Yuldashev Feruz Isroil o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Oliy ta’lim muassasalari raqobatbardoshligini boshqarish mexanizmini takomillashtirish (Buxoro viloyati misolida)», 08.00.13 – Menejment
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Iqt5884
Ilmiy rahbar: i.f.d., professor. Xamidov Obidjon Xafizovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat texnika universiteti, PhD.30/30.09.2022.I.101.04
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Kucharov Abror Sobirjonovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent Ochilov Sherali Barotovich
Yetakchi tashkilot nomi: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oliy ta’lim muassasalari raqobatbardoshligini boshqarish mexanizmini takomillashtirish (Buxoro viloyati misolida) bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “oliy ta’lim muassasasi raqobatbardoshligi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni ta’lim sifati, ilmiy-pedagogik salohiyat, xalqaro hamkorlik, bitiruvchilarning mehnat bozoriga integratsiyasi va boshqaruv samaradorligiga tayanuvchi, resurslardan samarali hamda maqsadli foydalanish orqali raqamli va innovatsion texnologiyalar bilan uygʻun strategik ustunliklarni barqaror shakllantirish va qo‘llab-quvvatlash qobiliyati nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalari raqobatbardoshligini kompleks baholash uslubiyoti asosiy faoliyatni PC1-“Xalqaro hamkorlik va akademik yutuqlar”, PC2-“Ilmiy tadqiqot samaradorligi va talabalar mobilligi” va PC3-“Ta’lim sifati va xalqaro pedagogik tajriba” nomli komponentlarga ko‘ra umumlashtirish orqali takomillashtirilgan;
raqobatbardoshlikni boshqarishni strategik rejalashtirishda resurslarni qayta taqsimlash, ichki ustuvorliklarni aniqlash hamda tashqi muhitga nisbatan moslashuvchanlikni kuchaytirish vositasi sifatida xizmat qiluvchi metodik yondashuv orqali har bir oliy ta’lim muassasasi uchun mos strategiyalarni aniqlash va boshqaruv qarorlarini asosli ravishda shakllantirish taklifi asoslangan;
Buxoro viloyati oliy ta’lim muassasalari raqobatbardoshligi indikatorlarining yakuniy kompozit indeksi asosida Holt chiziqli tekislash usulida 2027-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
OTMlar raqobatbardoshligini boshqarish mexanizmini takomillashtirish hamda ilg‘or menejment usullaridan foydalanish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “oliy ta’lim muassasasi raqobatbardoshligi” tushunchasining iqtisodiy mazmunini ta’lim sifati, ilmiy-pedagogik salohiyat, xalqaro hamkorlik, bitiruvchilarning mehnat bozoriga integratsiyasi va boshqaruv samaradorligiga tayanuvchi, resurslardan samarali hamda maqsadli foydalanish orqali raqamli va innovatsion texnologiyalar bilan uygʼun strategik ustunliklarni barqaror shakllantirish va qo‘llab-quvvatlash qobiliyati nuqtai nazaridan takomillashtirish bo‘yicha nazariy ma’lumotlardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Yashirin iqtisodiyot” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Buxoro davlat universitetining 2026 yil 18-fevraldagi 109/12-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda oliy ta’lim muassasasi raqobatbardoshligi tushunchasi yuzasidan nazariy bilimlarni yanada chuqurlashtirish imkoni yaratilgan;
oliy ta’lim muassasalari raqobatbardoshligini kompleks baholash uslubiyoti asosiy faoliyatni PC1-“Xalqaro hamkorlik va akademik yutuqlar”, PC2-“Ilmiy tadqiqot samaradorligi va talabalar mobilligi” va PC3-“Ta’lim sifati va xalqaro pedagogik tajriba” nomli komponentlarga ko‘ra umumlashtirish orqali takomillashtirish taklifi Buxoro viloyati oliy ta’lim muassasalari tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025-yil 6-oktyabrdagi 02/01-01-381-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida tegishli raqobatbardoshlik indekslari OTMlarning faoliyatlarini 3 ta asosiy komponent asosida baholash imkonini bergan;
raqobatbardoshlikni boshqarishni strategik rejalashtirishda resurslarni qayta taqsimlash, ichki ustuvorliklarni aniqlash hamda tashqi muhitga nisbatan moslashuvchanlikni kuchaytirish vositasi sifatida xizmat qiluvchi metodik yondashuv orqali har bir oliy ta’lim muassasasi uchun mos strategiyalarni aniqlash va boshqaruv qarorlarini asosli ravishda shakllantirish taklifi Buxoro viloyati oliy ta’lim muassasalari tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025-yil 6-oktyabrdagi 02/01-01-381-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida har bir oliy ta’lim muassasasida xususiy strategik kombinatsiyalar ishlab chiqilib, boshqaruv qarorlarini qabul qilish va ularni ijrosini ta’minlash samaradorligini oshirish imkoniyati vujudga kelgan;
Buxoro viloyati oliy ta’lim muassasalari raqobatbardoshligi indikatorlarining yakuniy kompozit indeksi asosida Holt chiziqli tekislash usulida 2027-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari Buxoro viloyati oliy ta’lim muassasalari tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025-yil 6-oktyabrdagi 02/01-01-381-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mazkur oliy ta’lim muassasalari tomonidan kelgusida faoliyat samaradorligini oshirish jarayonida o‘zlarining raqobat ustunliklariga ega bo‘lgan yo‘nalishlari bo‘yicha zaruriy tadbirlarni samarali tashkil etish va takomillashtirishga xizmat qiluvchi qo‘shimcha strategik chora-tadbirlar ishlab chiqilishiga muayyan darajada zamin yaratilgan.