Normatov Sunnat Axmadovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Qashqadaryo viloyati qishloq turizmini rivojlantirishning geografik xususiyatlari», 11.00.02 – Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Gr367.
Ilmiy rahbar: Usmanov Ma’rufdjan Rustamovich, geografiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Gr.09.11.
Rasmiy opponentlar: Komilova Nilufar Qarshiboevna, geografiya fanlari doktori, professor; Jumaev Xayrullo Xaetovich, geografiya fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qashqadaryo viloyatida qishloq joylarida turizmni shakllanishi va rivojlanishining asosiy muammolarini ilmiy echimiga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Respublikada ilk bor foydalanilgan qishloq turizmi nazariy asoslari ishlab chiqilgan va Qashqadaryo qishloq turizmining geografik jihatlari ilmiy asoslangan;
Qashqadaryo viloyatining ArcGIS dasturi yordamida tuzilgan qishloq turistik rayonlashtirish, qishloq turistik ob’ektlari, tarixiy yodgorliklari va diniy qadamjolarini o‘zida aks ettiruvchi 1:1500000 masshtabli kartalari yaratilgan;
Qashqadaryo viloyatining turistik qishloqlarini aks ettiruvchi yangi istiqbolli marshrutlar ishlab chiqilgan;
Qashqadaryo viloyatining qishloq turizmini kompleks rivojlantirishda turistik qishloqlarning tabiiy, madaniy, tarixiy, ziyorat, agroturizm, gastronomik, sport, ekoturizm va rekreatsiya resurslaridan oqilona foydalanish hamda sayyohlik tashriflari bilan bog‘liq xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qashqadaryo viloyati qishloq turizmini rivojlantirishning geografik xususiyatlarini hududiy tashkil etish va baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Respublikada ilk bor foydalanilgan qishloq turizmi nazariy asoslari va Qashqadaryo qishloq turizmining aniqlangan geografik jihatlaridan O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi turizm qo‘mitasi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi turizm qo‘mitasining 2025-yil 15-iyuldagi 03-10-17-6423-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mintaqada joylashgan turistik imkoniyati yuqori qishloqlarda turistik oqimining istiqboldagi yo‘nalishlarini belgilash imkonini bergan;
Qashqadaryo viloyatining ArcGIS dasturi yordamida tuzilgan qishloq turistik rayonlashtirish, qishloq turistik obektlari, tarixiy yodgorliklari va diniy qadamjolarini o‘zida aks ettiruvchi 1:1500000 masshtabli kartalaridan O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi turizm qo‘mitasi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi turizm qo‘mitasining 2025-yil 15-iyuldagi 03-10-17-6423-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, viloyat hududi bo‘yicha yangi turistik marshrutlar yaratish, qishloq turizimini rivojlantirish imkonini beruvchi alohida hududlarni ajratib olish, shuningdek, turistik qishloqlar turizimni rivojlantirish strategiyasini jadallashtirish imkoniyati yaratilgan;
Qashqadaryo viloyatining turistik qishloqlarini aks ettiruvchi yangi istiqbolli marshrutlardan O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi turizm qo‘mitasi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi turizm qo‘mitasining 2025-yil 15-iyuldagi 03-10-17-6423-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yangi qishloq turizm marshrutlar hamda ushbu marshrutlar yo‘nalishida xizmat ko‘rsatish infratuzilmani yanada rivojlantirish imkoniyati oshirilgan;
Qashqadaryo viloyatining qishloq turizmini kompleks rivojlantirishda turistik qishloqlarning tabiiy, madaniy, tarixiy, ziyorat, agroturizm, gastronomik, sport, ekoturizm va rekreatsiya resurslaridan oqilona foydalanish hamda sayyohlik tashriflari bilan bog‘liq xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi turizm qo‘mitasi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi turizm qo‘mitasining 2025-yil 15-iyuldagi 03-10-17-6423-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, viloyatda qishloq turizmini kompleks rivojlanish imkonini bergan.