Nurimbetov Timur Uzakbergenovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti” ixtisosliklari kesmida «Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish metodologiyasini takomillashtirish (Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida)”, 08.00.01 – “Iqtisodiyot nazariyasi” va 08.00.04 – “Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.DSc/Iqt526.
Ilmiy rahbar: Arabov Nurali Uralovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.01.2021.I.16.03.
Rasmiy opponentlar: Salimov Baxtiyor Tadjievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Ergashev Raxmatulla Xidirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Mambetjanov Kaxramon Kurbandurdievich iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi iqtisodiyotning innovasion rivojlanishi sharoitida qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
nazariy-uslubiy yondashuvga ko‘ra “qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish samaradorligi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni ijtimoiy-iqtisodiy, institutsional, innovatsion va texnologik, tabiiy-iqlim va ekologik omillarni alohida bloklarga guruhlash hamda ularni qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga talab va taklif muvofiqligini ta'minlashning tashqi muhit va ichki ishlab chiqarish omillariga tasniflash asosida takomillashtirilgan;
hududlar qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish samaradorligini integral baholash usuli tarmoq ishlab chiqarish samaradorligini eng past (0≤IChs<0,177), past (0,178≤IChs<0,314), o‘rta (0,315≤IChs<0,489), yuqori (0,490≤IChs <0,604) va eng yuqori (0,605≤IChs<1,00) darajali guruhlarga tabaqalashtirish hamda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlarni tizimlashtirish asosida takomillashtirilgan;
aholida zamonaviy qishloq xo‘jaligi madaniyatini, bog‘dorchilik va issiqxonachilik sohasidagi tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirishda mintaqa qishloq xo‘jaligi tarmog‘i mutassaddi idora va tashkilotlariga zarur muhandislik-kommunikatsiya hamda yo‘l-transport infratuzilmasiga ega bo‘lgan er uchastkasini 50 yilga qadar muddatga ijara huquqi asosida ajratish taklifi asoslangan;
qishloq xo‘jaligidagi ishlab chiqarish samaradorligi past bo‘lgan ekin turlari o‘rniga zamonaviy resurs tejamkor texnologiyalarni qo‘llagan holda intensiv bog‘ va issiqxonalar barpo qilish, qayta ta'mirlash, ekspluatatsiyasi hamda mahsulot etishtirish va saqlash xarajatlarini Agrosanoatni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplash taklifi asoslangan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishining rivojlanish tendensiyalari hamda unga ta'sir ko‘rsatuvchi omillarning ekonometrik modeli asosida jami qishloq xo‘jalik yalpi mahsuloti hajmi dinamikasining 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish samaradorligini oshirish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
nazariy-uslubiy yondashuvga ko‘ra “qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish samaradorligi” tushunchasining iqtisodiy mazmunini ijtimoiy-iqtisodiy, institutsional, innovatsion va texnologik, tabiiy-iqlim va ekologik omillarni alohida bloklarga guruhlash hamda ularni qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga talab va taklif muvofiqligini ta'minlashning tashqi muhit va ichki ishlab chiqarish omillariga tasniflash asosida takomillashtirish bo‘yicha nazariy va uslubiy ishlanmalardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Agrobiznesni tashkil etish va boshqarish” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 17 – iyuldagi 314 – sonli buyrug‘i). Ushbu taklifdan foydalanish talabalarda omillarni alohida bloklarga guruhlash hamda tasniflash asosida takomillashtirilgan “qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish samaradorligi” tushunchasiga oid nazariy bilimlarni kengaytirish imkonini bergan;
hududlar qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish samaradorligini integral baholash usuli tarmoq ishlab chiqarish samaradorligini eng past (0≤IChs<0,177), past (0,178≤IChs<0,314), o‘rta (0,315≤IChs<0,489), yuqori (0,490≤IChs <0,604) va eng yuqori (0,605≤IChs<1,00) darajali guruhlarga tabaqalashtirish hamda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlarni tizimlashtirish asosida takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining “2026-2030-yillarda hududlarda qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirish” Yo‘l xaritalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2026-yil 7-yanvardagi 04/16-0574-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish hududlar qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi samaradorligini obektiv baholash darajasini oshirishga ko‘ra boshqaruv qarorlarini optimalligini ta’minlashga muayyan darajada xizmat qilgan;
aholida zamonaviy qishloq xo‘jaligi madaniyatini, bog‘dorchilik va issiqxonachilik sohasidagi tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirishda mintaqa qishloq xo‘jaligi tarmog‘i mutassaddi idora va tashkilotlariga zarur muhandislik-kommunikatsiya hamda yo‘l-transport infratuzilmasiga ega bo‘lgan er uchastkasini 50 yilga qadar muddatga ijara huquqi asosida ajratish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-avgustdagi PQ-248-son “Qoraqalpog‘iston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida”gi Qarorida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2026-yil 7-yanvardagi 04/16-0574-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish er uchastkalarini uzoq muddatli ijara huquqi asosida ajratish orqali aholida zamonaviy qishloq xo‘jaligi madaniyatini, bog‘dorchilik va issiqxonachilik sohasidagi tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish imkonini bergan;
qishloq xo‘jaligidagi ishlab chiqarish samaradorligi past bo‘lgan ekin turlari o‘rniga zamonaviy resurs tejamkor texnologiyalarni qo‘llagan holda intensiv bog‘ va issiqxonalar barpo qilish, qayta ta'mirlash, ekspluatatsiyasi hamda mahsulot etishtirish va saqlash xarajatlarini Agrosanoatni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplash taklifi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-avgustdagi PQ-248-son “Qoraqalpog‘iston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida”gi Qarorida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2026-yil 7-yanvardagi 04/16-0574-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish ishlab chiqarish xarajatlarini davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish orqali qishloq xo‘jaligidagi ishlab chiqarish samaradorligini oshirish imkonini bergan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishining rivojlanish tendensiyalari hamda unga ta'sir ko‘rsatuvchi omillarning ekonometrik modeli asosida jami qishloq xo‘jalik yalpi mahsuloti hajmi dinamikasining 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining “2026-2030-yillarda hududlarda qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirish” Yo‘l xaritalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2026-yil 7-yanvardagi 04/16-0574-son ma’lumotnomasi). Ushbu prognoz ko‘rsatkichlaridan foydalanish natijasida 2030-yilga kelib Qoraqalpog‘iston Respublikasida qishloq xo‘jaligi yalpi mahsuloti hajmini 16,4 %ga oshirish va qishloq xo‘jaligida AKTdan foydalanish darajasini 75,7 %ga erishish imkonini berishi aniqlangan.