Salavatova Xurshida San’at qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Yangi O‘zbekiston ta’lim sharoitida talabalarda milliy o‘zligini anglash kompetensiyalarni rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped9414
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Madraximova Feruza Ruzimbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Urganch davlat pedagogika instituti, PhD.01/2025.27.12.Ped.12.01
Rasmiy opponentlar: Nafasov Doniyor Shernafasovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent, Abdug‘aniev Ozod Tursunboy o‘g‘li pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Yangi O‘zbekiston sharoitida ta’lim jarayonida talabalarda milliy o‘zligini anglash kompetensiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan metodikani takomillashtirish hamda uning samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarda milliy o‘zligini anglash kompetensiyalarini shakllantirishning metodik imkoniyatlari yangi ta’lim pradigmasini shaxsning ijtimoiy voqelikka munosabatiga ajdodlarimizning axloqiy me’yorlari va muomala madaniyatini uyg‘unlashtirish, mustaqil fikrlash o‘z pozisiyasini shakllantirishda tarixiylik, mantiqiylik komponentlarini tanqidiy tafakkur bilan integratsiyalash asosida aniqlashtirilgan;
talabalarda milliy o‘zligini anglash kompetensiyalarini rivojlantirish modeli kasbiy kontekstdagi milliy qadriyatlarga sodiqlik va vatanparvarlik tuyg‘ularini tarixiy meros bilan zamonaviy ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga uyg‘unlashtirish, shaxsiy va ijtimoiy ma’suliyatni muvofiqlashtirishga praksiologik barqarorlikni proektiv ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
Yangi O‘zbekiston ta’lim sharoitida talabalarda milliy o‘zligini anglash kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi zamonaviy ta’lim pradigmasi talablarini milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligiga moslashtirish, interaktiv-raqamli texnologiyalarni ratsional qo‘llashni individual o‘quv traektoriyalariga adaptiv moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
talabalarda milliy ong va milliy o‘zligini anglash darajalarini baholash mezonlari axloqiy-tarbiyaviy jarayonlar bilan ijtimoiy munosabatlar uyg‘unligini optimal mezon(kognitiv, emotsional, faoliyatli va refleksiv)lar tizimiga moslashtirish, tanqidiy tafakkurning shakllanganlik darajasini baholash usullariga maqbul diversifikatsiyalash asosida optimallashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Globallashuv sharoitida pedagog kadrlar hamda yosh avlodda milliy o‘zligini anglashni yuksaltirishning nazariy asoslari va ushbu yo‘nalishda olib borilgan tadqiqotlar natijasida olingan ilmiy xulosalar tizimli ravishda umumlashtirildi:
Yangi O‘zbekiston ta’lim sharoitida talabalarda milliy o‘zligini anglash kompetensiyalarini rivojlantirishning metodik imkoniyatlariga oid takliflar shaxsning ijtimoiy voqelikka munosabati, talabalarda milliy o‘zligini anglash kompetensiyalarini rivojlantirishning metodik imkoniyatlari yangi ta’lim paradigmasini shaxsning ijtimoiy voqelikka munosabatidagi ajdodlarimizning axloqiy me’yorlari muomila madfaniyati, ajdodlarimizning axloqiy me’yorlari va muomala madaniyati uyg‘unligini tarixiylik, mantiqiylik, kuzatish hamda qiyosiy-taqqoslash tamoyillari asosida tanqidiy tafakkur bilan integratsiyalash orqali ilmiy jihatdan asoslandi hamda “Pedagogika nazariyasi va tarixi” nomli darslik mazmuniga singdirildi (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27-martdagi 68-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 68-876-sonli guvohnoma). Natijada talabalarning shaxsiy va kasbiy rivojlanishida milliy o‘zligini anglash muhim omil sifatida qaralib, milliy o‘zligini anglash kompetensiyalarini rivojlantirishning funksional modeli hamda uning bosqichma-bosqich tahlili tizimli ravishda yoritib berildi;
talabalarda milliy ong va milliy o‘zligini anglash darajalarini baholash mezonlarini takomillashtirishga doir takliflar axloqiy-tarbiyaviy jarayonlar bilan ijtimoiy munosabatlar uyg‘unligini ta’minlash hamda milliy o‘zligini anglash kompetensiyalarini baholashda praksiologik barqarorlikni proektiv ta’minlash, tanqidiy tafakkurning shakllanganlik darajasini prognostik yondashuv asosida aniqlashga yo‘naltirildi va “Ijtimoiy pedagogika” nomli darslik mazmuniga singdirildi (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27-martdagi 68-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 68-663-sonli guvohnoma). Natijada talabalar milliy identitetini anglash, jamiyatdagi o‘z o‘rnini aniqlash hamda milliy qadriyatlarni qadrlashga oid bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarini izchil rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar;
talabalarda milliy o‘zligini anglash kompetensiyalarini rivojlantirish modelini takomillashtirishga doir takliflar milliy qadriyatlarga sodiqlik va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga yo‘naltirilgan holda tarixiy meros bilan zamonaviy ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni uyg‘unlashtirish, shaxsiy hamda ijtimoiy mas’uliyatni muvofiqlashtirishga qaratilgan praksiologik barqarorlikni proektiv ta’minlash asosida ishlab chiqildi hamda “Umumiy pedagogika” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirildi (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 9-iyuldagi 258-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 776183-sonli guvohnomaga muvofiq). Natijada mazkur model milliy o‘zligini anglashga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonining muhim tarkibiy qismi sifatida amaliyotda samarali qo‘llanila boshlandi;
Yangi O‘zbekiston ta’lim sharoitida talabalarda milliy o‘zligini anglash kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga doir takliflar shaxsning motivatsion intilishlari, amaliy ko‘nikmalari hamda ijtimoiy jarayonlarni ratsional baholash imkoniyatlarini individual o‘quv traektoriyalariga adaptiv moslashtirish asosida ishlab chiqildi va Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti Qoraqalpog‘iston filialida amalga oshirilgan AI-XT-0-92997 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning dolzarb muammolari” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida tanqidiy tafakkurning shakllanganlik darajasini baholash usullariga maqbul diversifikatsiyalash asosida belgilangan vazifalarni bajarishda amaliyotga joriy etildi. Natijada talabalarda milliy o‘zligini anglash kompetensiyalarini rivojlantirishning tashkiliy-pedagogik mexanizmlari ijtimoiy-pedagogik yondashuvlar asosida yanada takomillashtirildi.