Abdullaev Shuhratjon Solijonovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Farg‘ona vodiysi florasidagi Poa L. (Poaceae) turkumi (taksonomik tarkibi, geografiyasi va ekologiyasi)”, 03.00.05 - Botanika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro’yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/V580.
Ilmiy rahbar: Tojibaev Komiljon Sharobitdinovich, biologiya fanlari doktori, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.B.22.05.
Rasmiy opponentlar: Xamraeva Dilovar Tolibdjonovna, biologiya fanlari doktori; Mahmudov Valijon, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Farg‘ona vodiysi florasida tarqalgan Poa turkumiga kiruvchi turlarning taksonomik tarkibini aniqlash, konspektini tuzish va keng ko‘lamli tahlillarni amalga oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
birinchi marta, Farg‘ona vodiysida florasida tarqalgan Poa turkumining 17 turdan iborat taksonomik tarkibi aniqlangan va izohli konspekti tuzilgan;
O‘zbekiston florasi Poa tianschanica (Regel) Hack. ex O.Fedsch. turi bilan boyitildi, 6 ta  turlarning 25 dan ortiq yangi o‘sish maydonlari aniqlangan;
tirik o‘simlik namunalari asosida olib borilgan morfologik tadqiqotlar natijasida «O‘zbekiston florasi»ning yangi nashri uchun 21 ta yangi diagnostik belgi kiritish hamda 15 ta belgini tahrirlash zarurligi asoslab berilgan;
ilk bor xloroplast genomi tahlili asosida plastid genomining doiraviy xaritasi va Poa turkumiga mansub turlarning filogenetik daraxti tuzilgan;
Ilk bor genom tarkibida ycf3, clpP, atpF, rpoC1, rpl2, ndhB, ndhA, petB, petD, rpl16, rps16, rps12, psbA, matK, ycf3, rpoB genlar mavjudligi va nukleotidlarning eng yuqori o‘zgaruvchanligi rps16/trnQ-UUG, atpF/atpH, rps3/rpl22, trnK-UUU/rps16, rps15/ycf1, petA/psbJ/psbA, trnGCC, trnR-UCU/atpA, atpA/atpF, rps8/rpl14, trnL-UAA/trnF-GAA, trnG-UCC/trnR-UCU va psaA/ycf3 genetik hududlarda uchrashi aniqlangan;
iqlim o‘zgarishining turli ssenariylari sharoitida model turlar sifatida Poa bactriana va Poa bulbosa populyasiyalarining hozirgi va kelajakdagi areallari uchun bioiqlimiy modellashtirish amalga oshirilgan hamda asosiy bioiqlimiy omillar baholangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Farg‘ona vodiysi florasida tarqalgan Poa turlarini tadqiq qilishda olingan ilmiy natijalar asosida:
Farg‘ona vodiysida tarqalgan Poa turkumi turlari bo‘yicha fitogeografik tadqiqotlarni olib borish maqsadida 17 turga oid ma’lumotlar GBIF (Global Biodiversity Information Facility) ma’lumotlar bazasiga kiritilgan va joriy qilingan (Global biologik xilma-xillik ma’lumotlar bazasining 2025-yil 25-apreldagi 32-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Farg‘ona vodiysida tarqalgan 17 ta turlarning tarqalishiga oid ma’lumotlarni xalqaro darajada foydalanish imkonini bergan;
400 dan ortiq gerbariy namunalari O‘zbekiston Milliy gerbariysi (TASh) fondiga topshirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2025-yil 22-apreldagi 4/1255-989-son ma’lumotnomasi). Natijada, vodiy hududidan yig‘ilgan kamyob va endem turlarning yangi gerbariy namunalari noyob ob’ektning Markaziy Osiyo bo‘limi kolleksiyasini boyitgan va turlarining taksonomiyasi, geografiyasi, ekologiyasi bo‘yicha olingan yangi ma’lumotlar hamda turlarning tarqalishini aks ettiruvchi GAT xaritalari O‘zbekiston florasining elektron ma’lumotlar bazasi axborot-tahlil tizimini shakllantirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish