Sagdiev Mirjalol Mirsolih o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Yassi ignadonli mashinalarda paltobop trikotaj to‘qimalarini olish texnologiyasini takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiya ishini 05.06.02 – “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4 PhD/T5977.
Ilmiy rahbar: texnika fanlari doktori, professor Muqimov Mirabzal Mirayubovich.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/2025.27.12.T.21.01
Rasmiy opponentlar: Matismailov Saypilla Lalashbaevich, texnika fanlari doktori, professor; Usmonqulov Sharofjon Qodirqulovich, texnika fanlari falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ikki yassi ignadonli trikotaj mashinalarida paltobop trikotaj to‘qimalarini olish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yangi tuzilishdagi paltobop trikotaj to‘qimalarini olish texnologiyasi yassi ignadonli trikotaj mashinalarida lastik va interlok to‘qimalarining tuzilishini o‘zgartirish asosida takomillashtirilgan;
ipninng chiziqli zichligi bilan paltobop trikotaj to‘qimalarining texnologik ko‘rsatkichlari va fizik-mexanik xususiyatlari orasidagi bog‘lanishlari ishlab chiqilgan va mahsulotning issiqlik saqlash xususiyatlari yaxshilangan;
paltobop trikotaj to‘qimalarini ishlab chiqarishda yangi tuzilishdagi lastik va interlok to‘qimalarini olish hisobiga trikotaj qalinligini 2,5 mm dan 5 mm gacha oshirishning texnologik echimlari ishlab chiqilgan;
yassi ignadonli trikotaj mashinasi tortuvchi rolikning tebranishlarini matematik modeli asosida trikotaj matosi bir me’yorda tortilishini ta’minlovchi mexanizm parametrlari Lagranj tenglamasi yordamida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Ikki yassi ignadonli trikotaj mashinalarida paltobop lastik va interlok trikotaj to‘qimalarini olish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
yangi tuzilishli paltobop lastik trikotaj to‘qimalarini olish texnologiyasi “Tashkent Mill Textile” MChJ qo‘shma korxonasida joriy etilgan. (’O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2025-yil 20-iyuldagi № 02/06-2860 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, paltobop lastik trikotaj to‘qimalarining sifat ko‘rsatkichlari yaxshilangan, xomashyo sarfini 24,3% gacha kamaytirish, issiqlik saqlash xususiyati 22,7%ga yahshilashga erishilgan;
yangi tuzilishli paltobop interlok paltobop trikotaj to‘qimalarini olish texnologiyasi “Arel Konfeksiyon” XK MChJ qo‘shma korxonasida joriy etilgan. (’O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2025-yil 20-iyuldagi № 02/06-2860 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, xomashyo sarfini 26,4% gacha kamaytirishga, issiqlik saqlash xususiyatini 36,7%ga yahshilashga erishilgan.