Mahmadullaev Jasurbek Odiljon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Modifikatsiyalangan polimer oltingugurt olish texnologiyasini ishlab chiqish va qo‘llash», 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/T5836.
Ilmiy rahbar: Sottiqulov Elyor Sotimboevich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti, DSc.30/2025.27.12.K/T.01.01.
Rasmiy opponentlar: Yodgorov Normuhammad, kimyo fanlari doktori, professor; Nazarov Sayfullo Ibodullaevich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy xomashyolar asosida modifikatsiyalangan polimer oltingugurt olish texnologiyasini ishlab chiqish hamda uning amaliy qo‘llanilish imkoniyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
modifikatsiyalangan polimer oltingugurt olish jarayonida harorat 165℃ hamda unga inisiator sifatida ammoniy persulfati ishlatilganda eng yuqori samaradorlikka erishishi aniqlangan;
tanlab olingan modifikator yordamida modifikatsiyalangan polimer oltingugurtning kristallik darajasi 92,97% dan 39,48 % ga kamayib ammorf holatiga o‘tganligi aniqlangan;
modifikatsiyalangan polimer oltingugurt 101-N, 101-L, 301-L, 201, HF5366 va HA6000 markali rezina qorishmalarida qo‘llanilganda olingan materiallarning fizik mexanik xossalari 2-10% ga ortishi isbotlangan;
olingan polimer oltingugurt BND 60/90 markali bitumni modifikatsiya qilishda qo‘llanilganda yumshash harorati 10-12% ga ortishi, mo‘rtlik darajasi -18℃ gacha pasayishi aniqlangan;
yarim sanoat sharoitida polimer oltingugurt olish texnologiyasi ishlab chiqilgan va texnik iqtisodiy samaradorligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Modifikatsiyalangan polimer oltingugurt olish texnologiyasini ishlab chiqish va qoʻllash boʻyicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mahalliy xomashyolar asosida olingan modifikatsiyalangan polimer oltingugurt “Birinchi Rezinatexnika zavodi” MChJ XKda amaliyotga joriy qilingan (“Birinchi Rezinatexnika zavodi” MChJ XKning 2025 yil 24 iyuldagi 09/1-492-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, konveer tasmalarining va avtomobil shinalarining boshqa turdagi rezina qorishmalarida ham qoʻllash imkonini bergan;
import o‘rnini bosuvchi vulqonlash agenti sifatida erimaydigan oltingugurt “Birinchi Rezinatexnika zavodi” MChJ XKning rezina qorishmalari sexida amaliyotga joriy qilingan (“Birinchi Rezinatexnika zavodi” MChJ XK ning 2025 yil 24 iyuldagi 09/1-492-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, import mahsulotlarni mahalliylashtirish imkonini bergan.