Asatov Sodiq Safarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yoshlarning axloqiy madaniyatini shakllantirishda milliy va umuminsoniy qadriyatlarning falsafiy tahlili” 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fal963
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat koʻrsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti PhD.03/2025.27.12.F.22.01
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Saidov Ixtiyor Muzrobovich falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Serobjon O‘rmonalievich falsafa fanlari doktori(DSc), professor, Samanova Shaxlo Boxtiyarovna, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yoshlarning axloqiy madaniyatini yuksaltirishda milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ijtimoiy-falsafiy jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
globallashuv sharoitida yoshlarning erkin fikrlash, o‘z-o‘zini idora etish, ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirish, milliy qadriyatlar va axloqiy madaniyatning dialektik aloqadorligini ta’minlab, milliy ma’naviyat paradigmasida ijtimoiy begonalashuv jarayonlarini oldini oluvchi ratsional echimi ekanligi ilmiy asoslangan;
Yangi O‘zbekistonda yoshlar axloqiy madaniyatining yuksaltirishning ob’ektiv (sog‘lom muhit, tizimlilik va vorisiylik) va sub’ektiv (ta’lim-tarbiya, ishonch, ma’suliyat) tamoyillari, an’anaviy va zamonaviylik dialektikasida yoshlarning ruhiy barqarorligini ta’minlab, globallashuv sharoitida pragmatik dunyoqarashni rivojlantiruvchi kreativ tafakkurni shakllantirishi falsafiy ochib berilgan;
globallashuv sharoitida yoshlar axloqiy madaniyatini takomillashtirish, aksiologik munosabatlarda axloqiy dilemmalarni oldini olib, shaxsda
kreativ-tarbiya va axloqiy ko‘nikmalarni yuksaltirishi orqali, yoshlarda pragmatik dunyoqarashni qaror toptirishi mantiqiy isbotlangan;
axborotlashish sharoitida yoshlarda kreativ tafakkur, tahliliy fikrlash, fuqarolik pozisiyasini mustahkamlovchi ratsional omillar, yosh avlodning ma’naviy-axloqiy qiyofasini yuksaltiruvchi milliy taraqqiyot drayveri sifatida, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan intellektual jamiyat a’zolarini tarbiyalashi dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yoshlarda axloqiy madaniyatini shakllantirishda milliy va umuminsoniy qadriyatlarning o‘rganishga doir ilmiy muammolar tizimini ijtimoiy-falsafiy tahlili asosida:
globallashuv sharoitida milliy qadriyatlar va axloqiy madaniyatning dialektik aloqadorligini ta’minlash, milliy ma’naviyat paradigmasida ijtimoiy begonalashuv jarayonlarini oldini oluvchi milliy-axloqiy qadriyatlarning ratsional omillarini ochib berishiga doir xulosa va tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Mudofa vazirligi faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil28-iyuldagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi PQ-3160-son Qarori, 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son “2022−2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” gi Farmoni hamda 2023-yil 22-dekabrdagi Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan majlisidagi nutqlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofa vazirligining 2024-yil 23-oktyabrdagi
10/2236-son dalolatnomasi). Natijada, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida, yoshlarda vatanparvarlik, halollik, poklik, rostgo‘ylik kabi insoniy fazilatlarni yuksaltirish bilan bog‘liq bo‘lgan ob’ektiv va sub’ektiv omillarni yoritib berishga xizmat qilgan;
milliy va umuminsoniy qadriyatlar doirasida milliy o‘zlikni anglashning g‘oyaviy-tarbiyaviy jihatlarini rivojlantirish, ijtimoiy taraqqiyotda barkamol avlodning tarbiyaviy tafakkurida milliy-ma’naviy immunitetni yuksaltirishiga oid taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Mudofa vazirligi Axborotva ommaviy kommunikatsiyalar Departamentining 2023-2024 yillarda O‘zbekiston milliyteleradio kompaniyasi “Yoshlar” teleradiokanalidagi “Vatanparvar” va “Sport” teleradiokanalidagi “Armiya sporti” ko‘rsatuvlarini tayyorlash va senariylarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar Departamenti, 2024-yil 26-oktyabrdagi №40/738-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarning axloqiy madaniyatini shakllantirishda milliy va umuminsoniy qadriyatlar doirasida milliy o‘zlikni anglash, g‘oyaviy-tarbiyaviy masalasini o‘rganish va amaliy taklif va tavsiyalar berishga xizmat qilgan;
jamiyat taraqqiyotini ta’minlashda yoshlarning axloqiy madaniyatini takomillashtirish aksiologik munosabatlarda axloqiy dilemmalarni oldini olib, shaxsda kreativ-tarbiya va axloqiy ko‘nikmalarni rivojlantirishi orqali yoshlarda pragmatik dunyoqarashni qaror toptirishiga doir xulosa va tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Mudofa vazirligi faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-iyuldagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi
PQ-3160-son Qarori, 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son “2022−2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni hamda 2023-yil 22-dekabrdagi Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan majlisidagi nutqlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofa vazirligining2024-yil 23-oktyabrdagi 10/2236-son dalolatnomasi). Natijada, milliy
va umuminsoniy qadriyatlar asosida, yoshlarda vatanparvarlik, halollik, poklik, rostgo‘ylik kabi insoniy fazilatlarni yuksaltirish bilan bog‘liq bo‘lgan ob’ektiv
va sub’ektiv omillarni yoritib berishga xizmat qilgan;
yoshlarning tarbiyaviy madaniyatini rivojlantirish avlodning ma’naviy-axloqiy qiyofasini yuksaltiruvchi milliy taraqqiyot drayveri sifatida milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan intellektual jamiyat a’zolarini shakllantirishiga oid taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Mudofa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamentining 2023-2024 yillarda O‘zbekiston milliyteleradio kompaniyasi “Yoshlar” teleradiokanalidagi “Vatanparvar” va “Sport” teleradiokanalidagi “Armiya sporti” ko‘rsatuvlarini tayyorlash va senariylarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston respublikasi Mudofa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar Departamenti, 2024-yil 26-oktyabrdagi №40/738-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarning axloqiy madaniyatini shakllantirishda milliy va umuminsoniy qadriyatlar doirasida milliy o‘zlikni anglash, g‘oyaviy-tarbiyaviy masalasini o‘rganish va amaliy taklif va tavsiyalar berishga xizmat qilgan.