Ikramov Nuriddin Boxodirovichning  
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Norin daryosi havzasi quyi oqimi algoflorasi”, 03.00.05 - Botanika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/B304.
Ilmiy rahbar: Tojiboev Sharobitdin Jamolovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.B.22.05.
Rasmiy opponentlar: Turginov Orzimat Turdimatovich, biologiya fanlari doktori; Toshpo‘latov Yigitali Shavkatillaevich, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Norin daryo havzasi quyi oqimi algoflorasini taksonomik tarkibini aniqlash va suvning ekologiya sanitariya holatini baholashda indikator - saprob suvo‘tlarning ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Norin daryosi quyi oqimi algoflorasi 7 ta bo‘lim, 16 ta sinf, 48 ta tartib, 80 ta oila, 153 ta turkumga mansub 298 ta tur va tur xilari (8 ta variatsiya, 1 ta forma) aniqlangan;
Norin daryosi quyi oqimi algoflorasi bilan O‘zbekiston ayrim suv havzalari algoflorasining qiyosiy tahlili amalga oshirilgan va o‘xshash hamda Norin daryosi quyi oqimi algoflorasining o‘ziga xos turlari aniqlangan;
Norin daryosi quyi oqimidan O‘zbekiston algoflorasi uchun yangi 20 ta tur aniqlangan;
Algofloraning turlar tarkibining ekologik guruhari aniqlangan hamda fasllar davomida va oqim bo‘ylab miqdoriy o‘zgarishlari ochib berilgan;
Norin daryosi quyi oqimi algoflorasi tarkibidagi indikator-saprob suvo‘tlarining tarqalishi va saproblik darajalari aniqlangan;
suvning saproblik indeksi (Si) hisoblab chiqilgan va saproblik zonalarini aniqlash asosida ekologik-sanitariya holati baholangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Norin daryosi quyi oqimi algoflorasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Norin daryosi quyi oqimi algoflorasi bo‘yicha ma’lumotlar to‘plami Global bioxilma-xillik axborot tizimiga (GBIF, https://doi.org/10.15468/4vjn85) joriy etilgan (O‘zRFA Botanika institutining 2024 yil 7 noyabrdagi  018-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Farg‘ona vodiysi suv havzalari – daryo va kanallar algflorasining geografik tarqalishini ko‘rsatuvchi global axborot bazasini boyitish imkonini bergan;
molekulyar - genetik tahlillar asosida olingan barcha algofloristik turlarga oid barcha nukleotidlar ketma-ketliklari PP937762.1; PP937763.1; PP937764.1 qayd raqamlari ostida NCBI GenBank platformasiga joylashtirilgan (https://www.ncbi.nlm.nih.gov). Natijada, ayrim turlarning molekulyar genetik tahlili, filogeniyasi va evolyusion munosabatlarini aniqlashtirishda xalqaro miqyosda foydalanish hamda integratsiyalashgan yondashuvdan foydalanish bo‘yicha yangi ma’lumotlarni olish imkonini bergan;
Norin daryosi quyi oqimi suvo‘tlari florasining yagona ma’lumotlar bazasi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2024-yil 13-dekabrdagi 4/1255–2766-son ma’lumotnomasi). Natijada, mamlakat suv havzasi algoflorasini to‘liq inventarizatsiya qilish, Farg‘ona vodiysi suv havzalari monitoringini yuritish imkonini yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish