Raximov Oybek Umarovichning
tibbiyot fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tarqalgan peritonitni kompleks davolashda operatsiyadan keyingi asoratlarni prognozlash va immunoprofilaktikasi», 14.00.27 – Xirurgiya, 14.00.36 – Allergologiya va immunologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.DSc/Tib1348.
Ilmiy maslaxatchilar: Dadaev Shirin Amonovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xamdamov Baxtiyor Zarifovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti huzuridagi DSc.06/2025.27.12.Tib.05.03 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Safoev Baqodir Barnoevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Salaxiddinov Kamoliddin Zuxriddinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Umarov Baxtiyorjon Yatgarovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: tarqalgan peritonitni kompleks davolash doirasida operatsiyadan keyingi asoratlarni bashorat qilish va immunoprofilaktika usullarini ishlab chiqish hamda ularning samaradorligini baholash yo‘li bilan ushbu kasallik bilan og‘rigan bemorlarning davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marotoba tarqalgan peritonitning asoratli kechishi operatsiyadan keyingi davrning dastlabki kunlaridayoq kuchli immunopatologik buzilishlar bilan bog‘liq bo‘lib, ular CD4⁺ T-xelperlar, CD16⁺CD56⁺ NK-hujayralar sonining kamayishi, IL-6, IL-10 darajasi va aylanib yuruvchi immun komplekslarining (AYuIK) ortishi bilan namoyon bo‘lishi, ushbu ko‘rsatkichlar og‘ir sepsis va poliorgan etishmovchiligi shakllanishida yuqori bashorat ahamiyatiga ega ekanligi aniqlangan;
ilk marotoba tarqalgan peritonitning noxush yakuniga olib keluvchi asosiy xavf omillari qatoriga peritonitning terminal fazasi, najasli va gemorragik ekssudat, ekssudatning mikrob bilan yuqori darajada ifloslanishi, qo‘zg‘atuvchilarning antibiotiklarga chidamliligi hamda uzoq davom etuvchi tizimli yallig‘lanish reaksiyasi (SIRS >72 soat) kirishi, shuningdek, 85,7% letal yakunlanishlar operatsiyadan keyingi dastlabki kunlarda aniqlanishi mumkin bo‘lgan kritik xavf darajasiga ega bemorlarda sodir bo‘lishi aniqlangan;
tarqalgan peritonitning asoratli kechish xavfini stratifikatsiya qilish uchun to‘qqizta integral ko‘rsatkichni o‘z ichiga olgan, 57,3% sezgirlik, 61,1% maxsuslik hamda APACHE II va SOFA bilan qiyoslaganda yuqori bashoratliligini namoyon qilgan kliniko-immunologik shkala «IPORP» (Immunological Prediction of Risk in Peritonitis) ishlab chiqilgan;
ilk marotoba tarqalgan peritonit asoratlarini individuallashtirilgan immunoprofilaktikasi uchun IPORP shkalasi bo‘yicha to‘plangan ballga qarab kuzatuvdan tortib kengaytirilgan terapiyagacha (IgM/IgA-globulinlar, sitokinga qarshi vositalar va timik peptidlar qo‘llanilishi bilan) aralashuv hajmini gradatsiyalashni o‘z ichiga olgan, immun xavfni erta bashorat qilishga asoslangan uch darajali tizim ishlab chiqilgan;
tarqalgan peritonitda stratifikatsiyalangan immunoprofilaktikani qo‘llash operatsiyadan keyingi og‘ir asoratlar – intraabdominal abssesslar, uzoq davom etuvchi tizimli yalig‘lanish javobi sindromi (SIRS), og‘ir sepsis va qayta operatsiyalar chastotasini, jarrohlik yuklamasi hamda drenajlash va qayta sanatsiyaga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tarqalgan peritonitni kompleks davolashda operatsiyadan keyingi asoratlarni prognozlash va immunoprofilaktikasi o‘tqazish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk marotoba tarqalgan peritonitning asoratli kechishi operatsiyadan keyingi davrning dastlabki kunlaridayoq kuchli immunopatologik buzilishlar bilan bog‘liq bo‘lib, ular CD4⁺ T-xelperlar, CD16⁺CD56⁺ NK-hujayralar sonining kamayishi, IL-6, IL-10 darajasi va aylanib yuruvchi immun komplekslarining (AYuIK) ortishi bilan namoyon bo‘lishi, ushbu ko‘rsatkichlar og‘ir sepsis va poliorgan etishmovchiligi shakllanishida yuqori bashorat ahamiyatiga ega ekanligi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat tibbiyot universiteti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 27 oktyabrda 10-25/705-t-son bilan tasdiqlangan “Metod opredeleniya otsenki riska oslojnennogo techeniya rasprostranennogo peritonita” hamda 2025 yil 27 oktyabrda 10-25/706-t-son bilan tasdiqlangan “Algoritm immunoprofilaktiki oslojnennogo oslojnennogo techeniya rasprostranennogo peritonita” nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Buxoro viloyati filiali bo‘yicha 06.11.2025 yildagi 369- va 370-son, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Toshkent viloyati filiali bo‘yicha 03.11.2025 yildagi 209- va 210-son hamda Toshkent shahar 7-sonli klinik shifoxonasi bo‘yicha 01.11.2025 yildagi 94- va 95-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 2 dekabrdagi 30/39-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: og‘ir sepsis va poliorgan etishmovchiligi (POE) shakllanishida yuqori prognostik ahamiyatga ega bo‘lgan CD4⁺ T-xelperlar, CD16⁺CD56⁺ NK hujayralarining kamayishi, IL-6, IL-10 va aylanib yuruvchi immun komplekslari darajasining oshishi faktini hisobga olish asoratlarning oldini olish usullaridan foydalanish imkonini beradi; Iqtisodiy samaradorligi: CD4⁺ T-xelperlar, CD16⁺CD56⁺ NK hujayralarining kamayishi, IL-6, IL-10 va aylanib yuruvchi immun komplekslari darajasining oshishi og‘ir sepsis va POE shakllanishida yuqori prognostik ahamiyatga ega ekanligini hisobga olsak, bu o‘z navbatida asoratlar rivojlanishining oldini olish usullaridan foydalanish natijasida mazkur kasallikni davolanish uchun sarflanadigan 1400000 so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk marotoba tarqalgan peritonitning noxush yakuniga olib keluvchi asosiy xavf omillari qatoriga peritonitning terminal fazasi, najasli va gemorragik ekssudat, ekssudatning mikrob bilan yuqori darajada ifloslanishi, qo‘zg‘atuvchilarning antibiotiklarga chidamliligi hamda uzoq davom etuvchi tizimli yallig‘lanish reaksiyasi (SIRS >72 soat) kirishi, shuningdek, 85,7% letal natijalar operatsiyadan keyingi dastlabki kunlarda aniqlanishi mumkin bo‘lgan kritik xavf darajasiga ega bemorlarda sodir bo‘lishi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat tibbiyot universiteti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 27 oktyabrda 10-25/705-t-son bilan tasdiqlangan “Metod opredeleniya otsenki riska oslojnennogo techeniya rasprostranennogo peritonita” hamda 2025 yil 27 oktyabrda 10-25/706-t-son bilan tasdiqlangan “Algoritm immunoprofilaktiki oslojnennogo oslojnennogo techeniya rasprostranennogo peritonita” nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Buxoro viloyati filiali bo‘yicha 06.11.2025 yildagi 369- va 370-son, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Toshkent viloyati filiali bo‘yicha 03.11.2025 yildagi 209- va 210-son hamda Toshkent shahar 7-sonli klinik shifoxonasi bo‘yicha 01.11.2025 yildagi 94- va 95-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 2 dekabrdagi 30/39-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tarqalgan peritonitning noxush yakuniga olib keluvchi asosiy xavf omillari qatoriga peritonitning terminal fazasi, najasli va gemorragik ekssudat, ekssudatning mikrob bilan yuqori darajada ifloslanishi, qo‘zg‘atuvchilarning antibiotiklarga chidamliligi hamda uzoq davom etuvchi tizimli yallig‘lanish reaksiyasi (SIRS >72 soat) kirishi va bu omillarni