Usmanov Zayniddin Berdirasulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Iste’mol tovarlari savdosini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish yo‘llari”  (Samarqand viloyati misolida) 08.00.05 - Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Iqt4369
Ilmiy rahbar: Abdukarimov Barat-Ali Abdukarimovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, DSc.03/2025.27.12.I.27.01
Rasmiy opponentlar: Ergashev Raxmatulla Xidirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Matyakubov Umidjon Raximovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishi sharoitida iste’mol tovarlari savdosini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “iste’mol tovarlari savdosi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni iste’mol tovarlarini tasniflashning zamonaviy nuqtai nazardan mijozga yo‘naltirilgan yondashuvini qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
iste’mol tovarlari tanlovi va narx darajasi jihatidan shahar va qishloq hududlarida savdoning rivojlanishidagi keskin tafovutlarni mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash va tovarlarni taqsimlash xizmatlari faoliyatini nomarkazlashtirish orqali qisqartirish taklifi asoslangan;
iste’mol tovarlari savdosining samaradorligini oshirish mexanizmi mijozlar bilan munosabatlarni boshqarish kompleks tizimlarini yaratishga qaratilgan axborot-integratsiya yondashuvini amalga oshirish asosida “Mahalla do‘konlari” savdo belgisi ostidagi “savdo tashkiloti – mahalla – tovar ishlab chiqaruvchilar” uch tomonlama hamkorligi orqali takomillashtirilgan;
Samarqand viloyatida iste’mol tovarlari savdosiga ta’sir etuvchi makro va mikro muhit omillarini hisobga olgan holda savdo hajmining 2030-yilgacha prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishi sharoitida iste’mol tovarlari savdosini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “iste’mol tovarlari savdosi” tushunchasining iqtisodiy mazmunini iste’mol tovarlarini tasniflashning zamonaviy nuqtai nazardan mijozga yo‘naltirilgan yondashuvini qo‘llash asosida takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy ishlanmalardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Turizm va mehmonxona xizmatlari iqtisodiyoti” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 31 maydagi 237-son buyrug‘i; ruyxatga olish raqami 237-918). Mazkur tushunchaning mazmunining takomillashtirilishi savdo sohasida “iste’mol tovarlari” “savdo” “savdo xizmatlari” kategoriyalarining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini kengroq tushunish orqali savdo korxonalari faoliyati raqobatbardoshligini oshirishda yangicha ilmiy-uslubiy yondashuvlarni shakllantirish imkonini bergan;
iste’mol tovarlari tanlovi va narx darajasi jihatidan shahar va qishloq hududlarida savdoning rivojlanishidagi keskin tafovutlarni mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash va tovarlarni taqsimlash xizmatlari faoliyatini nomarkazlashtirish orqali qisqartirish taklifi Samarqand viloyatidagi savdo korxonalarining faoliyatida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2025 yil 28 avgustdagi №05-9204-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida iste’mol tovarlari tanlovi va narx darajasi jihatidan shahar va qishloq hududlarida savdoning rivojlanishidagi keskin tafovutlarni qisqartirish imkoni yaratilgan;
iste’mol tovarlari savdosining samaradorligini oshirish mexanizmi mijozlar bilan munosabatlarni boshqarish kompleks tizimlarini yaratishga qaratilgan axborot-integratsiya yondashuvini amalga oshirish asosida “Mahalla do‘konlari” savdo belgisi ostidagi “savdo tashkiloti – mahalla – tovar ishlab chiqaruvchilar” uch tomonlama hamkorligi orqali takomillashtirish taklifi Samarqand viloyatidagi savdo korxonalarining faoliyatida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2025 yil 28 avgustdagi №05-9204-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “Mahalla do‘konlari” savdo belgisi ostida iste’mol tovarlari savdosini olib boruvchi mahalla savdo shahobchalarida sotishdan olingan daromadlarni oshishiga, sotilgan tovarlar tannarxinini kamayishiga, yalpi foyda, davr xarajatlari va boshqa samaradorlik ko‘rsatkichlarini yaxshilanishiga imkon bergan;
Samarqand viloyatida iste’mol tovarlari savdosiga ta’sir etuvchi makro va mikro muhit omillarini hisobga olgan holda savdo hajmining 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari Samarqand viloyatidagi savdo korxonalarining faoliyatida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2025 yil 28 avgustdagi №05-9204-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Samarqand viloyatidagi savdo korxonalari mahsulotlari hajmini oshirish va rivojlantirish dasturlari bo‘yicha o‘rta va uzoq istiqbol yillarida savdo tashkilotlar rentabelligining 115% oshishga erishish bilan bog‘liq ko‘rsatkichlarni aniqlash imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish