Talipova Aida Muratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Nurali Qobul va Jek London hikoyalarida obrazlar qiyosiy tahlili”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Fil5791
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi:Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
Ilmiy rahbar: Ikromxonova Feruza Ikromovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti, PhD.03/2025.27.12.Fil.35.02.
Rasmiy opponentlar: Umarova Maxliyo Yunusovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Xoshimova Dildora Madaminovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi obraz, roviy nutqining hikoyalardagi tizimli ko‘rinishi, metaforik va neomifologik obraz xususiyatlarini Nurali Qobul va Jek London hikoyalarini qiyoslash orqali yoritib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘zbek adibi Nurali Qobul va amerikalik adib Jek London hikoyalaridagi badiiy obraz hamda roviy obrazi ko‘rinishlari tasvirida xayoliy-fantastik va majoziy (simvolik) obrazlar tasnifi ustunlik qilgani, har ikki adibning ijodini qiyosiy o‘rganish asnosida aniqlandi;
Nurali Qobulning “Burgutlar cho‘qqilarda yashaydi” va Jek Londonning “Hayotga muhabbat” hikoyalarida roviyning obrazlar tasvirida detal (tafsilot), qahramon, xarakter kabi shakllari aniqlanib, roviy nutqi ko‘rinishlarida inson tashqi va ichki qiyofasini aks ettirilgani, tabiat obrazi har ikki adib hikoyalarida ham ustuvorligi dalillandi;
Jek London hikoyalari yaratilishida realizm (obektiv, ijtimoiy-tarixiy sharoitlar va xarakterlar tahlili) an’analariga, kishilarni tabiat bilan bog‘liq shakllangan qarashlariga ko‘proq tayanilgani, Nurali Qobul hikoyalarida esa groteskli bayon yetakchilik qilishi xalq asotir, afsona, ertaklari motivlari, Sharq falsafasi va adabiyoti tasviri bosh omil sifatida aksini topganligi isbotlandi;
Nurali Qobulning “Sariq qizlar” va Jek Londonning “Shimol Odisseyasi” (An Odyssey of the North) hikoyalaridagi tabiat obrazlari ifodasida oddiy va murakkab metaforalar mavjudligi, har ikkala hikoyadagi obrazlar tasvirini qiyosan o‘rganish orqali ko‘rsatilib, neomifologizm obrazlarining asosan qayta tiklash (re-contextualization), ramziy chuqurlik kabi xususiyatlari ikkala adib hikoyalarida aks etganligi asoslandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Nurali Qobul va Jek London hikoyalarida obrazlarning qiyosiy tahlili bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Nurali Qobulning “Burgutlar cho‘qqilarda yashaydi” va Jek Londonning “Hayotga muhabbat” hikoyalarida roviyning obrazlar tasvirida detal, qahramon, xarakter kabi shakllari aniqlanib, roviy nutqi ko‘rinishlarida inson tashqi va ichki qiyofasini aks ettirilgani, tabiat obrazi har ikki hikoyada ham ustuvorligini dalillash haqidagi asoslangan xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining PF-201912258. raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida)elektron platformasini yaratish” mavzusidagi loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 24-sentyabrdagi №01/4-4431-son ma’lumotnomasi). Natijada loyhada o‘zbek nasridagi obraz va uning elementlari haqidagi ma’lumotlar yangi ilmiy ma’lumotlar bilan boyitilgan.
Nurali Qobulning “Sariq qizlar” va Jek Londonning “Shimol Odisseyasi” (An Odyssey of the North) hikoyalaridagi obrazlar ifodasida oddiy va murakkab metaforalar mavjudligi har ikkala hikoyadagi obrazlar tasvirini qiyosan o‘rganish orqali ko‘rsatilib, neomifologizm obrazlarining asosan qayta tiklash (re-contextualization), ramziy chuqurlik, metafora va allegoriya kabi xususiyatlari ikkala adib hikoyalarida aks etganligi asoslanganligi natijalaridan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2024-yil 24-dekabrdagi 01-03/997-son ma’lumotnomasi). Badiiy tafakkurining o‘ziga xosligi adabiyotshunoslik nazariyasi, hozirgi adabiy jarayon, jahon adabiyoti kabi fanlarida unumli foydalanish imkoniyatini yaratish uchun xizmat qilgan;
Jek London hikoyalari yaratilishida realizm an’analariga, kishilarni tabiat bilan bog‘liq shakllangan qarashlariga ko‘proq tayanilgani, Nurali Qobul hikoyalarida esa xalq asotir, afsona, ertaklari motivlari, Sharq falsafasi va adabiyoti tasviri bosh omil sifatida aksini topganligi isbotlandi;
O‘zbek adibi Nurali Qobul va amerikalik adib Jek London hikoyalaridagi obrazlar tasvirida xayoliy-fantastik va majoziy(simvolik) obrazlar tasnifi ustunlik qilgani, har ikki adibning ijodini qiyosiy o‘rganish asnosida ilmiy xulosalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanaldan uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvni tayyorlashda foydalanilgan (O‘z. TDMning 2024-yil 23-dekabrdagi 06-28-1790-son ma’lumotnomasi). Ilmiy ish natijalari ko‘rsatuvlarning ilmiy dalillarga boy bo‘lishini ta’minlagan hamda yozuvchilar ijodining keng targ‘ib qilinishiga ko‘mak bergan;