Xolmo‘minov Xumoyun Odil o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Logistik xizmatlarning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.05- “Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024-3.PhD/Iqt4373
Ilmiy rahbar Rejapov Xayrillo Xikmatullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek Nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12. I.07.02
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Abdujabbor, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mirsodiqov Abdulla Tursunalievich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: logistik xizmatlarning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
logistik xizmatlarni samarali amalga oshirish, mahalliy va xalqaro ishlab chiqaruvchilar, eksport qiluvchilar faoliyatini yanada rivojlantirish va sohaga raqamli texnologiyalarni keng joriy qilishda “Smart omborxona” dasturini joriy etishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
xalqaro standartlarga mos transport-logistika markazlari tarmog‘ini yaratish, yuklarga ishlov berish quvvati va milliy tashuvchilar ulushini oshirish, logistik xizmatlari korxonalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlashda omborxonalarni “A+”, “A”, “B+”, “B”, “C” va “D” toifalariga qarab soliq imtiyozlarini berish orqali takomillashtirish taklifi asoslangan;
logistik xizmatlar sifatini va samaradorligini oshirishda malakali haydovchilarni ishga jalb qilish va ularning haydovchilik faoliyati tarixi haqida ma’lumot beruvchi “Haydovchi axborotnomasi” platformasini tashkil etish orqali takomillashtirish taklifi asoslangan;
logistik xizmatlarni ko‘rsatish samaradorligini oshirishni hisobga olingan holda 2025-2028-yillarda mamlakatda umumiy yuk tashish hajmi va tashish-saqlash xizmatlarini ko‘rsatuvchi korxonalar sonining ssenariylik prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Logistik xizmatlarning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy natijalar asosida:
logistik xizmatlarni samarali amalga oshirish, mahalliy va xalqaro ishlab chiqaruvchilar, eksport qiluvchilar faoliyatini yanada rivojlantirish va sohaga raqamli texnologiyalarni keng joriy qilishda “Smart omborxona” dasturini joriy etishning maqsadga muvofiqligi taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-yanvardagi PQ-28-son “O‘zbekiston Respublikasining transport-logistika tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining transport-logistika tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiya-sining 4-bobining 2-paragrafi 8-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2025-yil 1-maydagi 4/4843-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklif transport-logistika faoliyatida “aniq vaqt” va “eshikdan eshikkacha” tamoyili asosida ishlovchi tizim yo‘lga qo‘yish hamda yuk va konteynerlarni jo‘natish jarayoni 15-20 foizga tezlashib, 2024-yilda xalqaro yuk tashish hajmini (quvur transportidan tashqari) 59,6 mln. tonnadan, 2025-yilda 63,7 mln. tonnagacha oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
xalqaro standartlarga mos transport-logistika markazlari tarmog‘ini yaratish, yuklarga ishlov berish quvvati va milliy tashuvchilar ulushini oshirish, logistik xizmatlari korxonalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlashda omborxonalarni “A+”, “A”, “B+”, “B”, “C” va “D” toifalariga qarab soliq imtiyozlarini berish orqali takomillashtirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-yanvardagi PQ-28-son “O‘zbekiston Respublikasining transport-logistika tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining transport-logistika tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasining 4-bobining 2-paragrafi 4-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2025-yil 1-maydagi № 4/4843-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklif xalqaro standartlarga mos keladigan zamonaviy transport-logistika markazlari tarmog‘ini yaratgan holda ularda yuklarga ishlov berish quvvati kamida 3 barobarga oshirish, milliy tashuvchilarning ulushini 2024-yildagi 59,7 foizdan, 2030-yilda 65,0 foizgacha oshirish imkoniyatlarini asoslashga muayyan darajada xizmat qilgan;
logistik xizmatlar sifatini va samaradorligini oshirishda malakali haydovchilarni ishga jalb qilish va ularning haydovchilik faoliyati tarixi haqida ma’lumot beruvchi “Haydovchi axborotnomasi” platformasini tashkil etish orqali takomillashtirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-yanvardagi PQ-28-son “O‘zbekiston Respublikasining transport-logistika tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining transport-logistika tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasining 4-bobining 5-paragrafi 12-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2025-yil 1-maydagi 4/4843-sonli ma’lumotnomasi). Taklif haydovchi o‘z faoliyatini monitoring qilishi, logistik korxonalar malakali haydovchilarni ishga jalb qilishi va sug‘urta kompaniyalari transport vositalari va yuklarni sug‘urtalash jarayonida risklilik darajasini aniqlash imkoniyatini kengaytirishga, ma’lumotlardan foydalanishda ma’lum miqdorda to‘lovni amalga oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
logistik xizmatlarni ko‘rsatish samaradorligini oshirishni hisobga olingan holda 2025-2028-yillarda mamlakatda umumiy yuk tashish hajmi va tashish-saqlash xizmatlarini ko‘rsatuvchi korxonalar sonining ssenariylik prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-yanvardagi PQ-28-son “O‘zbekiston Respublikasining transport-logistika tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining transport-logistika tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasining 4-bob 4-paragrafi 13-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2025-yil 1-maydagi 4/4843-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklif logistik tizim va korxonalarining istiqbolli dasturlari va strategiyalarini shakllantirishi aniqlik darajasini yanada oshirish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarning oldini olish kabi chora-tadbirlar samaradorligini oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan.