Xudaynazarov Jahongir Ortiq o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Polilaktid asosida bioparchalanuvchan materiallar: olinishi, xossalari va texnologiyasi», 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/K1017.
Ilmiy rahbar: Ibrahim Erol, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.K/T.12.05.
Rasmiy opponentlar: Xusenov Arslonnazar Shernazarovich, kimyo fanlari doktori, professor; Eshmurodov Xurshid Esanberdievich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: polilaktid, modifikatsiyalangan selluloza hamda noorganik minerallar ishtirokida bioparchalanuvchan materiallar sintezi va xossalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
polilaktid, oligolaktid bilan modifikatsiyalangan selluloza va mineral komponentlar: bentonit, kaolin asosida PLA/OLA-g-Selluloza/Bentonit/Kaolin 80:20 + 5/5 tarkibli 9 xil bioparchalanuvchan materiallar sintez qilingan;
Lactiplatibacillus plantarum 3G bakteriyasidan foydalangan holda, mikrobiologik yo‘l bilan L-sut kislota, undan polilaktid va bioparchalanuvchan materiallar olishning maqbul sharoitlari aniqlangan;
materiallar tarkibiga 10 % gacha kaolin yoki  5 % dan kaolin/bentonit kiritilishi natijasida olingan bioparchalanuvchan materiallarning uzayishga nisbatan mustahkamligi 1,4 martaga ortganligi aniqlangan; 
mahalliy xomashyolar polilaktid, oligolaktid bilan modifikatsiyalangan selluloza va mineral komponentlar asosida bioparchalanuvchan materiallar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Polilaktid, modifikatsiyalangan selluloza hamda noorganik minerallar ishtirokida bioparchalanuvchan materiallar sintezi va xossalari bo‘yicha olingan natijalar asosida; 
olingan bioparchalanuvchan materiallarning namunalari Afyon Kocatepe universiteti (Turkiya) kimyo bo‘limida “Synthesis and characterization of new nanoparticles by green synthesis using Lycium depressum extract” ilmiy loyihasi tadqiqotlari doirasida sitotoksik, antibakterial, antifungal hamda yaralarni bitirish xususiyatlarini aniqlashda qo‘llanilgan (Afyon Kocatepe universitetining 2025 yil 17 fevraldagi ma’lumotnomasi). Natijada, polilaktid, oligolaktid bilan modifikatsiyalangan selluloza va mineral komponentlar asosida antibakterial va antifungal xususiyatlarga ega PLA/OLA-g-Sell/B10; PLA/OLA-g-Sell/K10; PLA/OLA-g-Sell/B5/K5 tarkibli bioparchalanuvchan materiallar olish imkonini bergan;
sintez qilingan materiallar O‘zbekiston-Bolgariya qo‘shma korxonasi “Integra DD” MChJ QKda “Novokain ineksiya uchun 0.5 % eritma, 5 ml” preparatining ikkilamchi qadoqlash vositasi sifatida qo‘llanilgan (“Integra DD” MChJ QK ning 2025 yil 21 yanvardagi  8-son ma’lumotnomasi). Natijada, “GOST EN 13432:2015” xalqaro standartlar talablariga mos keluvchi materiallar sintez qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish