Isxakova Gulchiroy Abdurasul qizining  
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Mahalliy sanoat korxonalari chiqindilaridan suyuq kompleks o‘g‘itlar olish texnologiyasi», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/T5564.
Ilmiy rahbar: Sultonov Bahodir Elbekovich, texnika fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Namangan davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti, DSc.03/2025.27.12.K/T.15.08.
Rasmiy opponentlar: To‘raev Zokirjon, texnika fanlari doktori, professor; Xolmurodov Jamshid Erkinovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), kata ilmiu hodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: metallarni qayta ishlashda hosil bo‘ladigan kislotali chiqindi suvlari asosida hamda avtomobil ehtiyot qismlarini ishlab chiqaruvchi korxonada hosil bo‘layotgan ishqoriy chiqindili oqava suvni kislotali chiqindi suvi bilan neytrallash asosida NP- va NPK-turidagi suyuq kompleks o‘g‘itlar olishning texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy sanoat korxonalarini ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘lgan fosfatli va ishqoriy oqava suvlarini kimyoviy tarkiblari hamda ularda mikroelement (Zn-19,50%) va natriy ionlarini miqdori (32,26%) ko‘p ekanligi aniqlangan; 
birinchi marotaba unitol qo‘llash orqali kislotali sanoat oqava suvlarini (SOS) turli ionlardan tozalash jarayonlari, ularning 93-96% gacha tozalanishi va “UZchasys” QK ishqoriy SOSdan natriy ionlarini tabiiy adsorbentlar yordamida tozalash jarayonlari tadqiq etilgan hamda natriy ionini 90,0-91,1% gacha tozalanishi aniqlangan;
SOSlarning neytrallashda qo‘llanilgan turli xil neytrallovchi reagentlarning  suyuq kompleks o‘g‘itlar tarkibiga ta’siri asoslangan, turli omillarni (harorat, kalsiy oksid konsentratsiyasi va miqdori) o‘g‘itning  sifat va miqdoriy kattaliklariga ijobiy ta’siri isbotlangan;
neytrallash jarayonida hosil bo‘ladigan NP- va NPK- turidagi o‘g‘itlar asosiy tarkibilari o‘rganilgan va unda ozuqa komponentlari (azot-fosfor va azot-fosfor-kaliy) mos ravishda 17,52 va 48,23% bo‘lishi, suyuq kompleks o‘g‘itlarning reologik va kristallanish haroratlari va bu ko‘rsatgichlar o‘g‘itlarning yilning barcha fasllarda qo‘llanilishiga imkon berishi asoslangan;
olingan NP- va NPK-turidagi suyuq kompleks o‘g‘itlar agrokimyoviy sinovlardan o‘tkazilgan va ular paxta hosildorligini mos ravishda 3,6-4,1 s/ga va 4,2-5,8 s/ga oshirishi aniqlangan, NP- va NPK- suyuq kompleks o‘g‘itlar olishning material oqimi, iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq ekanligi asoslangan va moslashuvchan texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mahalliy sanoat korxonalarida hosil bo‘ladigan kislotali chiqindi suvlar va  avtomobil ehtiyot qismlarini ishlab chiqaruvchi korxonada hosil bo‘lgan ishqoriy chiqindi suv bilan neytrallash asosida, hamda ammiak, kalsiy oksid, kaliy gidroksid va kaliy xlorid asosida NP- va NPK-turidagi suyuq kompleks o‘g‘itlar olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
mahalliy sanoat korxonalarining chiqindilaridan suyuq kompleks o‘g‘itlar olish texnologiyasi “Ifoda Agro Kimyo Himoya” MChJning “2026–2027 yillarda amaliyotga joriy etiladigan istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“IFODA Agro Kimyo Himoya” MChJ QKning 2025 yil 1 apreldagi 05/15-537-son ma’lumotnomasi). Natijada, korxonada ishlab chiqarilayotgan “IFO MAKROMIX” SKO‘ning dastlabki hom ashyosi sifatida qo‘llanishiga asos bo‘lib SKO‘ tannarxini 55-65% ga arzon bo‘lishi imkonini beradi;
“Mexmash” korxonasida metallarni fosfatlashda hosil bo‘layotgan chiqindi eritmalar hamda ammiakli suv, kaliy xlorid va qisman kaliy gidroksid asosida NPK-turidagi SKO‘ olish texnologiyasi “Ifoda Agro Kimyo Himoya” MChJning “2026–2027 yillarda amaliyotga joriy etiladigan istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“IFODA Agro Kimyo Himoya” MChJ QKning 2025 yil 1 apreldagi 05/15-537-son ma’lumotnomasi). Natijada, “IFO MAKROMIX” nomli suyuq o‘g‘it ishlab chiqarish uchun P2O5 manbai bo‘lgan fosfatli xom ashyodan to‘liq voz kechishga va NPK-turidagi suyuq kompleks o‘g‘itlar tannarxini 45-60% arzonlashtirish imkoniyati yaratiladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish