Xoliqulov Muhammad Abdurasul o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bog‘dorchilik tarmog‘iga investisiyalarni jalb etishning tashkiliy mexanizmlarini takomillashtirish”, 08.00.04-“Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Iqt5671
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Murodov Sherzod Murod o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, DSc.03/30.01.2020.I.10.03.
Rasmiy opponentlar: Egamberdiev Farmonqul Tursunqulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Daniyarova Feruza Baxriddinovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bog‘dorchilik tarmog‘iga investisiyalarni jalb etishning tashkiliy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-uslubiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
raqamli iqtisodiyot sharoitida bog‘dorchilik tarmog‘ini davlat tomonidan barqaror rivojlantirish va iqtisodiy rag‘batlantirish mexanizmlarini hamda meva mahsulotlari etishtirishga ta’sir etuvchi omillarni hisobga olgan holda meva turlari bo‘yicha investisiyalardan foydalanish rentabellik darajasini indekslar orqali tabaqali hisoblash usuli taklif etilgan; 
investisiyalar jalb etishni rag‘batlantirish, meva mahsulotlari ishlab chiqarish va eksport qilish infratuzilmasini raqamli texnologiyalar asosida rivojlantirishning institutsional asoslari va iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish yo‘nalishlari asoslangan;
bog‘dorchilik tarmog‘iga jalb etiladigan investisiyalardan foydalanish bo‘yicha axborotlar bazasini yaratish va shaffofligini ta’minlash, bog‘dorchilik mahsulotlari etishtiruvchi sub’ektlar hamda ular faoliyatidan manfaatdor investorlarning o‘zaro integratsiyasini tashkil etish, investisiyalar harakati va samaradorligini monitoring qilish maqsadida raqamli texnologiyalarga asoslangan elektron platforma va uning mexanizmlari ishlab chiqilgan;
bog‘dorchilik tarmog‘iga jalb etiladigan investisiyalarni hisobga olgan holda Toshkent viloyatida meva-rezavor mahsulotlari etishtirish hajmi bo‘yicha 2030 yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bog‘dorchilik tarmog‘iga investisiyalarni jalb etishning tashkiliy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mavsumiylik, logistika, hosildorlik, hosil nobud bo‘lishi va barqarorlik kabi omillarni hisobga olgan holda tabaqali yondashuv asosida bog‘dorchilik tarmog‘i uchun ilmiy asoslangan investisiya samaradorligini baholash usuli taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan tizim tashkilotlariga amaliyotga joriy etish uchun qabul qilingan. (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2025 yil 12 dekabr 05/06-04-893-son ma’lumotnomasi). Ushbu usul bog‘dorchilik tarmog‘i va xo‘jaliklarida ishlab chiqarish samaradorligini ko‘p omilli tahlil qilish imkonini beradi va o‘z navbatida tadbirkorlik sub’ektlari kesimida soha xususiyatlarini kengroq qamrash va hisobga olishni ta’minlaydi;
meva mahsulotlari etishtirish va eksportini rivojlantirishga investisiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish yo‘nalishlariga oid taklif O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan tizim tashkilotlariga amaliyotga joriy etish uchun qabul qilingan. (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2025 yil 12 dekabr 05/06-04-893-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etish tarmoq infratuzilmasini yaxshilash, mevalarni saqlash omborlari, qayta ishlash zavodlari, transport xizmati ko‘rsatish tashkilotlari va agrologistika markazlarini rivojlantirish uchun etarli hajmda sarmoya yo‘naltirish orqali meva mahsulotlarining saqlanish muddatini uzaytirish, yo‘qotishlarni kamaytirish, qayta ishlash hajmi va eksport salohiyatini oshirish imkoniyatlari asoslangan;
ilmiy va innovatsion rag‘batning ta’sir mexanizmi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan tizim tashkilotlariga amaliyotga joriy etish uchun qabul qilingan. (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2025 yil 12 dekabr 05/06-04-893-son ma’lumotnomasi). Ilmiy muassasalar va qishloq xo‘jaligi sub’ektlariga grantlar, subsidiyalar va soliq imtiyozlari berish orqali ular faoliyatda yangi navlar yaratish, kasalliklarni oldindan aniqlash va ularni tezkor bartaraf etish chora-tadbirlarini qo‘llab-quvvatlash yo‘llari tavsiya qilingan;
bog‘dorchilik tarmog‘ida investisiyalardan foydalanish va boshqarishda raqamli texnologiyalarni qo‘llash, axborot tizimini yaratishni ta’minlaydigan va investisiyalar harakati monitoringini amalga oshirish imkonini beruvchi “AgroInvest Hub” platformasi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan tizim tashkilotlariga amaliyotga joriy etish uchun qabul qilingan. (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2025 yil 12 dekabr 05/06-04-893-son ma’lumotnomasi). Ushbu platforma investisiya loyihalarini raqamli ro‘yxatdan o‘tkazish, ularning moliyaviy samaradorligini onlayn baholash, investorlar va mahalliy ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida tezkor axborot almashinuvini ta’minlash imkonini beradi;
bog‘dorchilik tarmog‘iga jalb qilinadigan investisiyalar hajmini tahlil qilish asosida meva-rezavor mahsulotlari etishtirish hajmining 2030-yilgacha mo‘ljallangan istiqbol parametrlari bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan tizim tashkilotlariga amaliyotga joriy etish uchun qabul qilingan. (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2025 yil 12 dekabr 05/06-04-893-son ma’lumotnomasi). Unga ko‘ra, Toshkent viloyatida 2025-yilda meva-rezavorlar hajmi 130.6 ming tonna atrofida, 2030-yilga borib 139.4 ming tonnaga etishi bashorat qilingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish