Mamarasulova Dildoraxon Kamolidin qizining
dissertatsiya himoyasisiz (ixtiro patenti) asosida falsafa doktori (PhD)
ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Trichogrammatidae turlarini sun’iy oziqada ko‘paytirish va tomatdosh ekinlarda Lepidoptera turkum vakillariga qarshi qo‘llash”, 06.01.09 - O‘simliklarni himoya qilish (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Qx736.
Ilmiy rahbar: Jumaev Rasul Axmatovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Ilmiy-tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti, DSc.08/2025.27.12.Qx.01.01.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti: Trichogramma turlarini etishtirish uchun sun’iy ozuqa olish usuli (IAP 8085).
II. Tadqiqotning maqsadi Tadqiqotning maqsadi. Trixogramma turlarini sun’iy ozuqada ko‘paytirish texnologiyasini yaratish, tomatdosh ekinlar agrobiotsenozida uchraydigan “Lepidoptera” turkumi vakillarini asosiy turlarini sonini boshqarish uchun biotexnologik usulda ko‘paytirilgan trixogramma turlaridan foydalanish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tomatdosh ekinlar agrobiotsenozida uchraydigan Lepidoptera turkumi vakillari sonini boshqarish uchun biolaboratoriyalarda Trichogramma chilonis, Trichogramma pintoi, Trichorgamma evanescens, Trichogramma dendrolimi turlarini ko‘paytirish uchun sun’iy ozuqa muhitlari yaratilgan va ko‘paytirilgan;
Trichogrammatidae (Trichogramma chilonis, Trichogramma pintoi, Trichorgamma evanescens, Trichogramma dendrolimi) turlarini sun’iy ozuqada ko‘paytirish uchun sun’iy tuxum kartalari ishlab chiqilgan;
biolaboratoriyada sun’iy ozuqa muhitlarida ko‘paytirilgan trixogramma avlodlarini amaldagi (don kuyasi tuxumlarida) usulga nisbatan jinslar nisbati 30% ga yaxshilangan, yashovchanligi 2 kunga ko‘p va pushtdorligi 8 donaga ortganligi aniqlangan;
tomatdosh ekinlar agrobiotsenozida uchraydigan g‘o‘za tunlami (Heliothis armigera) vakillari sonini boshqarishda sun’iy ozuqa muhitida ko‘paytirilgan Trichogramma pintoi turi qo‘llanilganida 11-kunda o‘rtacha 86,7% biologik samaradorlikka erishilishi isbotlangan;
sun’iy ozuqa muhitida trixogramma turlarini ko‘paytirishda 1 so‘m xarajatning qoplanishi 9,3 marta va rentabelligi 936% bo‘lganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Trichogrammatidae turlarini sun’iy oziqada ko‘paytirish va tomatdosh ekinlarda Lepidoptera turkum vakillariga qarshi qo‘llash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
tomatdosh ekinlarda uchraydigan Lepidoptera turkum vakillari sonini boshqarish uchun biolaboratoriyada “Trixogramma turlarini etishtirish uchun sun’iy ozuqa olish usuli” (IAP 8085-raqamli ixtiro) patenti 155,2 gektar maydonga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2026 yil 28 yanvar 05/06-04-93-son ma’lumotnomasi). Natijada, tomatdosh ekinlar agrobiotsenozida uchraydigan Lepidoptera turkumi asosiy vakillarini sonini boshqarish uchur trixogrammani ko‘paytirishga ketadigan vaqt 45 kungacha qisqartirishga erishilgan hamda sarflangan 1 so‘m 16,5 marta qoplangan va 165% rentabellikka erishilgan;
Andijon viloyatining Andijon tumanidagi “Bodomzor Fayzi-Bio”, “Omad 97”, “Qurama”, “Asilbek Lutfiya bog‘i”, “Mirza-Urug‘chi elita”, “Agronom innovatsion ilmiy-eksperiment”, “Davr” fermer xo‘jaliklarining tomatdosh ekin maydonlarida uchraydigan Lepidoptera turkum vakillari asosiy turlarini (pomidorda ko‘sak qurti, Heliothis armigera Hb) sonini boshqarishda biolaboratoriyada biotexnologik usulda ko‘paytirilgan Trichogramma pintoi turi gektariga 1 grammdan qo‘llanilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2026 yil 28 yanvar 05/06-04-93-son ma’lumotnomasi). Natijada eng yuqori ko‘rsatkich, 7 kunda o‘rtacha 74,5% biologik samaradorlikka erishilgan;
sun’iy ozuqada ko‘paytirilgan Trichogramma chilonis turidan tomatdosh ekinlar agrobiotsenozida uchraydigan Lepidoptera turkumi vakillariga qarshi uyg‘unlashgan himoya qilish (IPM) usulida foydalanilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2026 yil 28 yanvar 05/06-04-93-son ma’lumotnomasi). Natijada Lepidoptera turkumi vakillariga qarshi Avaunt 150 EC va sun’iy ozuqada ko‘paytirilgan trixogramma turlarini integratsiya qilinganida eng yuqori biologik samaradorlik 7 kunda o‘rtacha 62,8%, Bioslip BT preparati bilan sun’iy ozuqada ko‘paytirilgan Trichogramma chilonis entomofagini integratsiya qilinganida 7 kunda o‘rtacha 78,5% biologik samaradorlikka erishilgan hamda baqlajondan o‘rtacha 25,2-27,5, shirin qalampirdan 22,8-24,6, pomidordan 31,5-36,4 va achchiq qalampirdan 12,5-15,0 sentner qo‘shimcha hosil saqlab qolingan;
ilmiy tadqiqot yuzasidan “Lepidoptera turkumi vakillariga qarshi uyg‘unlashgan kurash choralari” nomli tavsiyanoma nashr etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2026 yil 28 yanvar 05/06-04-93-son ma’lumotnomasi). Natijada Toshkent davlat agrar universiteti va Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti talabalari, qishloq xo‘jaligi soha mutaxassislari, agroklasterlar, fermer xo‘jaliklari va tomorqa er egalari uchun sabzavot ekinlari zararkunandalari bioekologiyasi, ular sonini boshqarish usullari hamda organik sabzavot mahsulotlari etishtirishda qo‘llanma sifatida xizmat qilgan.