Salimjonov Javlon Jasur o‘g‘lining
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «COVID-19 vaksinatsiyasidan keyingi nevrologik asoratlarning xususiyatlari va ularni korreksiya qilish yo‘llari», 14.00.13-Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Tib3819.
Ilmiy rahbar: Rashidova Nilufar Safoevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.01.04.
Rasmiy opponentlar: Ergasheva Nargiza Obidjonovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Rasulova Xurshidaxon Abduborievna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: COVID-19 ga qarshi vaksinatsiyadan keyin rivojlanadigan asoratlarning klinik-nevrologik o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish, ularning patogenetik mexanizmlarini aniqlash, hamda prognostik mezonlarni belgilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
COVID-19 vaksinatsiyasidan keyingi davrda qon plazmasida IL-6 va SDC-1 konsentratsiyalarining 1,8–2,3 barobarga oshishi neyroyallig‘lanish jarayonlari faollashuvi va endotelial glikokaliks degradatsiyasi bilan uzviy bog‘liqligi aniqlangan;
COVID-19 vaksinatsiyadan keyin kuzatiladigan sefalgiya va senso-motor buzilishlar IL-6 va SDC-1 darajalari oshishi bilan birga kechib, yallig‘lanish va endotelial shikastlanish o‘rtasidagi yagona patogenetik zanjir mavjudligini aks ettirishi isbotlangan;
COVID-19 vaksinatsiyasidan keyingi nevrologik asoratlar rivojlanish mexanizmini aks etitiruvchi “yallig‘lanish-endoteliy shikastlanishi-neyrodisfunksiya” patofiziologik modeli ishlab chiqilgan;
COVID-19 vaksinatsiyasidan keyingi nevrologik asoratlarning klinik belgilari hamda IL-6 va SDC-1 biomarkerlari o‘rtasidagi bog‘liqlikka asoslangan holda postvaksinatsion nevrologik asoratlarning og‘irlik darajasini erta baholash, prognoz qilish va xavf guruhlarini ajratish mezonlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
COVID-19 vaksinatsiyasidan keyingi nevrologik asoratlarni erta aniqlash va xavf darajasini baholashda qo‘llaniladigan kompleks chora-tadbirlar bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: COVID-19 vaksinatsiyasidan keyingi davrda qon plazmasida IL-6 va SDC-1 konsentratsiyalarining 1,8–2,3 barobarga oshishi neyroyallig‘lanish jarayonlari faollashuvi va endotelial glikokaliks degradatsiyasi bilan uzviy bog‘liqligi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 26 mayda tasdiqlangan “Metodi kompleksnoy otsenki oslojneniy so storoni nervnoy sistemi posle vaksinatsii ot COVID-19” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha 12.06.2025 yildagi 106-son va Toshkent viloyati ixtisoslashtirilgan somatika shifoxonasi bo‘yicha 16.07.2025 yildagi 01-76-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 05-25/602-t-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: nevrologik asoratlarning erta aniqlanishi aholi salomatligini saqlash, nogironlikka olib keluvchi holatlarni kamaytirish va bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur nevrologik asoratlarli 30 nafar bemorlarni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan 89700000 so‘m mablag‘lar COVID-19 vaksinatsiyasidan keyin kuzatiladigan nevrologik asoratlarni kompleks baholash, xavf guruhini erta aniqlash va nevrologik asoratlarni oldini olish vaksinatsiyadan keyingi rivojlaladigan asoratlarni kamaytirish natijasida iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: COVID-19 vaksinatsiyadan keyin kuzatiladigan sefalgiya va senso-motor buzilishlar IL-6 va SDC-1 darajalari oshishi bilan birga kechib, yallig‘lanish va endotelial shikastlanish o‘rtasidagi yagona patogenetik zanjir mavjudligini aks ettirishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 26 mayda tasdiqlangan “Metodi kompleksnoy otsenki oslojneniy so storoni nervnoy sistemi posle vaksinatsii ot COVID-19” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha 12.06.2025 yildagi 106-son va Toshkent viloyati ixtisoslashtirilgan somatika shifoxonasi bo‘yicha 16.07.2025 yildagi 01-76-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 05-25/602-t-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: COVID-19 vaksinatsiyasidan keyin rivojlangan nevrologik asoratlar va nevrologik asoratlarsiz holatlar laborator tekshiruvlariga IL-6 va SDC-1 biomarkerlarini qo‘shish orqali asoratlarni kompleks baholashga yordam bergan. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur nevrologik asoratlarli bemorlarni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan 2990000 so‘m mablag‘lar IL-6 va SDC-1 biomarkerlarini COVID-19 vaksinatsiyasidan keyin kuzatiladigan postvaksinatsion neyroyallig‘lanish va endotelial disfunksiyaning asosiy ko‘rsatkichlaridan biri sifatida asoratlarni patogenetik rivojlanishini ilmiy asoslash natijasida iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: COVID-19 vaksinatsiyasidan keyingi nevrologik asoratlar rivojlanish mexanizmini aks etitiruvchi “yallig‘lanish-endoteliy shikastlanishi-neyrodisfunksiya” patofiziologik modeli ishlab chiqilganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 26 mayda tasdiqlangan “Metodi kompleksnoy otsenki oslojneniy so storoni nervnoy sistemi posle vaksinatsii ot COVID-19” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha 12.06.2025 yildagi 106-son va Toshkent viloyati ixtisoslashtirilgan somatika shifoxonasi bo‘yicha 16.07.2025 yildagi 01-76-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 05-25/602-t-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: asoratlar mexanizmini chuqur anglash aholi uchun xavfsiz vaksinatsiya siyosatini shakllantirish, profilaktik choralarni kuchaytirish va kasalliklar dastlabki bosqichida aniqlash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: COVID mazkur nevrologik asoratlarli bemorlarni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan 2990000 so‘m mablag‘lar neyroyallig‘lanish, endoteliopatiya va neyrovaskulyar birlik buzilishi o‘rtasidagi bog‘liqliklar izchil tizimga solinib, postvaksinal asoratlarning qanday tarzda rivojlanishi aniq ilmiy model orqali asoslanib, patogenetik yo‘naltirilgan terapevtik strategiyalarni ishlab chiqish natijasida iqtisod qilinadi; 
to‘rtinchi ilmiy yangilik: COVID-19 vaksinatsiyasidan keyingi nevrologik asoratlarning klinik belgilari hamda IL-6 va SDC-1 biomarkerlari o‘rtasidagi bog‘liqlikka asoslangan holda postvaksinatsion nevrologik asoratlarning og‘irlik darajasini erta baholash, prognoz qilish va xavf guruhlarini ajratish mezonlari asoslanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 26 mayda tasdiqlangan “Metodi kompleksnoy otsenki oslojneniy so storoni nervnoy sistemi posle vaksinatsii ot COVID-19” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha 12.06.2025 yildagi 106-son va Toshkent viloyati ixtisoslashtirilgan somatika shifoxonasi bo‘yicha 16.07.2025 yildagi 01-76-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 05-25/602-t-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: xavf guruhlarini erta aniqlash og‘ir asoratlar, nogironlik va uzoq reabilitatsiyaga ehtiyojni kamaytirib, aholi salomatligini muhofaza qilishda muhim ahamiyatga egaligi isbotlandi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur nevrologik asoratlarli bemorlarni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan 2700000 so‘m mablag‘lar IL-6 va SDC-1 darajalari klinik xolat og‘irligi, nevrologik simptomlar dinamikasi va bashoratlash bilan bog‘liqligi aniqlanishi, ular asosida amaliy xavf-stratifikatsiya mezonlari ishlab chiqilishi klinik amaliyotda shoshilinch yordam taktikasini belgilash, yuqori xavfli guruhga mansub bemorlarni tezkor aniqlash va nazoratni kuchaytirish natijasida iqtisod qilinadi. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish