitida, plyonka ostida tomchilatib sug‘orish texnologiyasi qo‘llanilgan maydonlarda g‘o‘za bilan qo‘sh ekinlar etishtirishda o‘simliklarning o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ta’sirini o‘rganish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
Plyonka ostida tomchilatib sug‘orish texnologiyasi qo‘llanilgan maydonlarda “G‘o‘za bilan qo‘sh ekinlar etishtirish bo‘yicha tavsiyanoma” tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 27 avgustdagi 05/01-05/02-05/04-03-360 sonli ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma g‘o‘za bilan qo‘sh ekinlar etishtirishda qo‘llanma sifatida fermer xo‘jaliklarida xizmat qilmoqda.
Plyonka ostida tomchilatib sug‘orish texnologiyasi qo‘llanilgan maydonlarda g‘o‘za bilan qo‘sh ekinlar etishtirish texnologiyasi Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanidagi Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti Namangan ilmiy-tajriba stansiyasida 16 ga, “Fayzobod Ko‘rkli Diyori” fermer xo‘jaligining 6,0 gektar, “Shahand Baraka Zamini” fermer xo‘jaligining 5,0 gektar, “Navro‘z Mirishkori” fermer xo‘jaligining 4,0 gektar, jami 31,0 gektar maydonda joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 27 avgustdagi 05/01-05/02-05/04-03-360 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, g‘o‘za bilan qo‘sh ekin sifatida no‘xat va loviya o‘simliklarini 60x(30x30)x10x1 sxemada 83 ming tup/ga ko‘chat qalinligida g‘o‘za bilan no‘xat etishtirlganda 38,5 s/ga paxta, 5,5 s/ga no‘xat, g‘o‘za bilan loviyani birga etishtirilganda 39,6 s/ga paxta, 6,6 st/ga loviya hosili olinigan. G‘o‘za bilan no‘xat etishtirlganda rentabellik darajasi 23,0 %, loviya etishtirilganda 25,0 % ni tashkil etgan.