Bazarbaev Maxsetbay Muratbaevichning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida
e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Ikkilamchi xom-ashyolar asosidagi g‘ovak to‘ldiruvchi va undan foydalanib olingan engil beton” 05.09.05 – “Qurilish materiallari va buyumlari”, (texnika fanlari bo‘yicha).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/T6275
Ilmiy rahbarlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Shakirov Tuyg‘unjon Turg‘unovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti, DSc.03/2026.09.01.T.02.M
Rasmiy opponentlar: Raximov Raximboy Atajanovich – texnika fanlari doktori, professor, Berdiev Oblakul Bobakulovich – texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ishlatilgan shishaning siniqlari va ko‘mirli gildan foydalanib g‘ovakli to‘ldiruvchilar hamda ular asosidagi engil betonlarning tarkiblarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Dissertatsiya tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
«shisha - ko‘mirli gil - suyuq shishaning suvli eritmasi» shixta tizimidagi shishaning ko‘mirli gilga nisbatini o‘zgartirish orqali g‘ovakli to‘ldiruvchining to‘kma zichligi 312-585 kg/m3, mustahkamligi 0,65-0,91 MPa bo‘lishiga erishilgan;
g‘ovakli to‘ldiruvchi granulalari sirtiga mikrokremnezem kukunini purkab ishlov berish orqali granulalar yuzasini faollashtirishga erishilgan;
650 °C haroratda 10 daqiqa davomida termozarba berish orqali fraksiyalari 1,25 mm dan 20 mm gacha bo‘lgan sun’iy g‘ovakli to‘ldiruvchi granulalarini ishlab chiqarish imkoniyati isbotlangan;
yangi g‘ovakli to‘ldiruvchi asosidagi beton tarkiblariga 0,7 % Sika 43-36 superplastifikatorini qo‘shish orqali, ortacha zichligi 513-679 kg/m3, mustahkamligi 1,31-6,59 MPa bo‘lgan o‘ta engil betonlar olingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ikkilamchi xomashyolar asosidagi g‘ovakli to‘ldiruvchi va undan foydalanib olingan engil beton bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: shisha chiqindilari va ko‘mirli gillardan bog‘lovchi sifatida suyuq shishaning suvli eritmasi va kukunlovchi modda sifatida mikrokremnezemdan foydalanib olingan g‘ovakli to‘ldiruvchi “SVERXBELPROEKT” MChJ da joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 19-dekabrdagi 34-06/15125-son ma’lumotnomasi). Natijada to‘kma zichligi 331 kg/m3, suv shimuvchanligi 2,9 %, g‘ovakligi 87,07 % bo‘lgan g‘ovakli to‘ldiruvchi olishga erishilgan;
g‘ovakli to‘ldiruvchining mayda va yirik fraksiyalari, portlandsement, superplastifikatordan iborat issiqlik izolyasion bloklar “MAXITO NO‘KIS”MChJ da joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 19-dekabrdagi 34-06/15125-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘rtacha zichligi 493-731kg/m3, siqilishdagi mustahkamligi 1,31-6,59 MPa, issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffisenti 0,12-0,21 W/(m·K) bo‘lgan issiqlik izolyasion bloklar olishga erishilgan.