Raimjonov Rustambek Ravshanbek o‘g‘lining  
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Ko‘krak yoshidagi bolalarda tishlar taraqqiyotining klinik-morfologik xususiyatlari, 14.00.21 – Stomatologiya, 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1248.
Ilmiy rahbar: Rizaev Jasur Alimdjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Raxmatova Mukkadas Xoltaevna tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarkand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi DSc.06/2025.27.12.Tib. 17.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Oripov Firdavs Suratovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Antonova Aleksandra Anatol`evna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Sakarya universiteti (Turkiya)
II. Tadqiqotning maqsadi: turli oziqlanish muhitlarida ko‘krak yoshidagi bolalar tish-jag‘ tizimi rivojlanish xususiyatlarini klinik va morfologik ko‘rsatkichlar asosida aniqlashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bolalarda tish-jag‘ tizimi taraqqiyotining klinik-morfologik statusi kompleks taxlil kilinib tish-jag‘ tizimi deformatsiyalarini erta aniqlashga qaratilgan takomillashtirilgan diagnostik yondashuv taklif kilingan va ushbu usulga muvofiq, antropometrik ko‘rsatkichlarni baholash orqali bolalarda tish-jag‘ tizimi deformatsiyalarining shakllanish xavfi darajasini aniqlash mezonlari ilmiy jihatdan asoslangan;
ko‘krak yoshidagi bolalarda sut tishlari yorib chiqish sindromining (K00.7, KXT-10) klinik kechishini baholash uchun integral balli diagnostik ko‘rsatkichlar ishlab chiqilgan va baholash tizimi sindromning og‘irlik darajasi, klinik simptomlar majmuasi, umumiy va mahalliy, shuningdek, birlamchi va ikkilamchi simptomlarning namoyon bo‘lish darajasini qamrab olgan va sut tishlari yorib chiqish sindromining klinik og‘irlik darajasini ob’ektiv belgilashi asoslangan;
bolalar oziqlanish muhitining tish va tish-jag‘ tizimi to‘qimalari taraqqiyotiga ta’siri morfologik jihatdan tahlil qilinib, sun’iy oziqlantirish sharoitida tish to‘qimalarining rivojlanishdan ortda qolishi va noto‘liq shakllanishi ilmiy jihatdan asoslangan xamda tish to‘qimalarining morfologik jihatdan etarli darajada rivojlanmasligi ularning yorib chiqish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatishi isbotlangan;
sut tishlari yorib chiqish davrida kuzatiladigan klinik simptomlar tizimlashtirilib, birlamchi va ikkilamchi guruhlarga ajratilgan va shu asosda birlamchi klinik belgilarga nisbatan maqsadli simptomatik terapiyani qo‘llash orqali ikkilamchi simptomlar rivojlanishining oldini olishga qaratilgan profilaktik-davolash usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi. 
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2026 yil 3 fevraldagi 02/47-son xulosasiga ko‘ra: 
birinchi ilmiy yangilik: bolalarda tish-jag‘ tizimi taraqqiyotining klinik-morfologik statusi kompleks taxlil kilinib tish-jag‘ tizimi deformatsiyalarini erta aniqlashga qaratilgan takomillashtirilgan diagnostik yondashuv taklif kilingan va ushbu usulga muvofiq, antropometrik ko‘rsatkichlarni baholash orqali bolalarda tish-jag‘ tizimi deformatsiyalarining shakllanish xavfi darajasini aniqlash mezonlari ilmiy jihatdan asoslangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif Farg‘ona viloyat stomatologiya shifoxonasining 03.09.2025 yildagi 17-sonli va Andijon viloyat bolalar stomatologiya poliklinikasining 23.09.2025 yildagi 11-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2026 yil 3 fevraldagi  02/47-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bolalarda tish-jag‘ tizimi deformatsiyalarini erta tashxislash va oldini olish orqali chaynov, yutinish, nutq va nafas olish funksiyalari me’yoriy holatini ta’minlash orqali bola hayoti sifatini yaxshilashga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi: Hozirgi vaqtda har bir ikkinchi bola va yoshlarning 30% qismi yuqori ixtisoslashgan ortodontik yordamga muxtojlik kuzatilmoqda (Xabilov, 2016). Shundan, bolalarda tishlarga bog‘liq holda yuzaga keladigan tish qatorlarining tez rivojlanadigan deformatsiyasiga ega qismi ulushi 58,4% ga teng (Gontarev S.N., Salamatina O.A., 2011). Bitta bolada tish-jag‘ tizimi deformatsiyalarini breket tizimi ya’ni edjuvays texnikasi yordamida davolashning o‘rtacha narxi 4048600 so‘mga teng (Andijon viloyat stomatologiya poliklinikasining pullik tibbiy xizmat narxnomasiga asosan). Xulosa: Ushbu ilmiy yangilikdan foydalanish bolalarni tish-jag‘ tizimining deformatsiyasini oldini olish  hisobiga tadqiqot ko‘lami bo‘yicha (numumiy=1000, nOYoM=500, ndef=292) 1182191200 so‘m mablag‘lar tejalishiga imkon beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: ko‘krak yoshidagi bolalarda sut tishlari yorib chiqish sindromining (K00.7, KXT-10) klinik kechishini baholash uchun integral balli diagnostik ko‘rsatkichlar ishlab chiqilgan va baholash tizimi sindromning og‘irlik darajasi, klinik simptomlar majmuasi, umumiy va mahalliy, shuningdek, birlamchi va ikkilamchi simptomlarning namoyon bo‘lish darajasini qamrab olgan va sut tishlari yorib chiqish sindromining klinik og‘irlik darajasini ob’ektiv belgilashi asoslangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif Farg‘ona viloyat stomatologiya shifoxonasining 03.09.2025 yildagi 17-sonli va Andijon viloyat bolalar stomatologiya poliklinikasining 23.09.2025 yildagi 11-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2026 yil 3 fevraldagi  02/47-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bolalarda tish-jag‘ tizimi deformatsiyalarini erta tashxislash va oldini olish orqali chaynov, yutinish, nutq va nafas olish funksiyalari me’yoriy holatini ta’minlash orqali bola hayoti sifatini yaxshilashga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi: Bitta bolada sut tishlari yorib chiqish sindromi kechishining og‘irlashishini olidini olish hisobiga simptomatik terapiyani joriy etilishi dori darmon-harajatlariga 1 bemor uchun 152734 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘lar tejalishiga imkon beradi. Xulosa: ushbu ilmiy yangilikni tashrix vaqtida qo‘llash dori-darmon xarajatlari kamayishi hisobiga tadqiqot ko‘lami bo‘yicha (n=1000) 152734000 so‘m mablag‘lar iqtisod qilinishiga imkon beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: bolalar oziqlanish muhitining tish va tish-jag‘ tizimi to‘qimalari taraqqiyotiga ta’siri morfologik jihatdan tahlil qilinib, sun’iy oziqlantirish sharoitida tish to‘qimalarining rivojlanishdan ortda qolishi va noto‘liq shakllanishi ilmiy jihatdan asoslangan xamda tish to‘qimalarining morfologik jihatdan etarli darajada rivojlanmasligi ularning yorib chiqish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatishi isbotlangan; Bu yangiliklar Samarqand davlat tibbiyot instituti tomonidan 2025 yil 26 iyunda 11-son Ilmiy kengashida tasdiqlangan «Turli xil oziqlanish muhitidagi bolalarda sut tishlari taraqqiyotini klinik-morfologik baholash» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif Farg‘ona viloyat stomatologiya shifoxonasining 03.09.2025 yildagi 17-sonli va Andijon viloyat bolalar stomatologiya poliklinikasining 23.09.2025 yildagi 11-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2026 yil 3 fevraldagi  02/47-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: eksperimental tadqiqot natijalarini klinik amaliyotga joriy etish turli xil oziqlanish muhitidagi bolalarda tishlar yorib chiqish sindromi klinikasini prognozlashga, tish-jag‘ tizimida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan turli xil asoratlarning olishga, diagnostika davomiyligini qisqartirishga va turli xil nojo‘ya simptomlarni yuzaga kelishidan oldin boshlang‘ich davrlarida oldini olishga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi: Sun’iy usulda oziqlanadigan bolalarning ayrimlarida tishlar yorib chiqish davrida yuz terisida turli xil toshmalarning toshishi kuzatilgan. Ushbu toshmalarni davolashning o‘rtacha harajatini hisobga olsak, tishlar yorib chiqish davrida toshmalar toshishini oldini olish maqsadida 1 nafar bola uchun 231500 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘lar  tejalishiga imkon beradi. Xulosa: Ushbu ilmiy yangilik natijalaridan foydalanish dori-darmon xarajatlari kamayishi hisobiga tadqiqot ko‘lami bo‘yicha (nSUOB=134) 31021000 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘lar iqtisod qilinishiga imkon beradi. 
to‘rtinchi ilmiy yangilik: sut tishlari yorib chiqish davrida kuzatiladigan klinik simptomlar tizimlashtirilib, birlamchi va ikkilamchi guruhlarga ajratilgan va shu asosda birlamchi klinik belgilarga nisbatan maqsadli simptomatik terapiyani qo‘llash orqali ikkilamchi simptomlar rivojlanishining oldini olishga qaratilgan profilaktik-davolash usuli ishlab chiqilgan. Birlamchi klinik simptomlarga nisbatan simptomatik terapiyani qo‘llash orqali ikkilamchi klinik belgilarni yuzaga kelishini oldini olish usuli yaratildi. Mazkur usul Samarqand davlat tibbiyot instituti tomonidan 2025 yil 26 iyunda 11-son Ilmiy kengashida tasdiqlangan «Ko‘krak yoshidagi bolalarda tishlar yorib chiqish davri simptomlarini baholash» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif Farg‘ona viloyat stomatologiya shifoxonasining 03.09.2025 yildagi 17-sonli va Andijon viloyat bolalar stomatologiya poliklinikasining 23.09.2025 yildagi 11-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2026 yil 3 fevraldagi  02/47-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tishlar yorib chiqish davrida yuzaga keladigan birlamchi simptomlardan keyin ikkilamchi simptoplarni paydo bo‘lishini kuzatish mumkin. Ikkilamchi simptomlarga yo‘tal, xirillash, og‘iz atrofi terisining ta’sirlanishi, holsizlik, tana vaznining pasayishi, tana haroratining ortishi, uyquning buzilishi, tumov, qayt qilish (qusish), ko‘p yig‘lash kabi klinik belgilar kiradi. Bu belgilar albatta birlamchi belgilardan keyin yuzaga kelishi bilan tavsiflanadi. Agar birlamchi klinik simptomlar majmuasini oldi olinsa namoyon bo‘lish darajasi pasaytirilsa ikkilamchi klinik simptomlarni yuzaga kelishi sezilarli darajada kamayadi yoki umuman kuzatilmaydi. Iqtisodiy samaradorligi: sut tishlari yorib chiqish davrida kuzatiladigan ikkilamchi klinik belgilarni davolash maqsadida simptomatik terapiyani joriy etilishi dori darmon-harajatlariga 1 bemor uchun 152734 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘lar tejalishiga imkon beradi. Xulosa: ushbu ilmiy yangilikni tashrix vaqtida qo‘llash dori-darmon xarajatlari kamayishi hisobiga tadqiqot ko‘lami bo‘yicha (n=1000) 152734000 so‘m mablag‘lar iqtisod qilinishiga imkon beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish