Xurramov Islom Ravshan o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Rekonstruksiyadagi O‘zbekiston temir yo‘llarining texnik parametrlarini xalqaro transport koridorlari yuk oqimlari rivojlanishida asoslash”, 05.08.02 – “Temir yo‘llar va yo‘l xo‘jaligi” (texnika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/T4511.
Ilmiy rahbar: Umarov Xasan Kobilovich – texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.10/2025.27.12.T.01.01 raqamli Ilmiy kengash. 
 Rasmiy opponentlar: Muxammadiev Ne’matjon Raxmatovich, texnika fanlari doktori, dotsent va Mukarramov Ramazon Xusinovich texnika fanlari nomzodi, dotsent  tavsiya etilsin.
Yetakchi tashkilot: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi. Texnika yo‘nalishi. Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Boshlang‘ich ma’lumotlarning noaniqligi sharoitida rekonstruksiyadagi temir yo‘llarining texnik parametrlarini tanlashni asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xalqaro transport koridorlari yuk oqimlari rivojlanishida O‘zbekiston temir yo‘l liniyasida tranzit yuk oqimi hajmiga iqtisodiy omillarning ta’siri orqali korrelyasiya-regressiya tahlil qilish usuli ishlab chiqilgan;
xalqaro transport koridorlari yuk oqimlari rivojlanishida O‘zbekiston temir yo‘l liniyasida tranzit yuk oqimining miqdori va iqtisodiy omillar asosida bog‘liqlik korelyasiyasini matematik modeli ishlab chiqilgan;
temir yo‘l rekonstruksiya loyihalarida texnik parametrlarni tanlashni belgilovchi boshlang‘ich ma’lumotlar tahlili asosida xalqaro transport koridorlari yuk oqimlari rivojlanishida O‘zbekiston temir yo‘l liniyasi quvvatini oshirish usullari ishlab chiqilgan;
boshlang‘ich ma’lumotlar noaniqligi sharoitida rekonstruksiyadagi temir yo‘l liniyasining texnik parametrlarini asoslash metodikasi yuk tashishni o‘zlashtirish sxemasini optimallik mezoni sifatida har xil ssenariylar uchun sof diskontlangan daromad qiymatining matematik kutilmasi asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Rekonstruksiyadagi O‘zbekiston temir yo‘llarining texnik parametrlarini xalqaro transport koridorlari yuk oqimlari rivojlanishida asoslash bo‘yicha olingan natijalari asosida:
ishlab chiqilgan temir yo‘l liniyasi quvvatini oshirish uchun korrelyasiya-regressiya usulini qo‘llab rekonstruksiyadagi Qarshi – Toshg‘uzor – Boysun – Qumqo‘rg‘on temir yo‘l liniyasida texnik parametrlarni tanlash sxemasi «Toshtemiryo‘lloyiha» MChJ tizimida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2025 yil 5-mart 4/E326-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich ma’lumotlar noaniqligi sharoitida ishlab chiqilgan sxemada temir yo‘l liniyasi quvvatini oshirish uchun ratsional texnik parametrlarni tanlashda noaniqlik riski 3%, 6% va 9% bo‘lganda sof diskontlangan daromad matematik kutilmasini 19,6 – 27,5 % oshirish imkonini bergan;
yaratilgan xalqaro transport koridorlari yuk oqimlari rivojlanishida O‘zbekiston temir yo‘l liniyasida tranzit yuk oqimining miqdori va iqtisodiy omillarga bog‘likligining matematik modeli «Toshtemiryo‘lloyiha» MChJ tizimida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2025 yil 5-mart 4/E326-son ma’lumotnomasi). Natijada, Mazari – Sharif – Qobul – Peshovor temir yo‘lini qurilish loyihasi amalga oshishi doirasida rekonstruksiyadagi Qarshi – Toshg‘uzor – Boysun – Qumqo‘rg‘on temir yo‘l liniyasida Shimol-Janub transport koridoridan prognoz qilinayotgan yuk oqimining yuzaga kelish ehtimoli 6,36% oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish