Fayzullaeva Dildora Ulug‘bekovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Janubiy mintaqalarda shirin makkajo‘xorining o‘sishi, rivojlanishi, hosildorligiga ekish va o‘g‘itlash me’yorlarining ta’siri (Qashqadaryo viloyatining och tusli bo‘z tuproqlar misolida)”, 06.01.08 - O‘simlikshunoslik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Qx1124
Ilmiy rahbar: Sarmanov Sherzod Shermuhammadovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.08/2025.27.12.Qx.04.01.
Rasmiy opponentlar: Yuldasheva Zulfiya Kamalovna, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, professor; Jumaboev Zuxriddin Muminovich, qishloq xo’jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qashqadaryo viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida shirin makkajo‘xori navlaridan yuqori va sifatli don hosili etishtirishda maqbul ekish tizimi va ma’danli o‘g‘itlar bilan oziqlantirish me’yorlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor Qashqadaryo viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida shirin makkajo‘xorining “Zamon” va “Mazza” navlaridan yuqori va sifatli don hosili etishtirishda maqbul ekish tizimi va ma’danli o‘g‘itlar bilan oziqlantirish me’yorlari aniqlangan;
shirin makkajo‘xori navlari urug‘lari 90x15 tizimda gektariga 74,1 ming tup nazariy ko‘chat qalinligida ekib, o‘suv davrida ma’danli o‘g‘itlarning N150P120K75 kg/ga me’yorlari bilan oziqlantirish yuqori don hosildorligi va iqtisodiy rentabellikni ta’minlashi isbotlangan;
urug‘larni 90x10 tizimda gektariga 111,1 ming tup nazariy ko‘chat qalinligida ekish “Zamon” navida don hosildorligini 1,2-7,0 s/ga gacha, rentabellik darajasini 11,8-16,2 foizgacha, “Mazza” navida don hosildorligini 1,0-7,5 s/ga gacha, rentabellik darajasini 10,8-16,3 foizgacha, urug‘larni 90x20 tizimda gektariga 55,5 ming tup nazariy ko‘chat qalinligida ekish esa “Zamon” navida don hosildorligini 3,1-9,1 s/ga gacha, rentabellik darajasini 11,4-14,7 foizgacha, “Mazza” navida don hosildorligini 3,2-9,2 s/ga gacha, rentabellik darajasini 11,2-14,6 foizgacha kamayib borishi asoslangan;
ma’danli o‘g‘itlar me’yorlarini N180P140K90 kg/ga gacha ko‘tarib borish don hosildorligini ma’danli o‘g‘itlar qo‘llanilmagan variantga nisbatan 90x10 tizimda ekilganida “Zamon” navida 38,6 s/ga, “Mazza” navida 38,7 s/ga, 90x15 tizimda ekilganida “Zamon” navida 44,4 s/ga, “Mazza” navida 44,2 s/ga, 90x20 tizimda ekilganida “Zamon” navida 38,4 s/ga, “Mazza” navida 38,2 s/ga gacha yuqori bo‘lishini ta’minlashi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qashqadaryo viloyati sharoitida shirin makkajo‘xori navlaridan yuqori va sifatli don hosili etishtirishda maqbul ekish tizimi va ma’danli o‘g‘itlar bilan oziqlantirish me’yorlarini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar ilmiy natijalari asosida:
Klaster va fermer xo‘jaliklar uchun “Qashqadaryo viloyati sharoitida shirin makkajo‘xori etishtirish texnologiyasi” nomli tavsiyanoma ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 14.07.2025 yildagi №05/05-03-285-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma Klaster va fermer xo‘jaliklarida shirin makkajo‘xori navlarini etishtirishda muhim ko‘rsatma sifatida xizmat qilmoqda;
Shirin makkajo‘xorining “Zamon” va “Mazza” navlari Qarshi tumani “Sharopov Yusuf” fermer xo‘jaligida 3,3 gektar, “Choriev Mardon Nomozovich” fermer xo‘jaligida 2,8 gektar, “Zulfuqorov Nuriddin” fermer xo‘jaligida 2,0 gektar, Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti “Qarshi” tajriba xo‘jaligida 3,0 gektar, Kasbi tumani “Turdimurodov Abduqayum” fermer xo‘jaligida 3,2 gektar, “Primov Rahmat Axmadovich” fermer xo‘jaligida 3,0 gektar, “Choriev Karim Doniyorovich” fermer xo‘jaligida 2,5 gektar, Ko‘kdala tumani “Nihol” fermer xo‘jaligida 2,0 gektar, “Naymansaroy dalasi” fermer xo‘jaligida 2,2 gektar, “Xo‘jamiyorov Baxtiyor Qo‘lmurodovich” fermer xo‘jaligida 2,5 gektar, jami 26,5 gektar maydonga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 14.07.2025 yildagi №05/05-03-285-son ma’lumotnomasi). Natijada urug‘larni 90x15 tizimda ekib, o‘suv davrida ma’danli o‘g‘itlarning N150P120K75 kg/ga me’yorlari bilan oziqlantirilganida yuqori samaradorlikka erishilgan;
Shirin makkajo‘xorining “Zamon” va “Mazza” navlarini 90x15 tizimda ekib, o‘suv davrida ma’danli o‘g‘itlarning N150P120K75 kg/ga me’yorlari bilan oziqlantirib etishtirish texnologiyasi Qarshi, Kasbi va ko‘kdala tumanlarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 14.07.2025 yildagi №05/05-03-285-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu texnologiyani qo‘llash orqali don hosildorligi “Zamon” navida 57,3 s/ga, “Mazza” navida 59,1 s/ga ni tashkil etib, rentabellik darajasi “Zamon” navida 74,2 foizga, “Mazza” navida 79,6 foizga ortishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish