Kasimova Iroda Baxtiyar qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sistem boshlanuvchi yuvenil artritning kasallik spesifik markerlari va vitamin D statusiga bog‘liq holda bolalarda kechishi va davolash xususiyatlari”, 14.00.09 – Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2023.4.PhD/Tib4072.
Ilmiy raxbar: Axmedova Dilorom Ilxamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.01.05.
Rasmiy opponentlar: Agzamova Shoira Abdusalamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Garifulina Liliya Maratovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bolalarda sistem boshlanuvchi yuvenil` artritning kechish xususiyatlarini aniqlash, hamda kasallikning immunologik va immunogenetik markerlari darajasi, shuningdek vitamin D va ferritin statusiga bog‘liq holda kompleks davolash usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sistem boshlanuvchi yuvenil artrit (SBYuA)da kasallikning og‘ir kechishiga olib keluvchi asosiy klinik fenotiplar (toshma, isitma, jag‘-chakka bo‘g‘imi shikastlanishi, limfoadenopatiya, bosh miya disfunksiyasi) bilan bir qatorda, gepatosplenomegaliya, dismetabolik nefropatiya hamda orfan holatlar (mukopolisaxaridozga o‘xshash o‘zgarishlar va Turetta sindromi) eng ko‘p uchraydigan yondosh patologik holatlar ekanligi isbotlangan;
SBYuAda yallig‘lanish oldi sitokinlari (IL-1, IL-6, IL-18) kasallik faolligi va og‘irligining asosiy immunologik markerlari hisoblanib, IL-18 va ferritin o‘rtasidagi ijobiy korrelyasiya ferritinning yallig‘lanish mediatori sifatidagi patogenetik ahamiyatini ko‘rsatishi hamda D vitamini va IL-6 o‘rtasidagi kuchli salbiy bog‘liqlik uning yallig‘lanish jarayonini modulyasiya qiluvchi omil ekanligi isbotlangan;
SBYuA bilan og‘rigan bolalarda HLA-allellar (HLA-A02, HLA-B35, HLA-DR*07) va klinik ko‘rinishlar o‘rtasidagi immunogenetik assotsiatsiyalar mavjud bo‘lib, ularning kasallik rivojlanishi va og‘irlik darajasida protektiv yoki xavf omillari sifatidagi roli ilmiy jihatdan isbotlangan;
totsilizumab va D vitaminini birgalikda qo‘llashni o‘z ichiga olgan kompleks davo usuli SBYuA faolligini ishonchli kamaytirib, ACR Pedi mezonlari bo‘yicha klinik ahamiyatli yaxshilanish ehtimolini sezilarli oshirishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bolalarda sistem boshlanuvchi yuvenil` artritning kechish xususiyatlarini aniqlash, hamda kasallikning immunologik va immunogenetik markerlari darajasi, shuningdek vitamin D va ferritin statusiga bog‘liq holda kompleks davolash usullarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: sistem boshlanuvchi yuvenil artrit (SBYuA)da kasallikning og‘ir kechishiga olib keluvchi asosiy klinik fenotiplar (toshma, isitma, jag‘-chakka bo‘g‘imi shikastlanishi, limfoadenopatiya, bosh miya disfunksiyasi) bilan bir qatorda, gepatosplenomegaliya, dismetabolik nefropatiya hamda orfan holatlar (mukopolisaxaridozga o‘xshash o‘zgarishlar va Turetta sindromi) eng ko‘p uchraydigan yondosh patologik holatlar ekanligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar RIPIATM Ilmiy kengashi tomonidan 2025 yil 24 aprelda 8/35-son bilan tasdiqlangan “Bolalarda sistem boshlanuvchi yuvenil artritning kasallikka xos markerlar darajasi va D vitamini statusiga bog‘liq holdagi tashxislash va davolash jihatlari” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Andijon viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 2025 yil 5 noyabrdagi 80-son va Toshkent viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi kardiorevmatologiya bo‘limi bo‘yicha 2025 yil 5 noyabrdagi 268-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 2025 yil 17 dekabrdagi 31/23-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: SBYuA rivojlanish omillari bilan bir qatorda gepatosplenomegaliya, dismetabolik nefropatiya, ferment tanqisligisiz mukopolisaxaridozsimon o‘zgarishlar va Turetta sindromi kabi omillarni aniqlash SBYuAni erta aniqlash va bashorat qilishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan 23400000 so‘m byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lari aniqlangan xavf omillarini hisobga olgan holda SBYuAni erta tashhislash kasallikning og‘irligini kamaytirish va totsilizumab bilan davolash hajmini qisqartirish natijasida iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: SBYuAda yallig‘lanish oldi sitokinlari (IL-1, IL-6, IL-18) kasallik faolligi va og‘irligining asosiy immunologik markerlari hisoblanib, IL-18 va ferritin o‘rtasidagi ijobiy korrelyasiya ferritinning yallig‘lanish mediatori sifatidagi patogenetik ahamiyatini ko‘rsatishi hamda D vitamini va IL-6 o‘rtasidagi kuchli salbiy bog‘liqlik uning yallig‘lanish jarayonini modulyasiya qiluvchi omil ekanligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar RIPIATM Ilmiy kengashi tomonidan 2025 yil 24 aprelda 8/35-son bilan tasdiqlangan “Bolalarda sistem boshlanuvchi yuvenil artritning kasallikka xos markerlar darajasi va D vitamini statusiga bog‘liq holdagi tashxislash va davolash jihatlari” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Andijon viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 2025 yil 5 noyabrdagi 80-son va Toshkent viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi kardiorevmatologiya bo‘limi bo‘yicha 2025 yil 5 noyabrdagi 268-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 2025 yil 17 dekabrdagi 31/23-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: immunologik markerlar, shuningdek, D vitamini va ferritin statusi kabi markerlarni aniqlash SBYuA asoratlarini o‘z vaqtida tashhislash, davolash usullarini ishlab chiqish va oldini olishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan 23400000 so‘m byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lari SBYuA faolligini erta tashhislash va bashoratlash uchun immunologik markerlar (IL-1, IL-6, IL-18), ferritin va vitamin D statusini qo‘llash kasallik kechishining og‘irligini kamaytirish, asoratlarni oldini olish va biologik terapiya hajmini qisqartirish natijasida iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: SBYuA bilan og‘rigan bolalarda HLA-allellar (HLA-A02, HLA-B35, HLA-DR*07) va klinik ko‘rinishlar o‘rtasidagi immunogenetik assotsiatsiyalar mavjud bo‘lib, ularning kasallik rivojlanishi va og‘irlik darajasida protektiv yoki xavf omillari sifatidagi roli ilmiy jihatdan isbotlanganligi bo‘yicha takliflar RIPIATM Ilmiy kengashi tomonidan 2025 yil 24 aprelda 8/35-son bilan tasdiqlangan “Bolalarda sistem boshlanuvchi yuvenil artritning kasallikka xos markerlar darajasi va D vitamini statusiga bog‘liq holdagi tashxislash va davolash jihatlari” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Andijon viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 2025 yil 5 noyabrdagi 80-son va Toshkent viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi kardiorevmatologiya bo‘limi bo‘yicha 2025 yil 5 noyabrdagi 268-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 2025 yil 17 dekabrdagi 31/23-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: SBYuAning klinik ko‘rinishlari va kechishini tavsiflovchi immunogenetik xususiyatlarni aniqlash ushbu kasallikni tashhislash, oldini olish va shaxsiy davolashga tabaqalashtirilgan yondashuvlarni ishlab chiqishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan 3500000 so‘m byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lari immunogenetik markerlarni (HLA-A*02, HLA-DR*07, HLA-B*35) aniqlash va davolashga individual yondashuvlarni joriy etish asoratlar chastotasini kamaytirish va biologik terapiyani optimallashtirish natijasida iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: totsilizumab va D vitaminini birgalikda qo‘llashni o‘z ichiga olgan kompleks davo usuli SBYuA faolligini ishonchli kamaytirib, ACR Pedi mezonlari bo‘yicha klinik ahamiyatli yaxshilanish ehtimolini sezilarli oshirishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar RIPIATM Ilmiy kengashi tomonidan 2025 yil 24 aprelda 8/35-son bilan tasdiqlangan “Bolalarda sistem boshlanuvchi yuvenil artritning kasallikka xos markerlar darajasi va D vitamini statusiga bog‘liq holdagi tashxislash va davolash jihatlari” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Andijon viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 2025 yil 5 noyabrdagi 80-son va Toshkent viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi kardiorevmatologiya bo‘limi bo‘yicha 2025 yil 5 noyabrdagi 268-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 2025 yil 17 dekabrdagi 31/23-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Klinik-immunologik, immunogenetik markerlar xususiyatlari va D vitamini statusi asosida ishlab chiqilgan SBYuA bilan og‘rigan bolalarni kompleks davo yondashuvining davolash samaradorligini oshirish, asoratlarning oldini olish, bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi. Bularning barchasi ushbu orfan kasallikdan nogironlik va o‘lim holatlarini kamaytirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan 6879184 so‘m byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lari totsilizumab va D vitaminini birgalikda qo‘llashni o‘z ichiga olgan ishlab chiqilgan kompleks davo bemorning kasalxonada qolish muddatini 2 kunga qisqartirish natijasida iqtisod qilinadi.