Maxmudova Nargiza Shokirovnaning
filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Alisher Navoiy va Bobur ijodida diniy-ma’rifiy mavzuning badiiy talqini”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Fil5515 
Ilmiy rahbar: Karimova Faridaxon Isakovna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Fil.22.03
Rasmiy opponentlar: To‘laganova Sanobar Panjievna, filologiya fanlari doktori, professor;  Bekova Nazora Jo‘raevna, filologiya fanlari doktori, professor 
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqot maqsadi Alisher Navoiyning “Arbain”, “Siroj ul-muslimin”, Boburning “Volidiya”, “Mubayyin” asarlari o‘zbek mumtoz adabiyotida diniy-ma’rifiy mavzuning badiiy talqini masalasini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek mumtoz adabiyotida diniy-ma’rifiy mavzuning g‘oyaviy-badiiy, uslubiy takomili bilan bog‘liq ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-axloqiy, madaniy-maishiy omillar, ilmiy va amaliy tamoyillar, ifoda shakllariga xos an’anaviylik va o‘ziga xoslik, poetik mukammallashuv masalalari nazariy jihatdan dalillangan;
Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur ijodida Qur’on, hadis va tasavvufga asoslangan diniy-ma'rifiy, islomiy g‘oyalar bilan bog‘liq badiiy timsollar, ramz va g‘oyaviy qatlamlar talqini, ijtimoiy-ma'rifiy tamoyillari va poetik ifoda imkoniyatlari turli janrdagi asarlari misolida yoritilgan;
 “Siroj ul-muslimin” hamda “Mubayyin” asarlarining mavzuiy mundarijasi, qamrovi, kompozision tuzilishi, Qur’oni karim va hadisi sharif g‘oyalari,  shariat ahkomlari va fiqhiy masalalarning  poetik ifoda va talqinlari, uslubiy o‘ziga xosliklari tahlillar orqali isbotlangan;
arba’inchilik an’anasi takomilida Alisher Navoiyning o‘rni, badiiy mahorati va “Arba’in” asarining tuzilishi, g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari, Boburning “Volidiya” asarida islomiy-tasavvufiy, diniy-ma’rifiy, siyosiy g‘oyalarning talqini, poetik ifodasi ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Alisher Navoiy va Bobur ijodida diniy-ma’rifiy mavzuning badiiy talqini masalasini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek mumtoz adabiyotida diniy-ma’rifiy mavzuning g‘oyaviy-badiiy, uslubiy takomili bilan bog‘liq ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-axloqiy, madaniy-maishiy omillar, ilmiy va amaliy tamoyillar, ifoda shakllariga xos an’anaviylik va o‘ziga xoslik, poetik mukammallashuv masalalari nazariy jihatdan dalillanganiga doir ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan F1-FA-0-43429, FA-F1, G002 “Qoraqalpoq folklori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” (2012-2016 yy.) hamda FA-F-1-005 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” (2017-2020 yy.) fundamental ilmiy loyihalarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2024-yil 19-martdagi № 93/1-sonli ma’lumotnomasi). Natijada diniy-falsafiy va diniy-ma’rifiy qarashlar, ijodkorning individual uslubi, so‘z qo‘llash mahorati masalalari haqidagi fikrlar kengaytirilgan; 
Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur ijodida Qur’on, hadis va tasavvufga asoslangan diniy-ma'rifiy, islomiy g‘oyalar bilan bog‘liq badiiy timsollar, ramz va g‘oyaviy qatlamlar talqini, ijtimoiy-ma'rifiy tamoyillari va poetik ifoda imkoniyatlari turli janrdagi asarlari misolida yoritilgani hamda “Siroj ul-muslimin” hamda “Mubayyin” asarlarining mavzuiy mundarijasi, qamrovi, kompozision tuzilishi, Qur’oni karim va hadisi sharif g‘oyalari,  shariat ahkomlari va fiqhiy masalalarning  poetik ifoda va talqinlari, uslubiy o‘ziga xosliklari tahlillar orqali isbotlangani xususidagi tahlil va xulosalardan “Jadid adabiyoti tarixi” nomli darslikni tayyorlashda keng foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi Farg‘ona davlat universitetining 2023-yil 23-noyabrdagi 04G‘5889 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada darslik ilmiy-nazariy jihatdan mukammallashgan; 
arba’inchilik an’anasi takomilida Alisher Navoiyning o‘rni, badiiy mahorati va “Arba’in” asarining tuzilishi, g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari, Boburning “Volidiya” asarida islomiy-tasavvufiy, diniy-ma’rifiy, siyosiy g‘oyalarning talqini, poetik ifodasi ilmiy asoslanganiga oid fikr-mulohazalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Farg‘ona viloyati bo‘limining seminarlari, “Oltin qalam” to‘garagi, “Adabiyot kunlari”, “Mumtoz asarlar poetikasi” singari yosh ijodkorlarning to‘garak mashg‘ulotlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Farg‘ona viloyati bo‘limining 2023-yil 27-noyabrdagi 145-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning diniy-ma’rifiy asarlarining mazmun-mohiyati targiboti va bugungi kundagi ahamiyati borasidagi tushuncha va tasavvurlari kengaygan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish