Muzaffarova Gulnoza Muzaffar qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ilk o‘spirinlarning kasb tanlashida havas ta’sirining psixologik xususiyatlari”, 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: -
Ilmiy rahbar: Xalimova Mashraboy Vahidovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.R.03.02.
Rasmiy opponentlar: Bafaev Mixiddin Muxammatovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Xolyigitova Nasiba Xabibullaevna, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: ilk o‘spirinlarning kasb tanlash jarayonida havas rolini va kasbiy yo‘naltirish samaradorliga ta’sirini ilmiy-psixologik jihatdan tadqiq etish asosida amaliy tavsiyalar ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk o‘spirinlik davrida kasbiy orientatsiyaning psixologik tabiatiga ko‘ra havas-motivatsiya-shaxsiy qobiliyat-qabul qilingan kasb tanlovi zanjirining o‘zaro ta’siriga asoslanib kasbiy tasavvurlarning motivatsion mexanizmlari havas hissining ijtimoiy taqqoslash, shaxsiy ideal va kasbiy o‘zini tasdiqlash jihatlariga bog‘liq ekanligi aniqlangan;
o‘quvchilarning kasb tanlash jarayonida tafakkur moslashuvchanligi, reflektivlik, metakognitiv kompetensiyalar va qaror qabul qilish strategiyalarining o‘zaro bog‘liqligiga asoslanib, kognitiv-psixologik omillarning mediatorlik roli havas hissi orqali ichki motiv sifatida namoyon bo‘lishi aniqlangan;
o‘quvchilarning havas hissi va shaxs xususiyatlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklar natijasida shaxsiy motivatsiya, o‘zini anglash darajasi va ijtimoiy baholash omillarining o‘zaro ta’siri orqali havas hissining kasbiy qarorlar shakllanishidagi psixoemotsional regulyativ roli dalillangan;
o‘quvchilarning kasb tanlash motivini rivojlantirishda proforientassion mexanizmlarning yoshga oid psixologik hususiyatlarga bog‘liq ifodalanishiga ko‘ra havas hissining tasavvuriy taqliddan referent guruhlar ta’siri orqali ijtimoiy identifikatsiyaga refleksiv tanlov darajasida o‘tishi muhim psixologik peridiktor ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ilk o‘spirinlar kasb tanlovida havas hissini rivojlantirishning psixologik asoslariga oid muammoni tadqiq etish natijasida:
kasb tanlash jarayonida havas hissining psixologik va ijtimoiy-psixologik tabiati tahlil qilinib, uning tarkibiy tuzilmasi, paydo bo‘lish omillari va ijtimoiy motivatsion mexanizmlari havas hissining ijtimoiy taqqoslash, shaxsiy ideal va kasbiy o‘zini tasdiqlashdan iboratligiga oid ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 10-iyundagi PM-128-sonli buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi.Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 10-iyundagi PM-128-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘spirinlarning kasbiy tanlovi jarayonida havas ta’sirining namoyon bo‘lishi nazariy jihatdan davrlashtirilgan.
o‘quvchilarning kasb tanlash jarayonida tafakkur moslashuvchanligi, reflektivlik, metakognitivkompetensiyalar va qaror qabul qilish strategiyalarining o‘zaro bog‘liqligi dalillanib, ushbu kognitiv-psixologik omillarning kasb tanlashdagi samaradorlikka ta’siri empirik tadqiqotlar orqali isbotlab berilganligiga oid tavsiyalar “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 10-iyundagi PM-128-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ilk o‘spirinlarning ongli kasb tanlashi samaradorligini oshirish yaratilgan.
ilk o‘spirinlik davrida havas hissi va shaxs xususiyatlari o‘rtasidagi murakkab o‘zaro bog‘liqliklar va ularni tartibga soluvchi psixologik mexanizmlar empirik ravishda aniqlanib, bunda ayniqsa, shaxsiy motivatsiya, o‘zini anglash darajasi va ijtimoiy baholash omillarining o‘zaro ta’siri asosida havas hissining kasbiy qarorlar shakllanishidagi roli dalillanganligia oid takliflar “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 10-iyundagi PM-128-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘spirinlarning havas va shaxs hususiyatlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklarni tartibga soluvchi mexanizmlar ishlab chiqilgan.
ilk o‘spirinlarning kasbiy tanlov motivatsiyasini va havas hissini rivojlantirishga qaratilgan kompleks psixokorreksion dastur ishlab chiqilib, uning samaradorligi amaliy tajribalar asosida sinovdan o‘tkazildi va o‘spirinlarning kasbiy o‘zini anglash, qaror qabul qilish malakalari va kasbiy motivatsiyasini rivojlantirishdagi ijobiy natijalari oid tavsiyalar “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 10-iyundagi PM-128-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘spirinlarning kasbiy tanlovi va havas hissini rivojlantiruvchi dastur ishlab chiqilgan.