Djuraeva Gulnoza Tulkunovnaning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami darajasida ayollarning reproduktiv salomatligini saqlash va antenatal parvarish qilish tamoyillarini takomillashtirish”, 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya, 14.00.33 – Jamiyat salomatligi. Sog‘liqni saqlashda menejment (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: № B2025.4.DSc/Tib14.18.
Ilmiy maslahatchilar:: Najmutdinova Dilbar Kamariddinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Mamatqulov Baxromjon Mamatqulovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti huzuridagi DSc.06/2025.27.12.Tib.01.05 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Qurbonov Jahongir Jamalovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Isenova Saule Shaykenovna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Qozog‘iston Respublikasi); Abdurahimov Zohid Abduvaskovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Kulakov nomidagi akusherlik, ginekologiya va perinatal tibbiyot milliy ilmiy-tadqiqot markazi (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi birlamchi tibbiy-sanitariya yordami darajasida raqamli texnologiyalardan foydalangan holda tibbiy yordam ko‘rsatishning integratsiyalashgan klinik-tashkiliy modelini ishlab chiqish va joriy etish orqali ayollar reproduktiv salomatligini muhofaza qilish hamda homiladorlikni antenatal boshqarishni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
homilador ayollarda temir tanqisligining prelatent bosqichida temir tanqisligiga skrining-test ko‘rsatkichi >30%, gepsidin darajasi <10 ng/ml, ferritin <30 ng/ml, transferrinning temirga to‘yinganligi <20% va serebroplatsentar nisbat <1,0 hamda ushbu mezonlarning sezgirlik darajasi-90,7%, xoslik darajasi esa 86,7% bo‘lishi kompleks prognostik mezonlar sifatida xizmat qilishi isbotlangan;
gemoglobin ko‘rsatkichlari me’yorda bo‘lgan homilador ayollarning 40% dagi mavjud latent temir tanqisligi preeklampsiya, homila o‘sishining kechikishi, muddatidan oldingi tug‘ruqlar, akusherlik qon ketishlari chastotasining ishonchli darajada oshishiga olib kelishi hamda homiladorlarni antenatal davrdagi kuzatuvda faqat gemoglobin darajasini aniqlashga asoslangan rutin skriningning diagnostik qiymati etarli emasligi isbotlangan;
birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida klinik-tashkiliy algoritm doirasida anemiyani davolashning an’anaviy usullariga nisbatan gemoglobin ko‘rsatkichlaridan qat’iy nazar, homiladorlarning II–III trimestrdagi ferritin darajasi <15 ng/ml va transferrinni temirga to‘yinganligi <20% bo‘lgan holatlarda, temir karboksimal`tozatini qo‘llashni klinik samaradorligi va xavfsizligi asoslangan (p < 0,05);
birlamchi tizim shifokorlari, ayniqsa yuqori darajadagi kasbiy toliqish qayd etilgan shifokorlar tomonidan homiladorlarni antenatal olib borish milliy klinik protokollariga rioya qilmasligi, antenatal parvarish sifatining va gravidogrammaning past darajada yuritilishi (oilaviy shifokorlarda 33,9% va akusher-ginekologlarda 67,9%; p < 0,001), xavf omillarini barvaqt aniqlanmasligi homilador ayollarning salomatlik holatini yomonlashishiga, akusherlik va perinatal xavflarning 2,5 barobar oshishiga olib kelishi statistik jihatdan bog‘liqligi isbotlangan (χ²(1)=61,28; p<0,001; φ=0,34);
homiladorlarni xavf darajasiga ko‘ra differensial olib borish va reglamentlashtirilgan rollar taqsimoti (past xavf - oila shifokori, yuqori xavf - akusher-ginekolog, surunkali patologiya - mul`tidissiplinar kuzatuv)ga asoslangan akusherlik xavflarini raqamli avtomatlashtirilgan stratifikatsiya qilish va marshrutizatsiyani o‘z ichiga olgan integratsiya qilingan yagona klinik-tashkiliy modelning akusherlik va perinatal asoratlarni erta prognozlash, ularni oldini olish, tibbiy yuklamani ratsional taqsimlash yo‘li bilan kasbiy toliqish xavfini kamaytirishga qaratilgan samarali mexanizm sifatida xizmat qilishi asoslangan;
homiladorlar orasida engil darajali temir tanqisligi anemiyasi tarqalganligining haqiqiy ko‘rsatkichi 83,1% ni tashkil etib, rasmiy  statistik ma’lumotlardan (37–42%) 2,0–2,3 marta yuqori ekanligi, latent temir tanqisligi holatining o‘rta og‘irlik darajadagi anemiyaga o‘tib akusherlik va perinatal asoratlar rivojlanish xavfini 2 barobardan ko‘proq oshishiga (OR=2,3; 95% ishonchli interval; p<0,001) olib kelishi isbotlangan;
ishlab chiqilgan elektron platforma (https://soglomona.uz) antenatal kuzatuvni klinik-tashkiliy jihatlarini optimallashtirishga, akusherlik xavf omillarini barvaqt aniqlash va bashoratlash, temir tanqisligini erta aniqlash, shuningdek homilador ayollarni maqsadli individual monitoring qilish imkonini berib, o‘tkazilgan onlayn-skrining kuzatuvlar homilador ayollarning 40% ida latent, 10% ida prelatent temir tanqisligi holatlarini  erta aniqlash, o‘z vaqtida maqsadli profilaktik-terapevtik korreksiyani qo‘llash natijasida anemiyaning og‘ir darajaga o‘tish xavfi 3 martaga kamayishi isbotlangan (p<0,05). 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami (BTSYoM) darajasida ayollarning reproduktiv salomatligini saqlash va antenatal parvarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: homilador ayollarda temir tanqisligining prelatent bosqichida temir tanqisligiga skrining-test ko‘rsatkichi >30%, gepsidin darajasi <10 ng/ml, ferritin <30 ng/ml, transferrinning temirga to‘yinganligi <20% va serebroplatsentar nisbat <1,0 hamda ushbu mezonlarning sezgirlik darajasi-90,7%, xoslik darajasi esa 86,7% bo‘lishi kompleks prognostik mezonlar sifatida xizmat qilishi Toshkent shahar Olmazor tuman tibbiyot birlashmasi markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasi bo‘yicha 6.03.2025 yildagi №631-14-197-TV/2025-son buyruq va Shayxontohur tuman 9-son oilaviy poliklinikasi bo‘yicha 12.02.2024 yildagi №41 -son buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 29.09.2025 yildagi №25/52-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: temir tanqisligining prelatent va latent bosqichlarini erta aniqlash gipoksik holatlar rivojlanishining oldini olish, shoshilinch gospitalizatsiyalar va intensiv akusherlik aralashuvlariga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirish, homiladorlik va perinatal natijalarni yaxshilash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: homilador ayollarda temir tanqisligining prelatent bosqichini erta tashxislash bo‘yicha taklif etilgan mezonlarni klinik amaliyotga joriy etish og‘ir darajali anemiya rivojlanishining oldini olish, akusherlik asoratlari xavfini kamaytirishi hisobiga 163 nafar homilador ayollarda 63570000 so‘m byudjet mablag‘larini iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: erta diagnostik kompleksni qo‘llash orqali ortiqcha harajatlarni kamaytirish bir nafar homilador hisobiga byudjet mablag‘laridan 390000 so‘m tejash imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: gemoglobin ko‘rsatkichlari me’yorda bo‘lgan homilador ayollarning 40% dagi mavjud latent temir tanqisligi preeklampsiya, homila o‘sishining kechikishi, muddatidan oldingi tug‘ruqlar, akusherlik qon ketishlari chastotasining ishonchli darajada oshishiga olib kelishi hamda homiladorlarni antenatal davrdagi kuzatuvda faqat gemoglobin darajasini aniqlashga asoslangan rutin skriningning diagnostik qiymati etarli emasligining isbotlanganligi Toshkent shahar Olmazor tuman tibbiyot birlashmasi markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasi bo‘yicha 6.03.2025 yildagi №631-14-197-TV/2025-son buyruq va Shayxontohur tuman 9-son oilaviy poliklinikasi bo‘yicha 12.02.2024 yildagi №41 -son buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 29.09.2025 yildagi №25/52-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: temir tanqisligini gemoglobin ko‘rsatkichlariga bog‘liq bo‘lmagan holda barvaqt aniqlash va maqsadli korreksiya qilish orqali gipoksik holatlar, akusherlik qon ketishlari va tug‘ruq jarayonini stimulyasiya qilish ehtiyojini kamaytirishga erishildi, bu esa perinatal natijalarni yaxshilashga imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: homilador ayollarda latent temir tanqisligini barvaqt aniqlash va maqsadli korreksiya qilish tug‘ruqdan keyingi asoratlar bilan bog‘liq statsionarda yotish muddatining o‘rtacha 5 koyko-kunga qisqarishiga olib kelgan. Bir koyko-kun qiymati 230000 so‘mni tashkil etgani holda, 163 nafar homilador ayol bo‘yicha esa jami 187450000 so‘m  xarajatlarni tejashga erishilgan. Xulosa: erta diagnostik kompleksni qo‘llash tug‘ruqdan keyingi asoratlar bilan bog‘liq statsionar koyko-kunlar sonini qisqartirish orqali bir nafar homilador hisobiga byudjet mablag‘laridan 1150000 so‘m tejash imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida klinik-tashkiliy algoritm doirasida anemiyani davolashning an’anaviy usullariga nisbatan gemoglobin ko‘rsatkichlaridan qat’iy nazar, homiladorlarning II–III trimestrdagi ferritin darajasi <15 ng/ml va transferrinni temirga to‘yinganligi <20% bo‘lgan holatlarda, temir karboksimal`tozatini qo‘llashni klinik samaradorligi va xavfsizligi asoslanganligi, shuningdek, erta diagnostika va parenteral terapiya qo‘llanilishi natijasida anemiya II darajasi rivojlanishi ikki barobardan ortiq kamayishi, akusherlik qon ketishlari 52% ga, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni intensiv terapiya bo‘limlariga o‘tkazish ehtiyoji 50% ga, chilla davri infeksiyalari 67% ga qisqarishi kuzatilganligi Toshkent shahar Olmazor tuman tibbiyot birlashmasi markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasi bo‘yicha 6.03.2025 yildagi №631-14-197-TV/2025-son buyruq va Shayxontohur tuman 9-son oilaviy poliklinikasi bo‘yicha 12.02.2024 yildagi №41 -son buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 29.09.2025 yildagi №25/52-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: temir karboksimal`tozatini II–III trimestrda ferritin <15 ng/ml va transferrinning temirga to‘yinish darajasi <20% bo‘lgan homiladorlarda qo‘llash anemiyaning II darajasi rivojlanish chastotasini sezilarli kamaytirish, akusherlik qon ketishlari 52% ga, chilla davri infeksiyalari 67% ga hamda yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni intensiv terapiya bo‘limlariga o‘tkazish ehtiyojini 50% ga qisqartirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: erta diagnostika va parenteral temir karboksimal`tozat terapiyasini qo‘llash tug‘ruqdan keyingi asoratlar bilan bog‘liq statsionarda yotish muddatining o‘rtacha 5 koyko-kunga qisqarishiga olib kelgan. Bir koyko-kun qiymati 230000 so‘mni tashkil etgani holda, 163 nafar homilador ayol bo‘yicha ona tomonidan umumiy byudjet tejami 187450000 so‘mni tashkil etgan. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni intensiv terapiya bo‘limlariga o‘tkazish ehtiyojining 50% ga kamayishi xarajatlarining qisqarishiga olib kelib, tibbiy yordam ko‘rsatish xarajatlarini qo‘shimcha ravishda kamaytirishga erishilgan. Xulosa: temir karboksimal`tozatini klinik-tashkiliy algoritm asosida qo‘llash akusherlik va neonatal asoratlar chastotasini kamaytirish, statsionar koyko-kunlar sonini qisqartirish hamda intensiv terapiya xarajatlarini pasaytirish orqali bir nafar homilador hisobiga byudjet mablag‘laridan 1150000 so‘m tejash imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: birlamchi tizim shifokorlari, ayniqsa yuqori darajadagi kasbiy toliqish qayd etilgan shifokorlar tomonidan homiladorlarni antenatal olib borish milliy klinik protokollariga rioya qilmasligi, antenatal parvarish sifatining va gravidogrammaning past darajada yuritilishi (oilaviy shifokorlarda 33,9% va akusher-ginekologlarda 67,9%; p < 0,001), xavf omillarini barvaqt aniqlanmasligi homilador ayollarning salomatlik holatini yomonlashishiga, akusherlik va perinatal xavflarning 2,5 barobar oshishiga olib kelishi statistik jihatdan bog‘liqligi Surxondaryo viloyati Termiz shahar tibbiyot birlashmasining 12.06.2025 yildagi №404-son buyruq va Surxondaryo viloyati Denov shahar tibbiyot birlashmasining  12.06.2025 yildagi №406-son buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 22.09.2025 yildagi №25/52-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: xavf omillarini erta stratifikatsiya qilish, gravidogrammaning standartlashtirilgan yuritilishi va klinik protokollarga qat’iy rioya qilish orqali akusherlik va perinatal asoratlar chastotasini kamaytirish, homilador ayollarda kasalliklarni barvaqt aniqlash va o‘z vaqtida korreksiya qilish imkoni beradi. Iqtisodiy samaradorligi: antenatal kuzatuvda klinik protokollarga rioya etish va xavf omillarini barvaqt aniqlash natijasida akusherlik va perinatal asoratlar bilan bog‘liq statsionar gospitalizatsiyalar soni hamda koyko-kunlar davomiyligi qisqarishi natijasida, 1048 nafar homilador ayol bo‘yicha umumiy byudjet 1205200000 so‘mni tejashga erishilgan. Xulosa: klinik protokollarga rioya etish va xavf omillarini barvaqt stratifikatsiya qilishga asoslangan tashkiliy yondashuv akusherlik va perinatal asoratlar chastotasini kamaytirish, statsionar koyko-kunlar sonini qisqartirish hamda tibbiy yordam xarajatlarini optimallashtirish orqali bir nafar homilador hisobiga byudjet mablag‘laridan 1150000 so‘m tejash imkonini bergan;
beshinchi ilmiy yangilik: homiladorlarni xavf darajasiga ko‘ra differensial olib borish va reglamentlashtirilgan rollar taqsimoti (past xavf - oila shifokori, yuqori xavf - akusher-ginekolog, surunkali patologiya - mul`tidissiplinar kuzatuv)ga asoslangan akusherlik xavflarini raqamli avtomatlashtirilgan stratifikatsiya qilish va marshrutizatsiyani o‘z ichiga olgan integratsiya qilingan yagona klinik-tashkiliy modelning akusherlik va perinatal asoratlarni erta prognozlash, ularni oldini olish, tibbiy yuklamani ratsional taqsimlash yo‘li bilan kasbiy toliqish xavfini kamaytirishga qaratilgan samarali mexanizm sifatida xizmat qilishi Surxondaryo viloyati Termiz shahar tibbiyot birlashmasining 12.06.2025 yildagi №404-son buyruq va Surxondaryo viloyati Denov shahar tibbiyot birlashmasining  12.06.2025 yildagi №406-son buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 22.09.2025 yildagi №25/52-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: xavflarni barvaqt aniqlash va maqsadli marshrutizatsiya orqali akusherlik va perinatal asoratlar xavfi kamaytirildi, asossiz yo‘naltirishlar qisqartirildi, klinik qaror qabul qilish tezlashdi hamda shifokorlarda kasbiy toliqish xavfini pasaytirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: har bir shifokorda yillik 8 kunlik vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik qayd etilgan bo‘lib, bu jami 1176 kunlik ish qobiliyati yo‘qotilishiga teng. Bir kunlik o‘rtacha mehnat xarajatlari 350000 so‘m hisobida yillik iqtisodiy yo‘qotish 411600000 so‘mni tashkil etgan. Raqamli klinik-tashkiliy model joriy etilishi natijasida kasbiy toliqish darajasining 20% ga pasayishi hisobidan byudjet mablag‘larining yillik 82320000 so‘m miqdorida tejalishiga erishilgan. Xulosa: raqamli klinik-tashkiliy modelni joriy etish kasbiy toliqish bilan bog‘liq vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik kunlarini qisqartirish orqali bir nafar shifokor hisobiga yillik 560000 so‘m tejash imkonini bergan;
oltinchi ilmiy yangilik: homiladorlar orasida engil darajali temir tanqisligi anemiyasi tarqalganligining haqiqiy ko‘rsatkichi 83,1% ni tashkil etib, rasmiy  statistik ma’lumotlardan (37–42%) 2,0–2,3 marta yuqori ekanligi, latent temir tanqisligi holatining o‘rta og‘irlik darajadagi anemiyaga o‘tib akusherlik va perinatal asoratlar rivojlanish xavfini 2 barobardan ko‘proq oshishiga (OR=2,3; 95% ishonchli interval; p<0,001) olib kelishi Surxondaryo viloyati Termiz shahar tibbiyot birlashmasining 12.06.2025 yildagi №404-son buyruq va Surxondaryo viloyati Denov shahar tibbiyot birlashmasining  12.06.2025 yildagi №406-son buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 22.09.2025 yildagi №25/52-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: temir tanqisligi anemiyasining haqiqiy epidemiologik ko‘lamini aniqlash orqali xavf guruhlarini barvaqt stratifikatsiya qilish, profilaktik va davolash choralarini kuchaytirish, akusherlik va perinatal asoratlar xavfini kamaytirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: temir tanqisligi holatlarini erta aniqlash va korreksiya qilish og‘ir darajali anemiya hamda u bilan bog‘liq akusherlik asoratlarini davolashga sarflanadigan qo‘shimcha statsionar xarajatlarning oldini olishga xizmat qildi, bu esa byudjet mablag‘laridan iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: temir tanqisligini erta aniqlash va profilaktik korreksiya qilish orqali og‘ir darajali anemiya hamda u bilan bog‘liq akusherlik asoratlarini davolash xarajatlari bilan solishtirilganda bir nafar homilador hisobiga byudjet mablag‘laridan 2470000 so‘m tejash imkonini bergan;
ettinchi ilmiy yangilik: ishlab chiqilgan elektron platforma (https://soglomona.uz) antenatal kuzatuvni klinik-tashkiliy jihatlarini optimallashtirishga, akusherlik xavf omillarini barvaqt aniqlash va bashoratlash, temir tanqisligini erta aniqlash, shuningdek homilador ayollarni maqsadli individual monitoring qilish imkonini berib, o‘tkazilgan onlayn-skrining kuzatuvlar homilador ayollarning 40% ida latent, 10% ida prelatent temir tanqisligi holatlarini  erta aniqlash, o‘z vaqtida maqsadli profilaktik-terapevtik korreksiyani qo‘llash natijasida anemiyaning og‘ir darajaga o‘tish xavfi 3 martaga kamayishi Surxondaryo viloyati Termiz shahar tibbiyot birlashmasining 12.06.2025 yildagi №404-son buyruq va Surxondaryo viloyati Denov shahar tibbiyot birlashmasining  12.06.2025 yildagi №406-son buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 22.09.2025 yildagi №25/52-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Ishlab chiqilgan elektron platforma orqali onlayn-skrining va avtomatlashtirilgan monitoring temir tanqisligining prelatent va latent bosqichlarini barvaqt aniqlash, maqsadli profilaktik-terapevtik korreksiyani o‘z vaqtida qo‘llash hamda anemiyaning og‘ir darajaga o‘tish xavfini kamaytirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi Onlayn-skrining natijalariga ko‘ra tadqiqotga kiritilgan 430 nafar homilador ayolning 50%ida (215 nafar) temir tanqisligi klinika oldi bosqichda aniqlanib, erta profilaktik-terapevtik korreksiya qo‘llanilishi hisobiga byudjetdan tashqari mablag‘lardan 630000 so‘m tejash imkoni ta’minlangan. Bu esa 430 nafar homilador bo‘yicha umumiy hisobda 531050000 so‘m iqtisodiy samaraga erishilgan. Xulosa: elektron platforma asosida temir tanqisligini erta aniqlash va profilaktik korreksiya qilish orqali og‘ir darajali anemiya hamda u bilan bog‘liq asoratlarni davolash xarajatlarini bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘laridan 1840000 so‘m tejash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish