Zokirova Hulkar Izzatillaevnaning
filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Inglizcha-o‘zbekcha mashina tarjimasi uchun matematik terminlarning lingvistik ta’minotini yaratish tamoyillari”, 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (Filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Fil4920.
Ilmiy rahbar: Abduraxmonova Nilufar Zaynobiddin qizi, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Fil.22.03.
Rasmiy opponentlar: Sultonova Shohista Muxammadjanovna, filologiya fanlari doktori, professor; Nabieva Dilora Abduxamidovna, filologiya fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: inglizcha-o‘zbekcha mashina tarjimasi uchun matematik terminlarning lingvistik ta’minotini yaratish hamda ularning semantik-struktur jihatlarini tahlil qilish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
dunyo mashina tarjimasining metodologik asoslari tadqiq qilinib, terminologik tizimga yo‘naltirilgan ilmiy yondashuvlar asosida zamonaviy neyro mashina tarjimasi samaradorligini oshirishda sohaviy terminologik ma’lumotlar bazasini shakllantirish zarurati hamda o‘zbek tili lingvistik modellarining mashina tarjimasi tizimlaridagi imkoniyatlari nazariy jihatdan asoslangan;
matematika sohasiga doir ilmiy matnlar parallel korpusi asosida o‘zbek va ingliz tillaridagi matematik terminlarning struktur tuzilishi, morfologik kategoriyalarga ko‘ra farqlanishi hamda terminlarning derivatsion modellari https://paratranslator.uz/ platformasidan segmentlangan birliklarning muqobilligi asosida kvantativ tekshirilib, uning lingvistik xususiyatlari ilmiy jihatdan isbotlangan; 
mashina tarjimasining tarjima xotirasi uchun (TM – translation memory) matematik terminlarning o‘zbekcha va inglizcha muqobillari hamda avtomatik tarjima orqali yuz beruvchi semantik xatoliklar korpus tahlili asosida o‘rganilib, terminlarning Protege dasturida ontologik modeli ishlab chiqilgan hamda giponim va giporonim tasnifi jihatdan ularning semantik asoslari dalillangan; 
matematik terminlarning bilingval leksikonini yaratish orqali mashina tarjimasining terminografik tizimi takomillashtirilib, n-gram model asosida muayyan termin uzunligidagi leksik birliklarning ingliz va o‘zbek tiliga xos bo‘lgan tarjima valentliklari tadqiq qilingan hamda uning ma’lumotlar bazasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Mashina tarjimasida matematik terminlarning lingvistik xususiyatlari va struktur modellariga oid ilmiy natijalar asosida: 
dunyo mashina tarjimasining metodologik asoslari tadqiq qilinib, terminologik tizimga yo‘naltirilgan ilmiy yondashuvlar asosida zamonaviy neyro mashina tarjimasi samaradorligini oshirishda sohaviy terminologik ma’lumotlar bazasini shakllantirish zarurati hamda o‘zbek tili lingvistik modellarining mashina tarjimasi tizimlaridagi imkoniyatlari nazariy jihatdan asoslangan hamda matematik terminlarning bilingval leksikonini yaratish orqali mashina tarjimasining terminografik tizimi takomillashtirilib, n-gram model asosida muayyan termin uzunligidagi leksik birliklarning ingliz va o‘zbek tiliga xos bo‘lgan tarjima valentliklari tadqiq qilingan hamda uning ma’lumotlar bazasi yaratilganligi ilmiy jihatdan  Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazida 2024-2025-yilda bajarilgan “Yangi so‘z va atamalarning o‘zbekcha muqobilini sun’iy intellekt asosida avtomatik taqdim qiluvchi atamacom.uz dasturiy ta’minoti platformasi va mobil ilovalarini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada onlayn ma’lumotlar bazasi yaratilishida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazida bajarilgan 2025-yil 16-sentyabrdagi 1530-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ilmiy terminlarning semantik tuzilmasi va ierarxik aloqalariga oid o‘rinlari matematik terminlarga oid fikrlar bilan boyitilgan;
mashina tarjimasining tarjima xotirasi uchun (TM – translation memory) matematik terminlarnining o‘zbekcha va inglizcha muqobillari hamda avtomatik tarjima orqali yuz beruvchi semantik xatoliklar korpus tahlili asosida o‘rganilib, terminlarning Protege dasturida ontologik modeli ishlab chiqilgan hamda giponim va giporonim tasnifi jihatdan ularning semantik asoslaridan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan “REP-25112021/113 – UzUDT: O‘zbek tilida tabiiy tilni qayta ishlash uchun universal bog‘liqlik daraxti korpusi va uning semantik tahlili” mavzusidagi xalqaro ilmiy loyihada foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2025-yil 5-sentyabrdagi 04/11-16-171-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha kompyuter lingvistikasi sohasiga matnlardagi terminlarning to‘g‘ri va aniq tarjima qilish bo‘yicha yangi asoslarga ega bo‘ldi;
matematika sohasiga doir ilmiy matnlar parallel korpusi asosida o‘zbek va ingliz tillaridagi matematik terminlarning struktur tuzilishi, morfologik kategoriyalarga ko‘ra farqlanishi hamda terminlarning derivatsion modellari https://paratranslator.uz/ platformasidan segmentlangan birliklarning muqobilligi asosida kvantativ tekshirilib, uning lingvistik xususiyatlariga oid xulosalardan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida 2024-2025-yillarda bajarilgan “IL-7823051524 raqamli “Paratranslator: parallel korpusga asoslangan kontekstologik elektron tarjima lug‘at platformasini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihasida qo‘llanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2025-yil 5-sentyabrdagi 04/11-16-169-son ma’lumotnomasi). Natijada, parallel korpusdagi terminologik resurslar ko‘lami matematik terminlar hisobiga kengaytirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish