Xudayqulov Behzod Abbosovichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Italyan va o‘zbek tillarida frazeologizmlarning semantik va lingvokulturologik tahlili (son komponentli iboralar misolida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fil2316
Ilmiy rahbar: Oltiev Temir Jonimboevich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/2025.27.12.Fil.37.02 
Rasmiy opponentlar: Shamaxmudova Aziza Furkatovna, filologiya fanlari doktori, professor; Radjabova Marjona Axmadovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi italyan va oʻzbek tillaridagi son komponentli frazeologizmlarning semantik va lingvomadaniy xususiyatlarini qiyosiy-tipologik metod asosida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
italyan va o‘zbek tillaridagi son komponentli frazeologik birliklarning lingvokulturologik va semantik xususiyatlarini ilk bor qiyosiy-tipologik, kontekstual-semantik va komponent tahlil yondashuvlari asosida tizimli ravishda chuqur o‘rganish natijasida ularning til leksik tizimi va frazeologik qatlamida namoyon bo‘ladigan leksik-semantik va frazeologik maqomi, har ikki tildagi frazeologizmlarda son komponenti ko‘pincha miqdoriy belgi emas, balki ramziy, obrazli va mental ma’nolarni ifodalovchi element ekanligi dalillangan;
son komponentli frazeologik birliklarning strukturaviy xususiyatlari aniqlanib, son komponentining semantik markazlik va obrazlilikni kuchaytiruvchi funksiyalari belgilangan va mazmun jihatidan ular miqdor-ko‘plik, kamlik-ozlik, vaqt-davomiylik, tartib-ketma-ketlik va sifat-holat guruhlariga tasniflanib, madaniy mazmun doirasida xalq mentaliteti va ramziy tafakkurning o‘ziga xos xususiyatlari aniqlangan;
son komponentli frazeologik birliklarning semantik-funksional roli aniqlanib, ular xalq til tafakkurida miqdor, sifat-holat, vaqt va tartib ramzlarini ifodalovchi konseptual vosita sifatida shakllangani ilmiy asosda dalillangan, shuningdek, tadqiqotda italyan tilida sonlarning frazeologik birliklarda ko‘proq emotsional-estetik mazmunni, o‘zbek tilida esa ijtimoiy-kognitiv qadriyatlarni ifodalashi isbotlangan;
italyan va o‘zbek tillaridagi toq va juft son komponentli frazeologik birliklarning lingvokulturologik xususiyatlari tizimli tahlil qilinib, sonlarning xalq tafakkurida baxt, muvozanat, to‘liq va noaniqlik kabi konseptlarni ifodalovchi vosita sifatida shakllangani dalillangan hamda frazeologizmlarning xalq qadriyatlaridagi ramziy va semantik o‘rni ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: italyan va o‘zbek tillari son komponentlarga ega frazeologizmlarning semantik va lingvokulturologik xususiyatlarini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
italyan va o‘zbek tillaridagi son komponentli frazeologik birliklarning lingvokulturologik va semantik xususiyatlari qiyosiy-tipologik, kontekstual-semantik va komponent tahlil yondashuvlari asosida ularning til leksik tizimi va frazeologik qatlamida namoyon bo‘ladigan leksik-semantik va frazeologik maqomi ilmiy asosda dalillanishiga doir tavsiya va xulosalaridan 2020-2023-yillarga bajarilgan AM-FZ-201908172. “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024 - yil 03 - iyuldagi № № 04/1-1759 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha o‘zbek tilidagi son komponentli frazeologizmlarning lingvokulturologik hamda semantik xususiyatlari haqidagi bilimlar boyitilgan;
son komponentli frazeologik birliklarning strukturaviy xususiyatlari aniqlanib, son komponentining semantik markazlik va obrazlilikni kuchaytiruvchi funksiyalari belgilanganligi hamda madaniy mazmun doirasida xalq mentaliteti va ramziy tafakkurning o‘ziga xos xususiyatlariga doir tavsiya va xulosalardan 2019-2022-yillarda bajarilgan A-OT-2019-10. “O‘zbek tilida neyming: me’yoriy huquqiy asoslarini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024 - yil 03 - iyuldagi № 04/1-1760 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha son komponentli frazeologik birliklarning miqdor-ko‘plilik, kamlik-ozlik, vaqt-davomiylik, tartib-ketma-ketlik va sifat-holatga doir tasnifiy guruhlar bilan boyitilgan.
son komponentli frazeologik birliklarning semantik xususiyatlari aniqlanganligi hamda frazeologizmlarga xos lingvomadaniy xususiyatlarga doir tavsiya va xulosalardan Evropa Ittifoqining TEMPUS dasturi, Tempus Project 544161- TEMPUS-1-2013-1-UK-TEMPUS-JPCR Aston University DeTEL 
“Developing the Teaching of European LanguaGES: Modernizing Language Teaching through the development of blended Masters Programmes” loyihasi doirasida o‘quv jarayoni va xalqaro loyihalarni amalga oshirishda foydalanilgan. (Samarqand davlat chet tillar institutining 2024-yil 8-iyundagi № 1206/02 sonli ma’lumotnomasi). Natijada loyiha son komponentli frazeologizmlarning lingvokulturologik hamda semantik xususiyatlari haqidagi bilimlar bilan boyitilgan.
italyan va o‘zbek tillaridagi toq va juft son komponentli frazeologik birliklarning lingvokulturologik xususiyatlariga doir tavsiya va xulosalaridan «O‘zbekiston» teleradiokanalida namoyish etiladigan «Ijod zavqi», «Ta’lim va taraqqiyot», «Millat va ma’naviyat» eshittirishlari ssenariysini yozishda foydalanilgan. (O‘zbekiston teleradiokanalining 2025-yil 01-maydagi № 26-36-977 sonli sonli ma’lumotnomasi). Natijada, italyan, o‘zbek frazeologik iboralarining milliy-madaniy jihatdan o‘xshash va farqli tomonlarini ochib berishda olib borgan tadqiqotning natijalarida keltirilgan maʼlumotlar ommalashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish