Andreev Dmitriy Nikolaevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Er osti suvi konlaridan samarali foydalanishning ilmiy-uslubiy asoslari (Ohangaron koni misolida)», 04.00.04 – Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/GM184.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Botirjon Dadajonovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: “Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti” Davlat muassasasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: «Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti» Davlat muassasasi, DSc.31/2025.27.12.GM.05.01.
Rasmiy opponentlar: Xushvaktov Saydulla Xalbazarovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy hodim; Mavlyanov Timur Erkinovich, geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi global iqlim o‘zgarishi sharoitida Ohangaron er osti suv konining geofiltratsiya modelini yaratish hamda er osti suvlaridan samarali foydalanishning ilmiy-uslubiy asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
er osti suvlaridan foydalanishda turli suv olish inshootlarini samarali joylashtirish uchun geologik va gidrogeologik sharoitlarning o‘ziga xos xususiyatlari aniqlangan;
turli gidrogeologik sharoitlarda er osti suvlaridan foydalanishda suv olish inshootlari turlarini asoslash uchun takomillashtirilgan gidrogeologik mezonlar ishlab chiqilgan;
Processing ModFlow 8 dasturiy ta’minoti yordamida iqlim o‘zgarishining er osti suvlari holatiga ta’sirini baholash imkonini beruvchi geofiltratsiya modeli yaratilgan;
turli gidrogeologik sharoitlar uchun tanlangan er osti suv olish inshootlaridan kelajakda samarali foydalanishning ilmiy asoslangan uslubiyati ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Er osti suv konlarini samarali ekspluatatsiya qilishning ilmiy-uslubiy asoslari bo‘yicha erishilgan ilmiy natijalar asosida:
er osti suvlarini olish inshootlarini joylashtirish uchun aniqlangan geologik va gidrogeologik sharoitlarning o‘ziga xos xususiyatlari Toshkent gidrogeologiya stansiyasi amaliyotiga tatbiq etilgan (Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2025 yil 16 iyundagi 08-1591-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, hududning geologik-gidrogeologik xususiyatlarini aniqlash hamda er osti suvlarining miqdori, sifat darajasi va ularning to‘yinganlik holatiga qarab turli xil er osti suv olish inshootlarini samarali joylashtirish imkoniyati yaratilgan;
er osti suvlarini olish inshootlari turlarini asoslash uchun ishlab chiqilgan gidrogeologik mezonlar Toshkent gidrogeologiya stansiyasidagi tadqiqot amaliyotiga joriy etilgan (Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2025 yil 16 iyundagi 08-1591-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur hududda turli xil kombinatsiyalangan suv olish inshootlaridan samarali foydalanish imkoniyati yaratilgan;
er osti suv olish inshootlaridan samarali foydalanish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy asoslangan uslubiyat Toshkent gidrogeologiya stansiyasining amaliy-tadqiqotlariga tatbiq etilgan (Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2025 yil 16 iyundagi 08-1591-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mavjud suv olish inshootlaridan oqilona foydalanish va tizimli boshqarish bo‘yicha amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot ishlarini loyihalashtirishda ilmiy asos bo‘lish imkoninni bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish