Boboxonova Mamuraxon Normirza qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston ob-havosiga El-Ninyo va La-Ninya jarayonlarining ehtimoliy ta’sirini baholash”, 11.00.04 - Meteorologiya. Iqlimshunoslik. Agrometeorologiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2024.3.PhD/Gr339.
Ilmiy rahbar: Kadirov Baxtiyor Sharofiddinovich, geografiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti (GMITI).
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.18/2025.27.12.Gr.02.01.
Rasmiy opponentlar: Egamberdiev Xamroqul Tursunqulovich, geografiya fanlari doktori, professor; Gafurov Zafar Asrorjonovich, geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: El-Ninyo va La-Ninya hodisalarining O‘zbekiston hududida yog‘ingarchilik va havo harorati rejimiga ehtimoliy ta’sirini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
El-Ninyo fazasi kuzatilgan davr mobaynida O‘zbekiston hududida yog‘ingarchilik miqdorining me’yordan ko‘p, La-Ninya davrida esa aksincha yog‘ingarchilik miqdorining me’yordan kam bo‘lganligi aniqlangan;
El-Ninyo va La-Ninya fazalari davrida yog‘ingarchilik anomaliyalari miqdorining balandlik bo‘yicha o‘zgarishi aniqlangan;
El-Ninyo va La-Ninya fazalari davrida O‘zbekistonda kuzatilgan yog‘ingarchilik anomaliyalari miqdorining raqamli kartalari GAT asosida yaratilgan;
kelgusi o‘n yillik yog‘ingarchilik rejimiga taalluqli iqlim modeli uchun metodologik asos ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston ob-havosiga El-Ninyo va La-Ninya jarayonlarining ehtimoliy ta’sirini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
El-Ninyo fazasi kuzatilgan davr mobaynida O‘zbekiston hududida yog‘ingarchilik miqdorining me’yordan ko‘p, La-Ninya davrida esa aksincha, yog‘ingarchilik miqdorining me’yordan kam bo‘lishi O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligida yog‘ingarchilikni prognoz qilishda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligining 2025 yil 8 oktyabrdagi 01-15/1593-son ma’lumotnomasi). Natijada, El-Ninyo va La-Ninya fazalari davrlarida O‘zbekiston hududida yog‘ingarchilikni me’yordan ko‘p yoki kam kuzatilishi qonuniyatlari asosida mavsumiy va uzoq muddatli prognozlar tuzish imkoniyati yaratilgan;
El-Ninyo va La-Ninya fazalari davrida O‘zbekistonda kuzatilgan yog‘ingarchilik anomaliyalari miqdorining GAT asosida yaratilgan raqamli kartalari O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligida hududlar kesimida yog‘ingarchilik miqdorini prognoz qilishda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligining 2025 yil 8 oktyabrdagi 01-15/1593-son ma’lumotnomasi). Natijada, hududlar kesimida kelgusi El-Ninyo va La-Ninya davrlarida prognozlar tuzish imkoniyati yaratilgan;
El-Ninyo va La-Ninya fazalari davrida yog‘ingarchilik anomaliyalari miqdorining balandlik bo‘yicha o‘zgarishi O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligida tog‘oldi hamda tog‘li hududlar uchun maxsus prognozlar tuzish amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligining 2025 yil 8 oktyabrdagi 01-15/1593-son ma’lumotnomasi). Natijada, tog‘li va tog‘oldi hududlardagi suv resurslarining shakllanishini oldindan aniqlash, xususan, sel xavfini kamaytirish, suv resurslarini samarali boshqarish imkoniyati yaratilgan;
El-Ninyo va La-Ninya hodisalarining ehtimolligi asosida Farg‘ona vodiysi hududiga kelgusi 10 yillik davr uchun uzoq muddatli yog‘ingarchilik miqdori uchun ishlab chiqilgan prognozi O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligida aholiga meteorologik xizmat ko‘rsatish va meteorologik prognozlar tuzish faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligining 2025 yil 8 oktyabrdagi 01-15/1593-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekistonning markaziy, janubiy hamda shimoliy hududlari uchun El-Ninyo va La-Ninya fazalari ehtimolligi asosida 10 yillik yog‘ingarchilik prognozi tayyorlash imkoniyati yaratilgan.