Baxramov Shukurilla Sadullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Almashlab ekish tizimidagi ekinlarni parvarishlashda begona o‘tlarga qarshi uyg‘unlashgan kurash choralarini takomillashtirish (Andijon viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari misolida)”, 06.01.01–Umumiy dehqonchilik. Paxtachilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Qx1168
Ilmiy rahbar: Komilov Komiljon, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, PhD.08/2025.27.12.Qx.03.01.
Rasmiy opponentlar: Namozov Fazliddin Baxromovich, qishloq xo’jaligi fanlari doktori, professor; Mavlyanov Dilmurod Rahmatillaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Samarqand agroinovatsiyalar va tadqiqotlar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Andijon viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida g‘o‘za, g‘alla va takroriy mosh ekinlarni parvarishlashda begona o‘tlarga qarshi, resurstejamkor hamda uyg‘unlashgan kurash hisobiga ekinlardan yuqori va tannarhi past hosil etishtirishni ta’minlaydigan agrotexnologiya elementlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor Andijon viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida g‘o‘za va uning majmuidagi ekinlarni parvarishlashda begona o‘tlarga qarshi tuproqqa ishlov berish va gerbisidlarni uyg‘unlashgan holda qo‘llashni resurstejamkor agrotexnologiyasi takomillashtirilgan;
tuproqqa ishlov berishdan oldin begona o‘tlarga qarshi (dastlab) Entoglifos gerbisidini qo‘llab, kuzgi bug‘doy etishtirishda erni avval 18-20 sm chuqurlikda chizellab, so‘ng 30-35 sm chuqurlikda ikki yarusli omoch bilan haydov, amal davrida Atlantis gerbisidini qo‘llash, takroriy ekin mosh etishtirish uchun maydon 18-20 sm chuqurlikda chizel yordamida o‘zgaruvchan pushta hosil qilib, moshning amal davrida Zelek Super gerbisidlaridan foydalanib, g‘o‘za parvarishlash uchun maydon kuzda 30-35 sm chuqurlikda shudgorlash natijasida begona o‘tlarni 85-90% gacha kamayishi aniqlangan;
kuzgi bug‘doy etishtirishda tuproqni avval 18-20 sm chuqurlikda chizellab, so‘ng 30-35 sm chuqurlikda ikki yarusli omoch bilan haydov, takroriy ekin mosh etishtirish uchun maydon 18-20 sm chuqurlikda chizel yordamida o‘zgaruvchan pushta hosil qilib, g‘o‘za parvarishlash uchun maydon kuzda 30-35 sm chuqurlikda shudgorlanganda dastlabki (2018 y.) holatga nisbatan tuproqning haydov (0-30 sm) qatlamida gumus miqdorini 0,011% gacha ortib borishi aniqlangan;
kuzgi bug‘doy etishtirishda 18-20 sm chuqurlikda chizellab, so‘ng 30-35 sm chuqurlikda ikki yarusli omoch bilan haydov o‘tkazilib, takroriy mosh uchun maydon 18-20 sm chuqurlikda chizel yordamida o‘zgaruvchan pushta hosil qilib, g‘o‘za parvarishlash uchun kuzda 30-35 sm chuqurlikda shudgorlanganda haydov qatlamda tuproqning xajm massasini 0,046 g/sm3 gacha kamayishi, g‘ovakligini 1,9 %, donadorligi 3,6%, suv o‘tkazuvchanligi 184,9 m3/ga gacha ortib borishi aniqlangan; 
g‘o‘za parvarishlash uchun kuzda 30-35 sm chuqurlikda shudgorlanganda g‘o‘zaning bo‘yi 8,4 sm gacha, hosil shohi 1,2 donagacha, ko‘saklar soni 1,3 donagacha, shundan ochilgani 1,6 donagacha ortib borishi va hosildorlikni 8,3 s/ga gacha yuqori bo‘lishi natijasida, sof foyda 4,427 mln. so‘mni, rentabellik darajasi 28,2% bo‘lishi aniqlangan; 
begona o‘tlarga qarshi uyg‘unlashgan kurash tadbirlarining oldingi va keyingi ta’siri 2018-2022 yillarda turli usullarda ishlov berish va gerbisidlarning keyingi ta’siri o‘rganilganda begona o‘tlarni uchrashi 1 m2 3,2 dona yoki begona o‘tlarni 87,2% ga yo‘q bo‘lishi kuzatildi. Nazorat variantlarida begona o‘tlarni tarqalishi esa 1 m2 19,3 dona yoki 4,5 baravarga ortishi mumkinligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Andijon viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida g‘o‘za va uning majmuidagi ekinlari parvarishlanayotgan maydonlarida begona o‘tlarga qarshi tuproqqa ekish oldidan ishlov berish usullari va gerbisidlarni uyg‘unlashgan holda qo‘llash bo‘yicha olib borilgan ilmiiy tadqiqot natijalari asosida:
Paxta to‘qimachilik klasterlari va fermer xo‘jaliklari uchun “G‘o‘za va uning majmuidagi ekinlarni parvarishlashda begona o‘tlarga qarshi kurash choralari” bo‘yicha tavsiyanoma ishlab chiqilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 21 dekabrdagi 05/04-04-684-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma Andijon viloyat sharoitidagi ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarida qo‘llanma sifatida keng foydalanilmoqda. 
G‘o‘za parvarishlanadigan maydonlarda uchraydigan begona o‘tlarga qarshi kurashni ekish oldidan ishlov berish agrotexnologiyalari Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanida 36,5 gektar, Izboskan tumanida 139,0 gektar, Oltinko‘l tumanida 35,0 gektar viloyat bo‘yicha jami 210,5 gektar maydonda joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 21 dekabrdagi 05/04-04-684-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu maydonlarda tarqalgan bir yillik va ko‘p yillik begona o‘tlar 80-90% ga kamayishiga erishilgan;
Kuzgi bug‘doy va takroriy ekin mosh parvarishlanadigan maydonlarida uchraydigan bir va ko‘p yillik begona o‘tlarga qarshi tuproqqa ekish oldidan ishlov berish va gerbisidlarni uyg‘unlashgan holda qo‘llash samaradorligi bo‘yicha Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanida 36,5 gektar, Izboskan tumanida 139,0 gektar, Oltinko‘l tumanida 35,0 gektar maydonda joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 21 dekabrdagi 05/04-04-684-son ma’lumotnomasi). Natijada begona o‘tlarni yo‘qolishi hisobiga kuzgi bug‘doy don hosildorligi 60.2st/ga ni, takroriy ekin moshni don hosildorligi 20.9 st/ga ni, paxta hosili 41.8 st/ga ni tashkil etib, rentabellik darajasi 19.8% oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish