Bekchanova Feruza Marimboy qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalarda 4K modeli asosida ekologik ko‘nikmalarni rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped6321.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Bekchanov Xudaybergan O‘rinovich, biologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat pedagogika instituti PhD.01/2025.27.12.Ped.12.01
Rasmiy opponentlar: Xodjaniyazov Sardor Umarovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Olimov Shirinboy Sharofovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Namangan davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi: 4K modeli asosida talabalarda ekologik ko‘nikmalarni rivojlantirish metodikasini ilmiy-uslubiy jihatdan takomillashtirish va tavsiyalar ishlab chiqish.
III. Dissertatsiya tadqiqotining ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
talabalarda 4K modeli asosida ekologik ko‘nikmalarni rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari tarkibiy komponentlarning ekologik mazmunini milliy va xalqaro tajribalarning barqaror rivojlanish tendensiyalariga innovatsion-interaktiv ta’lim muhitga kollaborativligini deduktiv tahlil asosida aniqlashtirilgan;
talabalarda 4K modeli asosida ekologik ko‘nikmalarni rivojlantirish modeli ekotizim kontekstidagi fanlararo integratsiyalashgan mazmunni 4K kompetensiyalarni amaliy faoliyat zanjiriga qaror qabul qilish qobiliyatini maqsadli integrallash, ekologik madaniyat, mas’uliyat va faol fuqarolik pozisiyasini shakllantiruvchi raqamli texnologiyalarni jarayonli-mazmun komponentlariga kiritish asosida takomillashtirilgan;
talabalarda ekologik ko‘nikmalarni shakllantirish mazmuni ekologik muammolarni natijalarga yo‘naltiruvchi 4K kompetensiyalari bilan barqaror rivojlantiruvchi g‘oyalarni fanlararo integratsiyalash, kompleks fikrlashni rivojlantirishda raqamli savodxonlikning amaliy-kreativligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
talabalarda 4K modeli asosida ekologik ko‘nikmalarni rivojlantirish samaradorligi innovatsion loyihalashgan ta’lim texnologiyalari kritik fikrlash va kreativlikni rivojlantirishga olib kelganligi tufayli ekologik mas’uliyat, ijodkor va kasbiy amaliy faoliyatida raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish asosida oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Oliy ta’lim muassasalarida yangi ta’lim muhiti sharoitida talabalarda ekologik ko‘nikmalarni rivojlantirish bo‘yicha 4K modeli integratsiyasining nazariy-metodik asoslari, pedagogik shart-sharoitlari, tarkibiy komponentlarining ekologik mazmuni, milliy va xalqaro tajribalarning barqaror rivojlanish tendensiyalariga innovatsion-interaktiv ta’lim muhitiga kollobarativligini deduktiv tahlili asosida ishlab chiqilgan takliflar “Maktabgacha ta’limda pedagogik jarayonlarni loyihalashtirish” darsligi mazmuniga kiritilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 25-avgustdagi 391-son buyrug‘i, 391130-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada ilmiy va pedagogik tadqiqotlar orqali oliy ta’lim muassasalari talabalarida 4K modeli asosida ekologik ko‘nikmalarni rivojlantirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
Oliy ta’lim muassasalari talabalariga bilim berish jarayonida 4K modeli asosida ekologik ta’lim metodikasi ishlab chiqilgan bo‘lib, ekologik madaniyat, mas’uliyat va faol fuqarolik pozisiyasini shakllantiruvchi raqamli texnologiyalarni jarayonli-mazmun komponentlariga kiritishga oid takliflar “Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish” darsligi mazmuniga kiritilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 22-dekabrdagi 537-son buyrug‘iga asosan berilgan 684346-raqamli nashr ruxsatnomasi). Shu asosda, talabalarda 4K modeli asosida zamonaviy ta’lim muhitini yaratishga oid kompetensiyasini rivojlantirish modelini yaxshilashga sharoit yaratilgan;
talabalarda ekologik ko‘nikmalarni shakllantirish mazmuni ekologik muammolarni natijalarga yo‘naltiruvchi 4K kompetensiyalari bilan barqaror rivojlantiruvchi g‘oyalarni fanlararo integratsiyalash, innovatsion loyihalashgan ta’lim texnologiyalari kritik fikrlash va kreativlikni rivojlantirishga olib kelganligi tufayli ekologik mas’uliyat, ijodkor va kasbiy amaliy faoliyatdagi raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish, ekologik ko‘nikmalar tarkibiy tuzilmasi pedagogik nuqtayi nazardan aniqlashtirilgan va innovatsion ta’lim texnologiyalarini qo‘llashga oid taklif va tavsiyalardan “Innovatsion texnologiyalar sharoitida fizika o‘qituvchisini metodik tayyorgarligini shakllantirish usullari” mavzusidagi xalqaro amaliy tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (YoA5-XT-1-31884 - raqamli ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasalari talabalarida 4K modeli asosida ekologik ko‘nikmalarni rivojlantirish jarayonini takomillashtirishga xizmat qilgan (Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining 2025-yil 18-iyundagi 01-20-09/1719-sonli ma’lumotnomasi);
talabalarda 4K modeli asosida ekologik ko‘nikmalarni shakllantirish mazmuni, kompleks fikrlashni rivojlantirishda raqamli savodxonlikning amaliy-kreativligini ta’minlashga oid takliflar “60110100-Pedagogika” yo‘nalishining malaka talabi mazmuniga kiritilgan (Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025-yil 28-apreldagi 02/01-01151-sonli ma’lumotnomasi).