hisobga olish mumkin bo‘lgan asoratlar sonini keskin kamaytirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorlik: tarqalgan peritonitning noxush yakuniga olib keluvchi asosiy xavf omillari qatoriga peritonitning terminal fazasi, najasli va gemorragik ekssudat, ekssudatning mikrob bilan yuqori darajada ifloslanishi, qo‘zg‘atuvchilarning antibiotiklarga chidamliligi hamda uzoq davom etuvchi tizimli yallig‘lanish reaksiyasi (SIRS >72 soat) kirishi va bu omillarni hisobga olish mumkin bo‘lgan asoratlar sonini keskin kamaytirish, davolash samaradorligini oshirish, davolash natijalariga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatish va asoratlar sonini kamaytirish natijasida mazkur kasallikni davolanish uchun sarflanadigan 1400000 so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: tarqalgan peritonitning asoratli kechish xavfini stratifikatsiya qilish uchun to‘qqizta integral ko‘rsatkichni o‘z ichiga olgan, 57,3% sezgirlik, 61,1% maxsuslik hamda APACHE II va SOFA bilan qiyoslaganda yuqori bashoratliligini namoyon qilgan kliniko-immunologik shkala «IPORP» (Immunological Prediction of Risk in Peritonitis) ishlab chiqilganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat tibbiyot universiteti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 27 oktyabrda 10-25/705-t-son bilan tasdiqlangan “Metod opredeleniya otsenki riska oslojnennogo techeniya rasprostranennogo peritonita” hamda 2025 yil 27 oktyabrda 10-25/706-t-son bilan tasdiqlangan “Algoritm immunoprofilaktiki oslojnennogo oslojnennogo techeniya rasprostranennogo peritonita” nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Buxoro viloyati filiali bo‘yicha 06.11.2025 yildagi 369- va 370-son, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Toshkent viloyati filiali bo‘yicha 03.11.2025 yildagi 209- va 210-son hamda Toshkent shahar 7-sonli klinik shifoxonasi bo‘yicha 01.11.2025 yildagi 94- va 95-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 2 dekabrdagi 30/39-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tarqalgan peritonitning asoratli kechish xavfini stratifikatsiya qilish uchun to‘qqizta integral ko‘rsatkichni o‘z ichiga olgan, 57,3% sezgirlik, 61,1% maxsuslik hamda APACHE II va SOFA bilan qiyoslaganda yuqori bashorat aniqligini namoyon qilgan kliniko-immunologik shkala «IPORP» (Immunological Prediction of Risk in Peritonitis) ishlab chiqilib, verifikatsiya qilindi, bu esa o‘z navbatida uni barcha bemorlarda kasallikning asoratlarini oldini olishda qo‘llash imkonini beradi, bemorlarni davolash sifatini yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorligi: tarqalgan peritonitning asoratli kechish xavfini stratifikatsiya qilish kliniko-immunologik shkalasidan foydalanish, davolash paytida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlarning oldini olish natijasida mazkur kasallikni davolanish uchun sarflanadigan 1400000 so‘m byudjet mablag‘lari va 550000 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘lari iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk marotoba tarqalgan peritonit asoratlarini individuallashtirilgan immunoprofilaktikasi uchun IPORP shkalasi bo‘yicha to‘plangan ballga qarab kuzatuvdan tortib kengaytirilgan terapiyagacha (IgM/IgA-globulinlar, sitokinga qarshi vositalar va timik peptidlar qo‘llanilishi bilan) aralashuv hajmini gradatsiyalashni o‘z ichiga olgan, immun xavfni erta bashorat qilishga asoslangan uch darajali tizim ishlab chiqilganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat tibbiyot universiteti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 27 oktyabrda 10-25/705-t-son bilan tasdiqlangan “Metod opredeleniya otsenki riska oslojnennogo techeniya rasprostranennogo peritonita” hamda 2025 yil 27 oktyabrda 10-25/706-t-son bilan tasdiqlangan “Algoritm immunoprofilaktiki oslojnennogo oslojnennogo techeniya rasprostranennogo peritonita” nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Buxoro viloyati filiali bo‘yicha 06.11.2025 yildagi 369- va 370-son, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Toshkent viloyati filiali bo‘yicha 03.11.2025 yildagi 209- va 210-son hamda Toshkent shahar 7-sonli klinik shifoxonasi bo‘yicha 01.11.2025 yildagi 94- va 95-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 2 dekabrdagi 30/39-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tarqalgan peritonitda operatsiyadan keyingi asoratlarni individuallashtirilgan immunoprofilaktikasi uchun uch darajali tizim, ushbu kasallikni davolashda yaxshi natijalarga erishish chastotasini oshirdi, bu esa o‘z navbatida hayot uchun xavfli asoratlar rivojlanishining oldini oladi. Iqtisodiy samaradorligi: tarqalgan peritonitda operatsiyadan keyingi asoratlarni individuallashtirilgan immunoprofilaktikasi uchun uch darajali tizimdan foydalanish orqali davolashning yaxshi natijalarini olish darajasini oshirish, bemorning kasalxonada yotish muddatini o‘rtacha 5 kunga qisqartirish natijasida mazkur kasallikni davolanish uchun sarflanadigan 1400000 so‘m byudjet mablag‘lari va 550000 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘lari iqtisod qilinadi;
beshinchi ilmiy yangilik: tarqalgan peritonitda stratifikatsiyalangan immunoprofilaktikani qo‘llash operatsiyadan keyingi og‘ir asoratlar – intraabdominal abssesslar, uzoq davom etuvchi tizimli yalig‘lanish javobi sindromi (SIRS), og‘ir sepsis va qayta operatsiyalar chastotasini, jarrohlik yuklamasi hamda drenajlash va qayta sanatsiyaga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 7 oktyabrda 112-25-son bilan tasdiqlangan “Bolalarda surunkali buyrak kasalligini erta tashxislash va oldini olish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Buxoro viloyati filiali bo‘yicha 06.11.2025 yildagi 369-370-son, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Toshkent viloyati filiali bo‘yicha 03.11.2025 yildagi 209-210-son hamda Toshkent shahar 7-sonli klinik kasalxonasi bo‘yicha 01.11.2025 yildagi 94-95-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 2 dekabrdagi 30/18-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: stratifikatsiyalangan immunoprofilaktika qo‘llanilishi va ishlab chiqilgan algoritmdan foydalanish operatsiyadan keyingi og‘ir asoratlar sonini sezilarli darajada kamaytirish imkonini beradi, intraabdominal abssesslar va qayta amalyotlar chastotasini ishonchli ravishda kamaytirish imkonini berdi, kompleks davolash natijalarini yaxshiladi, bu esa jarrohlik yuklamasining kamayishi, drenajlash va qayta sanatsiyaga bo‘lgan ehtiyojni kamayitirdi. Shuningdek kompleks davolash natijalari yaxshilanadi, universal shkala bo‘yicha yaxshi natijalar ulushini 20,7% dan 55% gacha oshiradi va qoniqarsiz natijalarni 44,8% dan 10% gacha kamaytiradi, bu esa o‘z navbatida, hayot uchun xavfli asoratlar rivojlanishining oldini oladi. Iqtisodiy samaradorligi: stratifikatsiyalangan immunoprofilaktika qo‘llanilishi va ishlab chiqilgan algoritmdan foydalanish orqali operatsiyadan keyingi og‘ir asoratlar sonini, intraabdominal abssesslar va qayta amalyotlar chastotasini ishonchli ravishda kamaytirish, kasalxonada yotish vaqtini o‘rtacha 5 kunga qisqartirish natijasida mazkur kasallikni davolanish uchun sarflanadigan 1400000 so‘m byudjet mablag‘lari va 550000 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘lari iqtisod qilinadi.