Yigitaliev Alisher Baxodir o‘g‘linig
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sut bezi saratoni diffuz shakllarining klinik-morfologik xususiyatlari va davolash usulini tanlash», 14.00.15 – Patologik anatomiya, 14.00.14 – Onkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Tib6009.
Ilmiy rahbarlar: Tursunov Xasan Ziyaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; G‘ofur-Oxunov Mirza-Ali Aliyarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti huzuridagi PhD.04/30.09.2020.Tib.122.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Shokirova Sadoqatxon Muxammatsolievna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Galdiev Majid Quvvatovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sut bezi saratonining diffuz turlarida molekulyar-genetik, hamda immunologik xususiyatlarni o‘rganish orqali davolash samaradorligini oshirish va yashovchanlik ko‘rsatgichini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quydagilardan iborat:
sut bezi saratonining diffuz shakllarida o‘sma mikromuhitining morfofunksional transformatsiyasi hujayra proliferatsiyasi va angiogenezning ekstratsellyulyar matriks degradatsiyasi bilan kogerent kechishi hamda parenximatoz-stromal nisbatlarning destruktiv o‘zgarishi (yadro/sitoplazma indeksining oshishi, qon tomirlar hajmining kengayishi) bilan bog‘liqligi morfometrik jihatdan isbotlangan;
diffuz sut bezi saratoni hujayralari tomonidan sitokinlar va immunosupressiv signallar ajratilishi natijasida mahalliy immunitetning ingibisiya qilinishi va regulyator T hujayralari (Treg) (CD4+) faolligining ortishi hamda anti-tumor immunitetning susayishi tufayli mahalliy immunoregulyator ko‘rsatgichi keskin ortishi ilmiy jihatdan isbotlangan;
diffuz sut bezi saratonida tez hujayra proliferatsiyasi sababli Ki-67, apoptozning ingibisiyasi sababli Bcl-2 va p53 gen mutatsiyasining oshishi natijasida p53 ekspressiyasining 60% ga yuqori bo‘lishi o‘smaning biologik faolligi va agressiv kechishi bilan bog‘liq belgi sifatida ilmiy jihatdan asoslangan;
diffuz sut bezi saratonida stromal mikromuhitning degradatsiyaga uchrashi natijasida neoangiogenezning (CD34) faollashuvi o‘smaning invaziv potensialini oshirishiga olib kelishi aniqlanib, mazkur holat aktiv terapiya hamda immunokorreksiyani tanlashning patomorfologik mezon sifatida xizmat qilishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sut bezi saratonining diffuz turlarida molekulyar-genetik, hamda immunologik xususiyatlarni o‘rganish orqali davolash samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: sut bezi saratonining diffuz shakllarida o‘sma mikromuhitining morfofunksional transformatsiyasi hujayra proliferatsiyasi va angiogenezning ekstratsellyulyar matriks degradatsiyasi bilan kogerent kechishi hamda parenximatoz-stromal nisbatlarning destruktiv o‘zgarishi (yadro/sitoplazma indeksining oshishi, qon tomirlar hajmining kengayishi) bilan bog‘liqligi morfometrik jihatdan isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 4 iyulda 01-02/u-t-81-son bilan tasdiqlangan «Sut bezi saratoni diffuz shakllarida morfologik o‘zgarishlarni immunogistokimyoviy usulda o‘rganish» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Farg‘ona viloyati filiali patologik anatomiya bo‘limi bo‘yicha 01.07.2025 yildagi 12-son va ushbu markazning Xorazm viloyati filiali patologik anatomiya bo‘limi bo‘yicha 01.08.2025 yildagi 111-I-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 7 oktyabdagi 26/23-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: sut bezi saratonining diffuz shakllarida birinchi marta o‘sma hujayralarini molekulyar-genetik va o‘smaning mahalliy mikromuhiti holati o‘rganildi va unda o‘sma hujayralari markerlari yuqori darajada bo‘lishini o‘rganish natijasida xastalikni tashxislash tartibini yaxshilash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: sut bezi saratonining diffuz shakllarida kasallikka to‘g‘ri va aniq tashxis qo‘yish orqali yo‘l qo‘yilgan xatolar va asossiz o‘tkazilgan tekshiruvlar sonini sezilarli darajada kamaytirish, takroriy gospitalizatsiyalar va samarasiz tashxis-davolash tadbirlari chastotasini pasaytirish, bemorlarning statsionarda yotish muddatini 2–3 o‘rin/kungacha qisqartirish natijasida mazkur kasallikni davolanish uchun sarflanadigan 8–10% gacha byudjet mablag‘lari iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: diffuz sut bezi saratoni hujayralari tomonidan sitokinlar va immunosupressiv signallar ajratilishi natijasida mahalliy immunitetning ingibisiya qilinishi va regulyator T hujayralari (Treg) (CD4+) faolligining ortishi hamda anti-tumor immunitetning susayishi tufayli mahalliy immunoregulyator ko‘rsatgichi keskin ortishi ilmiy jihatdan isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 4 iyulda 01-02/u-t-81-son bilan tasdiqlangan «Sut bezi saratoni diffuz shakllarida morfologik o‘zgarishlarni immunogistokimyoviy usulda o‘rganish» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Farg‘ona viloyati filiali patologik anatomiya bo‘limi bo‘yicha 01.07.2025 yildagi 12-son va ushbu markazning Xorazm viloyati filiali patologik anatomiya bo‘limi bo‘yicha 01.08.2025 yildagi 111-I-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 7 oktyabdagi 26/23-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: sut bezi saratonining diffuz turlarida o‘sma hujayralari atrofidagi immun tizimining o‘zgarishi aksariyat holatda T-regulyator hujayralarning (CD4) tugunli shakllariga qaraganda past pozitiv reaksiya ko‘rsatib, ko‘p hollarda immunodepressiya holati ifodalandi va immunokorreksiya o‘tkazish imkoniyatini berdi. Bu esa tizimli davolash sxemalarini shaxsan bemorga mos ravishda tanlash imkonini yaratib, klinik samaradorlikni oshirishga, bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga, davolashning toksikligi va nojo‘ya ta’sirlarini kamaytirishga xizmat qildi. Iqtisodiy samaradorligi: davo tanlashda asos sifatida o‘sma mikromuxiti immun xolatini o‘rganish samarasiz davolashning oldini olish, takroriy terapiya kurslariga bo‘lgan ehtiyojni qisqartirish, statsionarda yotish muddatini o‘rtacha 2–3 o‘rin/kungacha kamaytirish natijasida mazkur kasallikni davolash uchun sarflanadigan 10–12% gacha byudjet mablag‘lari iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: diffuz sut bezi saratonida tez hujayra proliferatsiyasi sababli Ki-67, apoptozning ingibisiyasi sababli Bcl-2 va p53 gen mutatsiyasining oshishi natijasida p53 ekspressiyasining 60% ga yuqori bo‘lishi o‘smaning biologik faolligi va agressiv kechishi bilan bog‘liq belgi sifatida ilmiy jihatdan asoslanganligi bo‘yicha takliflar Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 4 iyulda 01-02/u-t-81-son bilan tasdiqlangan «Sut bezi saratoni diffuz shakllarida morfologik o‘zgarishlarni immunogistokimyoviy usulda o‘rganish» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Farg‘ona viloyati filiali patologik anatomiya bo‘limi bo‘yicha 01.07.2025 yildagi 12-son va ushbu markazning Xorazm viloyati filiali patologik anatomiya bo‘limi bo‘yicha 01.08.2025 yildagi 111-I-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 7 oktyabdagi 26/23-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: sut bezi saratonining diffuz turlarida deyarli barcha holatlarda qon tomirlar zichligi CD34 yuqori pozitiv reaksiya berishi, Ki-67, Bcl-2 va P53 larning yuqori darajali ekspressiyaga ega bo‘lishi kasallikning agressiv kechishini prognozlashda va residiv va metastazlarni kamaytirish imkonini berdi. Bu esa bemorlarning hayot sifatini oshirish va davolashda shaxsiy yondashuv imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qildi. Iqtisodiy samaradorligi: kasallikning agressiv kechishini prognozlashda va davo taktikasi tanlashda jarrohlik amaliyotini kompleks davolashga qo‘shish orqali kasallikning asoratlangan kechishi bilan bog‘liq shoshilinch gospitalizatsiya va kechiktirib bo‘lmaydigan aralashuvlar sonini kamaytirish, palliativ yordam ehtiyojini kamaytirish, statsionarda yotish muddatini o‘rtacha 3–4 o‘rin/kungacha qisqartirish natijasida mazkur kasallikni davolash uchun sarflanadigan 10–12% gacha byudjet mablag‘lari iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: diffuz sut bezi saratonida stromal mikromuhitning degradatsiyaga uchrashi natijasida neoangiogenezning (CD34) faollashuvi o‘smaning invaziv potensialini oshirishiga olib kelishi aniqlanib, mazkur holat aktiv terapiya hamda immunokorreksiyani tanlashning patomorfologik mezon sifatida xizmat qilishi asoslanganligi bo‘yicha takliflar Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 4 iyulda 01-02/u-t-81-son bilan tasdiqlangan «Sut bezi saratoni diffuz shakllarida morfologik o‘zgarishlarni immunogistokimyoviy usulda o‘rganish» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Farg‘ona viloyati filiali patologik anatomiya bo‘limi bo‘yicha 01.07.2025 yildagi 12-son va ushbu markazning Xorazm viloyati filiali patologik anatomiya bo‘limi bo‘yicha 01.08.2025 yildagi 111-I-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 7 oktyabdagi 26/23-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: birinchi marta sut bezi saratonining diffuz turlarida tugunli shakllaridan farqli o‘laroq morfometrik tekshiruvda yadro/sitoplazma indeksi o‘zgarishi, biriktiruvchi to‘qima hujayralarining tarqoqligi va elastikligi pasayishi, bo‘lakchalar maydonining kattalashishi va qon tomirlar maydonining 3 baravar ortishi, terapiya samaradorligini oshirish, progressiya tez-tezligini kamaytirish, davolash taktikasini individuallashtirish va bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: morfometrik o‘zgarishlarni, qon tomirlaridagi o‘ziga xosliklarni o‘rganish orqali davolash taktikasini ratsional tanlash, samarasiz terapiya va takroriy gospitalizatsiyalar sonini kamaytirish, statsionarda yotish muddatini o‘rtacha 2–3 o‘rin/kungacha qisqartirish natijasida mazkur kasallikni davolash uchun sarflanadigan 10–12% gacha byudjet mablag‘lari iqtisod qilinadi.