Mamadalieva Zuxra Yigitalievnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Obodonlashtirish va oshxona tozalov ishchi xodimlari uchun maxsus kiyim to‘plamini ishlab chiqish tadqiqi” 05.06.04 –“Tikuvchilik buyumlari texnologiyasi va kostyum dizayni” ixtisosligi bo‘yicha (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T5416
Ilmiy rahbar: Nabijonova Nargiza Nasimjanovna,  texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/2025.27.12.T.15.02 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Rasulova Mastura Kabulovna, texnika fanlari doktori, professor, Nazarova Matluba Abdurashid qizi, texnika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot:  Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tavsiya etilayotgan mato xususiyatini inobatga olib, obodonlashtirish va oshxona tozalov ishchi xodimlari uchun ish muhitiga mos professional va zamonaviy ko‘rinishga ega maxsus kiyim to‘plamlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
obodonlashtirish va oshxona tozalov ishchi xodimlari uchun zamonaviy ko‘rinishda taklif etilgan model qatorlar hamda yangi dizayndagi eskiz modelari ishlab chiqilgan;
ilk bora obodonlashtirish ishchi xodimlarining ehtiyojlari inobatga olinib, tanada erkin turadigan bichimli kombinzon va transformatsiyalanuvchi kiyim dizayn-loyihasi ishlab chiqilgan;
maxsus kiyimlar uchun tavsiya etilgan eskiz modellar bo‘yicha konstruksiyalash metodikasi tanlangan va tanlangan metodika asosida maxsus kiyim konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
matoning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ularga kimyoviy ishlov berish usuli taklif etilgan hamda mato yuza zichligi, ishlov berishga ketgan vaqtni optimal qiymati aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Obodonlashtirish va oshxona tozalov ishchi xodimlari uchun maxsus kiyim to‘plamini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida: 
obodonlashtirish ishchi xodimlarining extiyojlarini inobatga olib, tanada erkin turadigan bichimli kombinezon va transformatsiyalanuvchi kiyim dizayn loyihasi “IDEAL TEKSTIL ORZU” MChJ va “IMRON TEXTILE GROUP” korxonalarida ishlab chiqarish jarayoniga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2025-yil. 22-dekabrdagi №02/06-2942-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, kimyoviy ishlov berish yo‘li bilan tanlab olingan matoning suv o‘tkazmaslik xossasi ishlov berilmagan matoning suv o‘tkazmaslik xossasiga nisbatan 50% ga ortishiga hamda bu orqali taklif etilgan maxsus kiyimni sifati yaxshilanishiga olib kelgan hamda ushbu maxsus kiyimni korxona ishlab chiqarish liniyasiga joriy qilish natijasida oyiga 5200 dona mahsulot ishlab chiqarish va sotish holatida yillik iqtisodiy samaradorlik obodonlashtirish ishchilaring maxsus kiyimi uchun 1 300 416 000 (bir milliard uch yuz million to‘rt yuz o‘n olti ming) so‘mni, oshxona ishchilari maxsus kiyimlari esa 892 320 000 (sakkiz yuz to‘qson ikki million uch yuz yigirma ming) so‘mni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish