Turaqulova Oysulton Normurodovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ingliz va o‘zbek tillarida tibbiyotga oid terminlarning struktur-semantik xususiyatlari va tarjima muammolari”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Fil6296
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Umrzaqov Islomjon Isroilovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti, PhD.03/2025.27.12.Fil.35.02.
Rasmiy opponentlar: Sarimsokov Xurshid Abdimalikovich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Xolmirzaev Baxtiyor Mirzamaxmudovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent;
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillaridagi tibbiyotga oid terminlarning struktur-semantik xususiyatlarini aniqlash, ularning ma’no tarkibi va tuzilishini tahlil qilish, shuningdek, mazkur terminlarni tarjima qilish jarayonida yuzaga keladigan muammolarni o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ingliz va o‘zbek tillaridagi tibbiy terminologik tizimlarning shakllanishi hamda tarixiy-evolyusion rivojlanishiga ijtimoiy-madaniy, siyosiy va texnologik omillar kabi ekstralingvistik faktorlarning kompleks va tizimli ta’sir ko‘rsatishi qiyosiy-tipologik, diaxron va sinxron tahlil metodlari asosida ilmiy jihatdan asoslangan hamda mazkur terminologik tizimlar til ichki qonuniyatlari bilangina emas, balki jamiyat taraqqiyotining ijtimoiy-madaniy, tarixiy va siyosiy jarayonlari hamda fan-texnika rivoji bilan uzviy bog‘liq holda shakllangan, o‘ziga xos ijtimoiy-tarixiy hodisa va mustaqil terminologik tizim sifatida namoyon bo‘lishi dalillangan.
tibbiyot terminlarini chog‘ishtirma tahlil qilish jarayonida tadqiqotga jalb etilgan tillarning morfologik, leksik-semantik, funsional-semantik hamda sintaktik darajalardagi takomillashuv mexanizmlari tizimli ravishda tahlil qilinib, ingliz va o‘zbek tillaridagi tibbiy terminlarning shakllanishi va rivojlanishida namoyon bo‘ladigan umumiy (izomorfik) hamda har bir tilga xos bo‘lgan farqli (allomorfik) xususiyatlari ilmiy asosda ochib berilgan hamda ularning terminologik tizim doirasidagi o‘rni va funsional ahamiyati asoslangan. Tibbiy terminlarning morfologik tuzilishi, leksik-semantik mazmuni, funsional-semantik yuklamasi va sintaktik qo‘llanish xususiyatlari qiyosiy jihatdan yoritilgan hamda ingliz va o‘zbek tillaridagi tibbiy terminologiyaning o‘zaro mushtarak va farqli jihatlari lingvistik mezonlar asosida tizimlashtirilib, ularning nazariy va amaliy ahamiyati ilmiy jihatdan dalillangan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi tibbiyot sohasiga oid terminlarning tarixiy-genetik manbalari aniqlanib, ularning turli tarixiy davrlarda kechgan lingvistik taraqqiyot bosqichlarida yuz bergan semantik siljishlar, ma’no kengayishi va torayishi, shuningdek, fonetik o‘zgarishlar faktik materiallar hamda ishonchli analitik manbalar asosida tahlil qilingan. Ayniqsa, ingliz va o‘zbek tillaridagi tibbiy terminlarning tarixiy-genetik ildizlari bilan ularning zamonaviy terminologik tizimdagi holati o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik ochib berilib, terminlarning shakllanishida ichki til qonuniyatlari bilan bir qatorda tashqi tarixiy, ijtimoiy va ilmiy omillarning ham muhim o‘rin tutishi ilmiy jihatdan asoslanganligi ortidan tibbiyot terminlarining semantik va fonetik evolyusiyasi har ikki til terminologik tizimining taraqqiyot qonuniyatlarini yorituvchi muhim lingvistik ko‘rsatkich ekanligi o‘z isbotini topgan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi tibbiy terminlarning tarjimasi ekvivalentlik va transformatsion tarjima modellarining tizimli tahlili terminlarning semantik aniqligini saqlash, ularning morfologik, leksik va sintaktik tuzilmasini moslashtirish hamda tibbiy muloqotda terminologik izchillikni ta’minlash imkonini berganligi asoslangan. Xususan, ekvivalent va transformatsion tarjima modellari tibbiyot sohasida ikki til terminologik tizimlarining mosligi va barqaror ishlashini ta’minlovchi samarali vosita ekanligi ilmiy jihatdan atroflicha ochib berilgan hamda ushbu yondashuv tarjimaning nazariy va amaliy komponentlarini uyg‘unlashtirib, terminlararo moslikni ta’minlash, semantik aniq va izchil ifodalanishni kafolatlash hamda ilmiy-texnik muloqot jarayonida izchillikni saqlashga xizmat qiluvchi metodologik vosita ekanligi aniqlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillarida tibbiyotga oid terminlarning struktur-semantik xususiyatlari va tarjima muammolarini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ingliz va o‘zbek tillarida tibbiyotga oid terminlarning shakllanish bosqichlari, rivojlanishi, struktur-semantik xususiyatlari va tarjima muammolari tadqiqi yuzasidan olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida: ingliz va o‘zbek tillaridagi tibbiyot sohasiga oid terminlarning strukturaviy tuzilishi va semantik xususiyatlari, baynalmilal va o‘zlashma qatlam birliklarining milliy tillarda barqarorlashuv jarayonlarini tahlil va tadqiq etish, tarjima qilish uslublarini takomillashtirish, hamda me’yorlashtirishga oid ilmiy xulosalar va amaliy takliflar 2022-2024-yillarda amalga oshirilgan IL-402104209 raqamli “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” nomli innovatsion loyihada foydalanilgan. (O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 09.06.2025 yil №01/4-2359-sonli- ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati shundan iboratki, tibbiy terminologiyaning tuzilishiga, ma’no shakllanishiga hamda tarjima jarayonlarida yuzaga keladigan lingvistik muammolarni yoritishga xizmat qiladi. Tadqiqotda ingliz va o‘zbek tibbiy terminlarining strukturaviy, semantik va funsional tahlili asosida ularning qiyosiy-tipologik xususiyatlari aniqlanadi. Bu yondashuv tibbiy terminlarning standartlashtirilishi, tizimlashtirilishi va ikki tilli tibbiy lug‘atlardagi ifodasini ilmiy asosda takomillashtirish imkonini beradi. Ayniqsa, zamonaviy tibbiyot neologizmlarining tarjimadagi o‘rni va leksikografik talqini, ularni izchil va aniq aks ettirish zarurati lug‘at tuzish amaliyoti uchun muhim uslubiy yo‘nalish sifatida taqdim etiladi.
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida 2023-yil 1-iyundan 2025-yil 31-maygacha bajarilishi mo‘ljallangan IL-27-4722022413-sonli “Qiyosiy adabiyotshunoslik” fanining “Komparativistika” elektron platformasini yaratish mavzusidagi innovatsion loyihasi doirasida nashr qilinadigan “KOMPARATIVISTIKA” (Comparative Studies) ilmiy elektron jurnalining 7-soniga O. Turaqulovaning “Understanding the Structure of Medical Terms: A Comparative Analysis of English and Uzbek Medical Terminology” maqolasi nashrga qabul qilindi va ilmiy ish natijalari loyiha doirasida amaliyotga joriy etildi.(24 may 2025 yil. 04-04-1/2496-sonli ma’lumotnomasi) Maqolada ingliz va o‘zbek tibbiy terminologiyasining strukturaviy va semantik xususiyatlarini qiyosiy-lingvistik asosda tadqiq etish orqali terminologik tizimlarning ichki qonuniyatlarini ochib berilgan. Natijada, maqola asosida elektron platformaning “tibbiy terminlarning shakllanishi, ularning tarjima jarayonidagi o‘ziga xosliklarini aniqlash”ga doir tahliliy bazasi kengaytirildi, shuningdek, terminologik kompetensiyani shakllantirishga xizmat qiluvchi nazariy va amaliy asoslari haqidagi tavsiflar mazkur ilmiy-resursning tarkibiy qismiga kiritildi;
ingliz va o‘zbek tillarida tibbiyotga oid atamalarni o‘rganishda qiyosiy terminshunoslik tamoyillarini tillararo muvofiqlashtirish va tibbiyotga oid terminlarini unifikatsiya qilish, ularni tarjima qilishdagi grammatik transformatsiyalash muammolarini hal qilishga asoslangan tarjima turlarining tranformatsiya, transliteratsiya kabi tarjima usullari dalillanganligiga oid tavsiya va takliflardan Surxondaryo teleradiokompaniyasi “Surxondaryo” telekanalida tashkil etiladigan “Munavvar kun”, “Shifo istab”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Til millat ko‘zgusi”, “Tibbiyot istiqbollari” ko‘rsatuv va eshittirishlarning ssenariysini shakllantirishda foydalanildi. Ingliz va o‘zbek tillarida tibbiyot sohasiga oid terminlarning struktur-semantik xususiyatlari va tarjima muammolarini yoritish xorijiy tilni o‘rganish va o‘rgatish usullari hamda zamonaviy medisina sohasining yutuqlari uchun tavsiyalar berildi. (Surxondaryo viloyati teleradiokompaniyasi 2023 yil 10 iyul` 01-02/35-son ma’lumotnomasi) bilan asoslanadi. Natijada ingliz va o‘zbek tillarida o‘zlashgan tibbiy terminlarning shakllanishi va rivojlanishini, ularning tarjima muammolarini tahlil qilingan natijalarini asoslash, bugungi kun ushbu sohadagi jarayonlarni optimallashtirishga xizmat qiladigan taklif va tavsiyalar bilan mukammallashtirgan.