Nosirov Bunyodjon G‘offorali-o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Masofaviy ta’lim orqali kasbiy ta’lim pedagoglarining testologik kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped6814
Ilmiy rahbar: Ro‘ziev Dilshod Ubaydullaevich – pedagogika fanlari doktori, (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti huzuridagi fan doktori ilmiy darajasini beruvchi DSc.02/2025.27.12.Ped.01.01
Rasmiy opponentlar: Muslimov Narzulla Alixanovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Alimov Azam Anvarovich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, (PhD), professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: masofaviy ta’lim orqali kasbiy ta’lim pedagoglarining testologik kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kasbiy ta’lim pedagoglari testologik kompetentliligining tarkibiy komponentlari xorijiy tajribalarni tahlil qilish hamda kontent-tahlil orqali aniqlashtirilgan;
masofaviy ta’lim jarayonida pedagog kadrlar testologik kompetentliligini rivojlantirishning strukturaviy-funksional tuzilmasi sinergetik orientatsiyalangan “5S” (saralash, saranjomlash, soflik, standartlashtirish, samarali intizom) texnologiyasini singdirish orqali takomillashtirilgan;
“Creative time” ta’lim texnologiyasi va Kahoot, iSpiring kabi raqamli baholash platformalarini muammoni ijobiy va salbiy qismlarga ajratish, tahlil qilish, ijodiy echimlar ishlab chiqish, o‘z-o‘zini amaliy faoliyat orqali baholashga asoslangan metodlar bilan o‘zaro transformatsiyalash orqali pedagoglarning testologik kompetentliligini rivojlantirish metodikasi takomillashtirilgan;
kasbiy ta’lim pedagoglarining testologik kompetentliligini baholash metodikasi ularning test topshiriqlarini ishonchlilik va diskriminativlik talablari asosida natijalarni interpretatsiya qilish ko‘nikmalarini belgilovchi kriterial-diagnostik mezon indikatorlarini kiritish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Masofaviy ta’lim orqali kasbiy ta’lim pedagoglarining testologik kompetentliligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
kasbiy ta’lim pedagoglarining testologik kompetentliligini rivojlantirishning “5S” (saralash, saranjomlash, soflik, standartlashtirish, samarali intizom) tizimi tamoyillariga asoslangan modelini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar asosida “Masofaviy ta’limda pedagoglar testologik kompetentliligini rivojlantirish” va “Masofaviy ta’limda interfaol metodlardan foydalanish” nomli o‘quv metodik ta’minot ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlar markazining 2025-yil 18-noyabrdagi 02/01-01-507-sonli ma’lumotnomasi). Natijada pedagoglarning masofaviy ta’lim imkoniyatlaridan foydalanish ko‘nikmalari shakllantirildi hamda malaka oshirish jarayoni raqamli texnologiyalar va sinergetik yondashuv asosida samarali tashkil etildi;
pedagoglarning test tuzish va baholash ko‘nikmalarini “Creative time” va “Mental discussion” mualliflik metodlari yordamida rivojlantirish metodikasiga oid taklif va tavsiyalar asosida “O‘quvchilar kompetensiyalarini baholash metodikalari” nomli maxsus o‘quv kursi yaratilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlar markazining 2025-yil 18-noyabrdagi 02/01-01-507-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ushbu metodik ta’minot tinglovchilarning testologik bilimlarini https://mk.moqt.uz/ platformasi orqali mustaqil oshirish, xalqaro PISA-VET talablariga mos baholash vositalarini yaratish hamda o‘quv jarayonida raqamli baholash vositalari (Google Forms, Kahoot, iSpring) dan erkin foydalanish imkoniyatini berdi;
pedagoglarning testologik kompetentliligini baholash mezonlari (motivatsion, kognitiv-faoliyatli, sinergetik) hamda test topshiriqlarining validlik va ishonchlilik darajasini aniqlashga oid taklif va tavsiyalar asosida “Pedagogik dasturiy vositalar” elektron dasturi ishlab chiqilgan va malaka oshirish jarayoniga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlar markazining 2025-yil 18-noyabrdagi 02/01-01-507-sonli ma’lumotnomasi). Natijada kasbiy ta’lim tizimida pedagoglarning baholash faoliyati sifati oshirildi, test topshiriqlarini diskriminativlik va qiyinlik darajalari bo‘yicha tahlil qilish hamda natijalarni obektiv interpretatsiya qilish tizimi yo‘lga qo‘yildi.