Asqarov Ahliddin Alisher o‘g‘lining falsafa doktori (PhD)  dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda  o‘quvchilarning  sog‘lom turmush tarzini shakllantirish metodikasi” 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B. 2023.4.PhD/Ped6279
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Dadaboev Rustamjon Raximjanovich,  pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat pedagogika instituti, PhD.01/2025.27.12.Ped.08.01
Rasmiy opponentlar: Xamidjanov Abdulaziz Usubjon o‘g‘li O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti dotsenti,  pedagogika fanlari doktori; Isoqboev Alisher Axmadjanovich Namangan davlat pedagogika instituti dotsenti, tarix  fanlari nomzodi. 
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘quvchilarning sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘quvchilarning  sog‘lom turmush tarzini shakllantirishning  mazmuni o‘z ustida ishlash, bilimlarni tizimlashtirish, mustaqil tayyorgarlik bloklari bilan o‘zlashtirilgan bilimlarning aniqlik, mukammallik, tizimlilik tamoyillari asosida yuqori yakuniy natijaga erishishni ta’minlovchi adaptiv aloqadorligi reproduktivligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan; 
sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘quvchilarning  sog‘lom turmush tarzini shakllantirishning  intellektual, motivatsion, innovatsion mezonlari olingan ma’lumotlar  asosida o‘zini o‘zi baholash, rivojlantirish kabi refleksiv ko‘nikma va bilimlarni intensiv rivojlantiruvchi kognitiv yondashuvlar asosida aniqlashtirilgan; 
sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘quvchilarning  sog‘lom turmush tarzini shakllantirish indikatorlari o‘quvchilarning refleksiv faoliyati shakllarini identiv maqsadlar bilan ichki integrallashuv darajasiga hamda integratsiya jarayonlarida qayta aloqani ta’minlash shartlariga asosan takomillashtirilgan;
sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘quvchilarning  sog‘lom turmush tarzini shakllantirishning  integrallashgan metodik tizimi, salomatlikni saqlash, sog‘lom faol hayot va o‘zini-o‘zi odatlantirish hamda sog‘lom turmush tarzini rivojlantirish bilan aloqadorli reproduktivligini ta’minlash asosida takomillashtirishgan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘quvchilarning  sog‘lom turmush tarzini shakllantirishning  bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
Sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘quvchilarning  sog‘lom turmush tarzini shakllantirishning  mazmuni o‘z ustida ishlash, bilimlarni tizimlashtirish, mustaqil tayyorgarlik bloklari bilan o‘zlashtirgan jismoniy harakatlarning aniqlik, mukammallik, tizimlilik tamoyillari asosida yuqori yakuniy natijaga erishishni ta’minlovchi adaptiv aloqadorligi reproduktivligini ta’minlash asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan “Jismoniy tarbiya va sport”  nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 7-maydagi 149-sonli buyrug‘i, 149169-raqamli guvohnoma). Natijada, sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘quvchilarning sog‘lom turmush tarzini shakllantirishning  mazmunini   takomillashtirishga  erishilgan;
sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘quvchilarning sog‘lom turmush tarzini shakllantirishning  intellektual, motivatsion, innovatsion mezonlari olingan ma’lumotlar  asosida o‘zini o‘zi baholash, rivojlantirish kabi refleksiv ko‘nikma va bilimlarni intensiv rivojlantiruvchi kognitiv yondashuvlar asosida aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalar  “Jismoniy tarbiya gigienasi va sportning tibbiy fiziologik asoslari” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar  vazirligining 2025-yil 14-apreldagi 136-sonli buyrug‘i, 863317-raqamli guvohnoma). Natijada, o‘quvchilarda sog‘lom turmush tarziga amal qilish kompetensiyalarini rivojlantirishga erishilgan. 
sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘quvchilarning  sog‘lom turmush tarzini shakllantirish indikatorlari o‘quvchilarning refleksiv faoliyati shakllarini identiv maqsadlar bilan ichki integrallashuv darajasiga hamda integratsiya jarayonlarida qayta aloqani ta’minlash shartlariga asosan takomillashtirishga  hamda  sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘quvchilarning sog‘lom turmush tarzini shakllantirishning  integrallashgan metodik tizimi, salomatlikni saqlash, sog‘lom faol hayot va o‘zini-o‘zi odatlantirish hamda sog‘lom turmush tarzini rivojlantirish bilan aloqadorlik reproduktivligini ta’minlash asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar “Jismoniy tarbiya va sport”  nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 7-maydagi 149-sonli buyrug‘i, 149169-raqamli guvohnoma). Natijada, sinfdan tashqari ishlarda o‘quvchilarning sog‘lom turmush tarzini  rivojlantirishga  xizmat qilgan;
sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘quvchilarning sog‘lom turmush tarzini shakllantirishning  integrallashgan metodik tizimi, salomatlikni saqlash, sog‘lom faol hayot va o‘zini-o‘zi odatlantirish hamda sog‘lom turmush tarzini rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Jismoniy tarbiya gigienasi va sportning tibbiy fiziologik asoslari” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar  vazirligining 2025-yil 14-apreldagi 136-sonli buyrug‘i, 863317-raqamli guvohnoma). Natijada, sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda sog‘lom turmush tarzini rivojlantirishning reproduktivligini ta’minlanishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish